• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Avatar: suv yo‘li”ning sahna orti jarayonlari: Pandora manzaralari kabi kishini hayratga soluvchi 15 ta fakt

    Bir necha oy oldin Jeyms Kemeronning afsonaviy “Avatar” filmining 2-qismi katta ekranlarga chiqdi. Ushbu kartina ham xuddi oldingisi kabi o‘zining ajoyib sujeti bilan tomoshabinlarni hayratda qoldirdi. Ammo uning sahna ortida qanday sirlarni saqlayotganini ko‘pchilik bilmaydi.

    Foto: AdMe
    • “Avatar” 1-qismining premyerasi 2009-yilda bo‘lib o‘tgan. 2022-yilda “Avatar: Suv yo‘li” filmining davomi chiqdi. Bu filmlar orasidagi eng uzoq vaqt oralig‘idan biri. Aytgancha, 3-qism 2-qism bilan bir vaqtda suratga olingan, uning chiqishi 2024-yilga mo‘ljallangan. Suratga olish ishlari 2017-yilda boshlangan va 3 yildan so‘ng yakunlangan. Aytgancha, bu Jeyms Kemeronning “Terminator 2: Qiyomat kuni” filmidan keyingi 2-davomli filmi.
    Foto: AdMe
    • Filmga qancha pul sarflangani aniq emas, ammo Jeyms Kemeron o‘z intervyularidan birida qimmatga tushfanini aytgandi. Uning qo‘shimcha qilishicha, buning uchun “Avatar” tarixdagi eng ko‘p daromad keltirgan filmlar ro‘yxatida 3-4-o‘rinni egallashi kerak.
    • Jeyms Kemeron Edvard Nortonga rollardan birini o‘ynashni taklif qiladi. Biroq u o‘zini Navi xalqining vakillaridan biri sifatida ko‘rishga va Pandorani yo‘q qilishni xohlaydigan sanoat dunyosining bir qismi bo‘lmaslikka rozi bo‘lganligi sababli rad etadi. Biroq Kemeron aktyor bilan ishlashga shunchalik ishtiyoqmand ediki, uni “Alita: Jang farishtasi” filmida kichik, ammo muhim rol o‘ynashga taklif qiladi.
    Foto: AdMe
    • Ijodkorlar uchun ilhom manbayi Indoneziyada yashovchi haqiqiy hayotdagi Bajo qabilasi edi. Ular ko‘chmanchi hayot kechiradi va qayiqlarda yashaydilar. Ushbu qabila vakillari suv ostiga sho;ng‘ish qobiliyatlari bilan ajralib turadi: ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, bu odamlar “Avatar”dagi Navi xalqi kabi 60 metr chuqurlikdagi suv ostida nafasini 13 daqiqagacha ushlab turishi mumkin.
    • Suratga olish ishlari katta miqdordagi suv ostida amalga oshirildi. Kemeron hamma narsa haqiqiy ko‘rinishini xohladi, shuning uchun u grafikadan qoniqmay, haqiqiy manzaradan foydalangan. Tasvirga olish guruhi 3,4 million litr suv bilan to‘ldirilgan ulkan suv havzasiga ega edi. Rejissor, shuningdek, aktyorlarga imkon qadar uzoq vaqt suv ostida qolishlariga yordam berish uchun dunyodagi eng mahoratli nafasni ushlab turuvchi mutaxassislarni yollagan. Aytgancha, Keyt Uinslet Tom Kruzning suv ostida nafasini ushlab turish bo‘yicha 6 daqiqalik rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.
    • “Avatar” filmining bosh g‘avvosi suratga olish jarayonida 200 000 dan ortiq sho‘ng‘ishni amalga oshirilganini aytadi. Suv ostidagi harakatlarni suratga olishning eng yangi texnologiyasi ham ishlab chiqilgan.
    Foto: AdMe
    • Agar “Avatar”ning 1-qismida barcha qahramonlar professor Pol Frommer tomonidan maxsus ushbu film uchun ixtiro qilingan Navi tilida gaplashgan bo‘lsa, 2-qismda qahramonlar ingliz tilida gaplashishgan. Bu ko‘pchilikni hayratda qoldirdi, ammo sodda qilib tushuntirish mumkin. Bu tomoshabinlar uchun 3 soatdan ko‘proq vaqt davomida subtitrlarni o‘qish juda qiyin bo‘lishi sababli amalga oshirildi.
    • Ayniqsa, film uchun 57 ta dengiz jonzoti, xususan, kitni biroz eslatuvchi tulkun ham ixtiro qilingan. Ushbu va boshqa personajlarni amalga oshirish uchun rejissorlar Yangi Zelandiyadagi Viktoriya universitetining malakali mutaxassislari bilan maslahatlashadi.
    Foto: AdMe
    • “Avatar”ning 2-qismida ko‘p vaqt qahramonlar o‘rtasidagi munosabatlarga bag‘ishlangan. Intervyuda Kemeron filmning 3 soatlik ish vaqtini “qahramonlarning munosabatlari va his-tuyg‘ulariga ko‘proq urg‘u berilgani” bilan oqladi. “Biz birinchi filmda munosabatlar va hissiyotlarga ko‘p vaqt sarflamadik, shuning uchun 2-qism ancha uzoqroq bo‘lib chiqdi”.
    • “Titanik” filmi chiqqanidan chorak asr o‘tgach, Keyt Uinslet va Jeyms Kemeron yana birlashdilar. Ikkala filmda ham rejissor aktrisaga asosiy rollarni berdi, garchi bundan oldin Keyt endi Kemeron bilan birga ishlamasligini aytgan edi. “Titanik” filmi ekranlarga chiqqandan so‘ng, u quyidagilarni e'lon qilgandi: “Jeyms bilan yana ishlash uchun menga katta pul to‘lashingiz kerak bo‘ladi”, lekin shunga qaramay, u 25 yildan so‘ng “Avatar”da rol o‘ynadi. Aktrisaning ta'kidlashicha, Kemeronning ssenariysini o‘qish haqiqiy zavq, chunki rejissor boshdan-oyoq perfeksionist.
    Foto: AdMe
    • Uinslet homilador qahramon rolini o‘ynashidan hayratda edi. Axir, uning fikricha, kinoda homiladorlar kamdan kam holatda, ko‘rsatilsa ham, ular passiv va kuchsiz sifatida ko‘rsatiladi. Biroq uning qahramoni ulardan biri emas.
    Foto: AdMe
    • Filmda Sigurni Uiver ham ishtirok etgan. “Avatar”ning 1-qismida u 60 yoshda, 2-qismida esa 73 yoshda bo‘ladi. Bundan tashqari, “Avatar: Suv yo‘li” filmida u 14 yoshli qahramon — Jeyk Salli va Neytirining asrab olingan qizi Kiri rolini o‘ynadi. Ushbu rolga ko‘nikish uchun Uiver o‘smirlarning qanday muloqot qilishi va yashashini tushunish uchun o‘rta maktabga tashrif buyuradi.
    • Boshqa aktyorlar bilan birga Sigurni Uiver ham suv ostida nafasini ushlab turishni mashq qildi, u buni 3 daqiqagacha bajara oldi. Shuningdek, u kichik hamkasblari bilan birga suvosti imo-ishora tilini va parkur san'atini o‘rganishga kirishdi: “Men hammasini qilishga qaror qildim. Hech kim men haqimda kampirga o‘xshaydi, deyishini xohlamadim”.
    ИсточнFoto: AdMeик
    • Neytiri rolini ijro etgan Zoi Saldana ko‘rsatuvlardan birida filmning birinchi ko‘rilishidagi his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi: “Film menda haligacha katta taassurot qoldirdi. U shunchalik hissiyotliki, men yig‘lab yubordim. Bu ajoyib film”.
    Foto: AdMe
    • Navi xalqi kiygan kiyimlar qo‘lda ishlangan. Kiyimlarni yaratish jarayoni turli bosqichlarni o‘z ichiga oladi: dizayn, dekorativ elementlarni tayyorlash va kostyumlarni yaratishning haqiqiy jarayoni. Ular turli xil materiallardan, shu jumladan teri va mo‘ynadan yasalgan. Liboslar nafaqat funksional, balki estetik jihatdan ham jozibador bo‘lishi uchun ishlab chiqilgan va ularning tabiiy ko‘rinishini ta’minlash uchun modellarda sinovdan o‘tkazilgan.
    • Film ijodkorlaridan suratga olish juda qiyin bo‘lgan alohida sahna bor-yo‘qligini so‘rashdi: “Suratga olgan birinchi sahnamiz Jeykni Neytirini ketishga ishontirmoqchi bo‘lgan sahna edi. Aynan shu yerda filmda keyinchalik qo‘llanilgan barcha texnologiyalarni sinovdan o‘tkazdik, suv bilan bog‘liq suratga olishdan tashqari. Biz bu sahnani hamma to‘g‘ri tushunganiga ishonch hosil qilish uchun bir yil davomida suratga oldik”.
    Foto: AdMe
    • Filmda general Frensis Ardmor rolini ijro etgan Edi Falko yaqinda hayratlanarli e’tirof etdi: “Men 1-“Avatar”ni ko‘rdim. 2-qismda 4 yil oldin o‘ynaganman. Kimdir bu haqda gapirganda, film allaqachon chiqqan va muvaffaqiyatsiz bo‘lgan deb o‘ylagandim, shuning uchun kartina haqida hech narsa eshitmaganman, deb o‘ylardim. Yaqinda kimdir yangi “Avatar” chiqayotganini aytdi va men “Hali ham chiqmaganmidi”, deb so‘radim.
    • Jeyk yangi tug‘ilgan Neteyamani hamma ko‘rishi uchun qo‘lida ko‘targan sahnasi ko‘pchilikka “Qirol sher” filmining ramziy epizodini eslatadi.
    Foto: AdMe
    • Kemeron oxiri oldindan aytib bo‘lmaydigan film yaratmoqchi edi. U shunday mulohaza yuritdi: “Men sizga kafolat beramanki, film oxirini bashorat qila olmaysiz. Axir, odamlarga oxiri qanday tugashini oldindan aytish juda oson bo‘lgan filmlar yoqmaydi. Menimcha, filmim bunday emas”. “Avatar” 1-qismiga 1 milliard dollar to‘plash uchun 19 kun kerak bo‘ldi — “Avatar”ning 2-qismiga esa bu bosqichga erishish uchun 14 kun kerak bo‘ldi.
    05.03.2023, 21:15   Izoh (0)   12239
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Katta budjet va yulduzli aktyorlar ishtirokiga qaramay, kassada muvaffaqiyatsizlikka uchragan filmlar (foto)

    04.03.2023, 18:02

    20 yildan so‘ng: “Karib dengizi qaroqchilari” filmi aktyorlari qanchalik o‘zgargan va hozirda nima bilan shug‘ullanmoqda?

    04.03.2023, 13:31

    Sezmagansiz ham: Sevimli film va multfilmlarimizda yo‘l qo‘yilgan qo‘pol xatolar (foto)

    01.03.2023, 17:57

    Birgina aktyor bir nechta qahramonni o‘ynagan, lekin buni ko‘pchilik payqamagan filmlar

    01.03.2023, 11:48

    15 yildan so‘ng: 2023-yilda o‘zining mashhur rollariga qaytadigan aktyor va aktrisalar

    28.02.2023, 14:49

    Kinotavsiya: kayfiyatni ko‘tarishga yordam beradigan qadrdon filmlar 

    27.02.2023, 17:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.