Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (biznes-ombudsman) devoni xodimlari soliq inspeksiyalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarida o‘tkazilgan tekshirishlarning qonuniyligini o‘rgandi.
O‘rganishlar natijasida Andijon viloyati shahar va tuman soliq inspeksiyalari inspektorlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarida o‘tkazilgan tekshirishlarda qonun hujjatlarida belgilangan tartiblarga rioya qilinmaganlik holatlari aniqlangan.
O‘rganishlar natijasida 2023-yil yanvar-fevral oylari davomida soliq inspeksiyasining jami 13 nafar inspektori maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
Xususan, Bo‘ston tumani soliq inspeksiyasi katta inspektori N.N.ga nisbatan “B.M.M.” (nomi o‘zgartirilgan) MCHJ faoliyatida o‘tkazilgan tekshirish jarayonida belgilangan tartiblarni buzgani uchun Biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Maʼmuriy ish sud tomonidan ko‘rib chiqilib, bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravar (12 million so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Izoh (0)