Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrim anneksiya qilinganining 9 yilligi munosabati bilan yarimorolga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
![](/static/2023/zulfiya/photo_2023-03-13_15-46-45.jpg)
Ma’lum qilinishicha, Putin kelgusi hafta xizmat safari bilan Rossiya viloyatlaridan biriga tashrif buyuradi. Dasturga ko‘ra, Rossiya prezidentining xalqaro aloqalar o‘rnatishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, u Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi kongressining yalpi majlisida ishtirok etadi va Bosh prokuratura hay’atida nutq so‘zlaydi.
Rossiya rahbari Qrim anneksiya qilinganining 9 yilligi munosabati bilan 18-mart kuni nishonlanadigan tadbirlarda qatnashishi mumkin. Hozircha Kremldan prezidentning Qrimga borishi haqida rasmiy ma’lumot e’lon qilinmagan.
Avvalroq Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari Vladimir Putin 2022-yilning dekabrida Qrim ko‘prigidan o‘tib ketganini xabar qilgandi.
Izoh (0)