• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Katta budjet va yulduzli aktyorlar ishtirokiga qaramay, kassada muvaffaqiyatsizlikka uchragan filmlar (foto)

    Kinostudiyalar, albatta, foyda uchun filmlar ishlab chiqaradi. Lekin har bir chiqarilgan kartina ijodkorlarga daromad olib kelmaydi. Bundan tashqari, katta budjet ajratilgan va taniqli aktyorlar ishtirok etadigan loyiha ham muvaffaqiyatsizlikdan sug‘urtalanmagan.

    “Mushuklar” (2019)

    Foto: Filmdan kadr

    Ushbu myuzikl IMDb reytingi 10 balldan 2,8 ballni tashkil qiladi. Film jami 6 ta anti-mukofot “Oltin malina” olgan — bu 95 million dollarlik umumiy budjetga va barcha yulduzlar tarkibiga qaramay. “Mushuklar”da bosh rollarni Idris Elba, Teylor Svift, Judi Dench va boshqa mashhur aktyorlar ijro etgan. Myuzikl atigi 75,5 million dollar ishlab topdi.

    “Jungli bo‘ylab kruiz” (2021)

    Foto: Filmdan kadr

    Ushbu sarguzasht filmining budjeti 200 million dollarni tashkil etadi. Hatto 10-15 yil oldin bunday mablag‘ kino ishlab chiqarish uchun fantastik bo‘lib tuyulgan bo‘lsa, bugungi kunda bu blokbasterlar uchun odatiy hol sifatida qabul qilinmoqda. Lekin, afsuski, kinoteatrlarda kartina atigi 220 million dollardan sal ko‘proq daromad keltirdi. Filmdagi bosh rollarni esa Dueyn Jonson, Emili Blant, Jessi Plemons, Pol Giamatti va boshqalar ijro etgan.

    “Ko‘rinmas patrul” (2013)

    Foto: Filmdan kadr

    Xuddi shu nomdagi komiksga asoslangan komediya dahshatli tanqidlarga sazovor bo‘ldi va 78 million dollar (budjetga qarshi 130 million dollar) yig‘ib, kassadan tushib ketdi. Film bosh qahramonlarini Jeff Brijs, Rayan Reynolds, Kevin Bekon va boshqalar ijro etgan.

    “47 ronin” (2013)

    Foto: Filmdan kadr

    Kianu Rivz bu fantastik filmda samuray rolini o‘ynagan. Bunday super yulduz barcha kino ishqibozlarining sevimlisi bo‘lishiga qaramay, film tanqidchilarning salbiy baholarini oldi va kassada muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bundan tashqari, “47 ronin” filmi yapon tomoshabinlarini ham hayratda qoldira olmadi, Budjeti 175 million dollar bo‘lgan film 150 million dollardan sal ko‘proq daromad olishga muvaffaq bo‘ldi.

    “Kelajak yer” (2015)

    Foto: Filmdan kadr

    Dohiy ixtirochi va muqobil o‘lchamga sayohat qilayotgan o‘smir haqidagi ushbu ilmiy-fantastik film xarajatini zo‘rg‘a qopladi. Kinoteatrlarda chiptalar sotuvi filmning 190 million dollarlik budjyetiga nisbatan 209 million dollar keltirdi, ammo marketingga 90-140 million dollar sarflandi. Shunday qilib, film o‘zini o‘zi qoplashi uchun kamida 850 million dollar, ya’ni suratga olish va reklama uchun sarflanganidan 3-4 barobar ko‘p daromad olishi kerak edi. Loyihani hatto Jorj Kluni va Xyu Lori kabi yulduzlarning ishtiroki ham saqlab qololmadi.

    “Amsterdam” (2022)

    Foto: Filmdan kadr

    “Amsterdam” 2022-yilda kassada muvaffaqiyatsizlikka uchradi, tanqidchilar filmni haddan tashqari shuhratparast Rassellning ssenariysi va rejissyurasini zaif deb rad etishdi. Maqtov faqat butun aktyorlar ijrosi va vizual komponentlarga berildi. Ammo bu filmni saqlab qolmadi. Budjeti 80 million dollar bo‘lgan “Amsterdam” bor-yo‘g‘i 31 million dollar ishlab topdi. Filmda Kristian Beyl, Margo Robbi, Rami Malek, Zoi Saldana, Robert De Niro, Mayk Mayers, Maykl Shennon, Kris Rok, Anya Teylor-Joy, Teylor Svift va boshqalar ishtirok etgandi.

    “Yovvoyi chaqiriq” (2020)

    Foto: Filmdan kadr

    1890-yillardagi oltin vasvasasi paytida bo‘lib o‘tgan ushbu sarguzashtli film kassada 111 million dollardan sal ko‘proq daromad oldi, xarajat esa 135 million dollarga tushgandi. Jek Londonning klassik romani ekran variantida yulduzlar Xarrison Ford va Omar Si rol o‘ynagan.

    “Yolg‘iz reynjer”(2013)

    Foto: Filmdan kadr

    The New York Times ushbu filmni suratga olish va sotish studiyaga 375 million dollarga tushganini taxmin qilgan va buning uchun u butun dunyo bo‘ylab kamida 650 million dollar ishlab topishi kerak edi (va bu teatr daromadlarini o‘z ichiga olmaydi). Ammo kartina bor-yo‘g‘i 260 million dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, bu vestern komediyasida bosh rollarni Jonni Depp, Helena Bonem Karter va boshqalar ijro etgan.

    “Egizaklar” (2019)

    Foto: Filmdan kadr

    Qahramoni o‘zining yoshroq kloniga duch keladigan film, foyda uchun prokat qiymati 138 million dollarni tashkil etgan holda, kassada qariyb 173,5 million dollar yig‘di. Taxminlarga ko‘ra, film butun dunyo bo‘ylab eng kamida 275 million dollar yig‘ishi kerak edi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, film studiyaga 111 million dollar sof zarar keltirgan. Eslatib o‘tamiz, filmdagi bosh rollarni Uill Smit, Klayv Ouen, Meri Elizabet Uinstid va boshqalar ijro etgan.

    “Mo‘miyo” (2017)

    Foto: Filmdan kadr

    Ushbu 2017-yilgi sarguzasht filmi “Mo‘miyo” franshizasining qayta ishlangani. Undagi asosiy rollarni taniqli kino yulduzlari Tom Kruz va Rassell Krou ijro etgan. Yangi “Mo‘miyo” 410 million dollar yig‘di, bu suratga olish va marketing budjeti – 345 million dollardan ancha ko‘p. Ammo hisob-kitoblarga ko‘ra, film kassada kamida 450 million dollar yig‘ish kerak bo‘ladi. Natijada Universal Pictures 60–100 million dollar yo‘qotdi

    “Matritsa: Tirilish” (2021)

    Foto: Filmdan kadr

    2021-yil oxirida “Matrisa” kult-filmining 4-qismi chiqdi. Avvalgi qism 2003-yilda chiqarilgan. Tanqidchilar asosiy aktyorlarning (Kianu Rivz, Kerri-Ann Moss) ijrosini, harakatlar ketma-ketligini, musiqani, rejissorlikni, vizual effektlarni yuqori baholadilar. Shunga qaramay, kartina kassada uni ishlab chiqarishga sarflanganidan ham kamroq yig‘ildi: 190 million dollarga nisbatan 159 million dollar.

    Filmda Rivz va Mossdan tashqari Priyanka Chopra, Kristina Richi, Jada Pinkett-Smit va boshqalar o‘ynagan.

    “Mo‘jiza ayol 1984” (2020)

    Foto: Filmdan kadr

    Ushbu superqahramonlik filmida bosh rollarni Gal Gadot, Kris Payn, Robin Rayt va boshqalar ijro etgan. Film budjeti 200 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa-da, 169,5 million dollardan sal ko‘proq daromad oldi. The Hollywood Reporter kinostudiyaga 100 million dollar zarar keltirishi mumkinligini yozdi.

    “Terminator: Qora taqdirlar” (2019)

    Foto: Filmdan kadr

    “Terminator” franshizasining 6-qismida Linda Xemilton, Arnold Shvarsenegger va boshqa yulduzlar o‘ynagan. Loyihada birinchi ikkita “Terminator”ning rejissori Jeyms Kemeron ishtirok etgani uchun filmga katta umidlar bog‘langan edi. Film 260 million dollar ishlab topdi, ammo marketing va tarqatish uchun qo‘shimcha 80-100 million dollar sarflangan bo‘lsa, film butun dunyo bo‘ylab 450 million dollardan ko‘proq daromad keltirishi kerakligi taxmin qilingan.

    “Men qizaryapman” (2022)

    Foto: Filmdan kadr

    2022-yilda Pixar va Uolt Disney studiyalari “Men qizaryapman” to‘liq metrajli multfilmini chiqardi. Animatsion film nasliy tavqi la'nat tufayli kuchli his-tuyg‘ularni boshdan kechirganida bahaybat qizil pandaga aylanib qoladigan qiz haqida hikoya qiladi. Multfilm juda muvaffaqiyatli bo‘ldi va u “Eng yaxshi animatsion film” nominatsiyasida “Oltin globus” va “Oskar” mukofotlariga nomzod bo‘ldi.

    Biroq “Men qizaryapman” prokatda bor-yo‘g‘i 20 million dollar ishladi va 175 million dollar sarflandi. Natijada ushbu multfilm “Eng katta pul yo‘qotishlari” ro‘yxatida 1-o‘rinni egalladi.

    04.03.2023, 18:02   Izoh (0)   12808
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farzand dunyoga keltirish filmlarda ko‘rsatiladigandek oson emasligini o‘z tajribasida anglagan Gollivud yulduzlari

    03.03.2023, 13:43

    Dunyodagi mitti davlatlardagi g‘aroyib odatlar va aqlbovar qilmaydigan qonunlar

    03.03.2023, 10:25

    Fransiyada Mirzo Ulug‘bek haykali o‘rnatilib, “O‘zbek bog‘i” ochildi (foto)

    03.03.2023, 10:34

    20 yildan so‘ng: “Karib dengizi qaroqchilari” filmi aktyorlari qanchalik o‘zgargan va hozirda nima bilan shug‘ullanmoqda?

    04.03.2023, 13:31

    Sezmagansiz ham: Sevimli film va multfilmlarimizda yo‘l qo‘yilgan qo‘pol xatolar (foto)

    01.03.2023, 17:57

    Birgina aktyor bir nechta qahramonni o‘ynagan, lekin buni ko‘pchilik payqamagan filmlar

    01.03.2023, 11:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 00:00

    “Daryo” dayjesti: 4-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:35

    “Do‘stlik” chegara bojxona postida 12,7 ming dollarni yashirincha olib chiqayotgan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:30

    Jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs BAAdan ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:10

    Dunyoning eng go‘zal 10 nafar ayol tennischilari

    Layfstayl | 4 iyun, 22:55

    Insofsiz raqobat yoxud ko‘chirmakash “Surxon oshpazi”: xorijiy kompaniya shikoyat bilan chiqdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:50

    Samarqandda transformator yonib ketdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.