Xorazm viloyati Urganch shahrida voyaga yetmagan qizni guruh bo‘lib zo‘rlaganlikda ayblangan uch erkak qo‘lga olindi. Bu haqda bloger Nikita Makarenko xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2022-yilning avgust oyida Yangiariq tumanida 2006-yilda tug‘ilgan qiz 11 kishi tomonidan guruh bo‘lib zo‘rlangan. Qizning yaqinlari hodisa to‘g‘risida Ichki ishlar vazirligi va prokuraturaga ariza bergan, ammo murojaat javobsiz qolgan.
Bloger Nikita Makarenko mazkur xabarni e’lon qilgach, bolalar ombudsmani Aliya Yunusova bu masalani ko‘rib chiqqan. Jabrlanuvchi qizning qarindoshi ish ko‘rib chiqilib, uch nafar gumonlanuvchi qo‘lga olinganini ma’lum qilgan.
“Umid qilamizki, tergov natijasida aybdorlar aniqlanib, qonun doirasida jazolanadi hamda qiz va uning oilasi sodir bo‘lgan voqeadan o‘ziga kelishiga kuch topadi”, — deb yozadi Telegram’dagi “Sukut saqlama” (“Ne molchi”) kanali.
Izoh (0)