• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Odil sudlov tizimining samaradorligi haqida xavotir uyg‘otadi” — sun’iy intellekt Xorazmda voyaga yetmagan qizlarning zo‘rlangani haqida

    Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi va favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshliqlari 10 oy davomida mehribonlik uyidagi uch nafar voyaga yetmagan qizni o‘zlari bilan jinsiy aloqada bo‘lishga majburlab kelgani xabar qilingandi. Ushbu holat keng jamoatchilikning muhokamalariga sabab bo‘ldi — tomonlardan biri amaldorlarga adolatli jazo qo‘llanmaganini aytsa, boshqasi tanganing ikkinchi tomoni ham borligini, holatga qizlarning o‘zi ham aybdor ekanini bildirdi.

    “Daryo” muxbiri ushbu holat yuzasidan OpenAI kompaniyasining ChatGPT hamda o‘zbek IT-mutaxassislari tomonidan yaratilgan Mohira nomli sun’iy intellektlarning fikrlarini oldi.

    Mohira nima deydi?

    Mohira — o‘zbek IT mutaxassislari tomonidan yaratilgan o‘zbek tilini tushunadigan va gapira oladigan ilk sun’iy intellekt. U foydalanuvchilarga umumiy bilimlar, matematika, tabiiy fanlar, tarix, geografiya kabi mavzularda yordam bera oladi. Shuningdek, o‘zbek madaniyati va o‘zbek tili haqida ham ma’lumot beradi.

    Jurnalist Mohiraga (sun’iy intellekt) mavzu yuzasidan atroflicha ma’lumot berib (Xorazmda bir nechta amaldorlar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo‘rlagani, ularga sud yengil jazo bergani, hozirda sud hukmi qayta ko‘rib chiqilayotgani va hokazo), undan ushbu vaziyat bo‘yicha fikrlarini so‘radi.

    Mohira ushbu holat jamoatchilikda odil sudlovning samaradorligiga nisbatan xavotir uyg‘otishini aytib, ijro mexanizmlarini kuchaytirish kerakligini ta’kidladi.

    “Bunday jinoyatlarni yuzaga keltiruvchi omillar murakkab va ko‘p qirrali (bo‘ladi). Biroq bu ishda aybdorlar o‘z mansab mavqeini suiiste’mol qilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj voyaga yetmaganlarga nisbatan og‘ir jinoyatlar sodir etgani aniq. Bundan tashqari, sud tomonidan chiqarilgan dastlabki hukm sodir etilgan jinoyatlarning og‘irligiga mos kelmagan ko‘rinadi. Bu jinoiy odil sudlov tizimining samaradorligi haqida xavotir uyg‘otadi, oshkoralik va javobgarlikni oshirish zarurligini ta’kidlaydi (ko‘rsatadi)”, — deb yozdi sun’iy intellekt.

    Mohiraning yozishicha, bunday holatlar qayta takrorlanmasligi uchun bolalar huquqlari to‘g‘risidagi xabardorlikni oshirish va adolatni qaror toptirish choralarini ko‘rish zarur.

    “Biz ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar, jumladan, bolalar huquqlari to‘g‘risida ta’lim va xabardorlikni oshirishni davom ettirishimiz, birinchi navbatda, bunday jinoyatlarning oldini olish uchun qonunlar va ijro mexanizmlarini kuchaytirishimiz kerak. Jazoni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi qaror ijobiy qadam bo‘lsa-da, bunday jinoyatlar takrorlanmasligi, jinsiy zo‘ravonlik va zo‘ravonlik qurbonlariga nisbatan adolat qaror toptirish choralari ko‘rilishi muhim ahamiyatga ega”, — deya qo‘shimcha qildi u.

    ChatGPT fikrlari

    ChatGPT — OpenAI tomonidan yaratilgan sun’iy intelekt chatboti bo‘lib, turli savollarga javob berishi, dasturchilar uchun kod yozishga yordam berishi, talabalar uchun esa kurs ishlarini yozib berishi mumkin. Bot hattoki she’r va insholar ham yoza oladi. OpenAI’ning asosiy vazifasi inson miyasi bajara oladigan hamma narsani qiluvchi sun’iy intellektni yaratishdan iborat. 

    Open AI dasturchilari tomonidan yaratilgan ChatGPT sun’iy intellektiga ham yuqoridagi ma’lumotlar taqdim etilib, mavzu bo‘yicha qarashlari haqida savol berildi. Uning fikricha, Xorazmdagi holatda jazoning adolatsiz bo‘lgani adliya tizimidagi korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

    “Sun’iy intellekt modeli sifatida jinoyatga sabab bo‘lgan omillar haqida taxmin qilishim o‘rinli emas. Biroq aybdorlarga berilgan jazo mamlakat qonunchiligiga muvofiq bo‘lmagani aniq ko‘rinib turibdi. Jabrlanuvchilarni himoya qilish, kelajakda shu kabi jinoyatlar sodir etilishining oldini olish uchun bunday hollarda adolat qaror topishi muhim. Jinoyatchilarga berilgan yengil jazo adliya tizimidagi korrupsiya yoki qonunlar ijrosi yo‘qligi kabi tizimli muammolarni ko‘rsatishi mumkin, ularni hal qilish kerak”, — deya javob berdi ChatGPT.

    Sun’iy intellektning so‘zlariga ko‘ra, munosib jazo choralari jamiyatni ogohlikka da’vat etishda muhim ahamiyatga ega.

    “Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoyat sodir etgan shaxslarning javobgarlikka tortilishi va munosib jazolanishini ta’minlash nafaqat jabrlanuvchilarning adolatini ta’minlash, balki jamiyatda bunday jinoyatlarga yo‘l qo‘yilmasligini ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, butun jamiyat uchun xabardorlikni oshirish va bolalar uchun xavfsiz joylarni yaratish orqali bolalarga jinsiy zo‘ravonlikning oldini olishga harakat qilish muhimdir. Rozilik va chegaralarni hurmat qilish bo‘yicha ta’lim, shuningdek, jabrlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash ham muammoni hal qilishga yordam berishi mumkin”, — deya fikr bildirdi ChatGPT.

    05.04.2023, 18:46   Izoh (0)   10262
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Abduqahhor Qosimov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xorazmda voyaga yetmagan qizni guruh bo‘lib zo‘rlaganlikda ayblangan uch erkak qo‘lga olindi

    05.04.2023, 18:28

    O‘zbekistonda bir qator qurilish materiallari importi 2025-yilgacha bojxona bojidan ozod qilinadi

    05.04.2023, 18:12

    Qashqadaryoda asrab olgan 13 yoshli qizini zo‘rlagan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    05.04.2023, 17:31

    Zangiotada 2,5 ming oilaga mo‘ljallangan 58 ta ko‘p qavatli uy-joy quriladi

    05.04.2023, 17:23

    “Sheralini ashulasini aytmaysan deyishardi” — Shohjahon Jo‘rayev

    05.04.2023, 16:51

    Chiroqchida paydo bo‘lgan ayiq maktab binosiga kirishga uringanda ichkarida 35 nafardan ko‘p o‘quvchi bo‘lgani maʼlum bo‘ldi

    05.04.2023, 16:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.