• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Xushlamay kuylagan qo‘shig‘i xit bo‘lgan, san’at uchun oilasidan voz kechgan: Xonanda Umida Mirhamidova 49 yoshda (video)

    San’atkorlar orasidagi nomi chiqqan, ammo birorta qo‘shig‘i xalq og‘ziga tushmagan san’atkorlar juda ko‘p. Ammo Umida Mirhamidovaning “Oq atirgullar” qo‘shig‘i nomidan ham ko‘proq mashhurlikka erishgan va xonandaning “tashrif qog‘oziga” aylanib ulgurgan. Shaxsiy hayotida omadi kulmagan ijodkorning san’atdagi faoliyati qanday kechgan? Keling, ana shu savolga javob izlaymiz.

    Foto: Instagram / @umidamirhamidova_official

    Xonanda Umida Mirhamidova Parkent tumanining Changchi qishlog‘ida san’atkor Mirsobit Mirhamidov oilasida tavallud topgan. Oila boshi san’atkor bo‘lsa-da, qizining bu sohaning etagidan tutishini istamadi.

    Foto: Instagram / @umidamirhamidova_official

    — Bolaligim juda go‘zal o‘tgan. To‘ng‘ich farzand bo‘lganim uchun onamning dastyori edim. 3-4 sinfda o‘qib yurgan paytimdayoq chaqaloqni qanday yo‘rgaklash, uxlatishni yaxshi bilardim. San’atga qiziqqanim uchun tuman ijodiyot markazidagi to‘garaklarga qatnardim. 1989-yili maktabni tamomlab, san’at bo‘yicha o‘qiyman deganimda dadam jiddiy qarshilik qilgan. Qishlog‘imiz tog‘lar orasida joylashgani uchun shu yerlarda nomim chiqmay qolib ketamanmi deb, xat yozib uydan ketganman, — deydi xonanda Umida Mirhamidova.



    U ota-onasiga xat yozib, avtobusga o‘tirib, Toshkentda yashaydigan xolasining uyiga kelmoqchi bo‘lgani ammo yo‘ldan adashib qolgani haqida kulib eslaydi.

    Foto: Instagram / @umidamirhamidova_official

    — Toshkent haqida umuman tasavvurim yo‘q edi. Qishloqdek bir joy bo‘lsa kerak, hamma bir-birini taniydi deb o‘ylabman. Xolamning Qo‘yliqda yashashini bilaman xolos. Go‘yoki shu yerga kelib xolamning nomini aytsam birov uyini ko‘rsatib yuboradi, deb o‘ylaganman. Ammo Toshkentga kelib adashib qolganman va bir ayol menga yo‘lni ko‘rsatib yuborishini aytib Parkentga ketadigan avtobusga yana o‘tirganman. Ammo ungacha kech tushgan, ota-onam sho‘rlik meni ancha vaqtdan beri izlashayotgan ekan. Mana shu voqeadan keyin qiz bolaga qanchalar qiyinligini va uning har bir qadami ota-onaga malomat yog‘dirishini tushunib yetganman. Chunki mahalla-ko‘y orasida “Qadami o‘zgarib qolgandi, aynibdi, qochib ketibdi”, degan gaplar tarqalgan. 

    Mana shu voqeadan keyin Mirsobit Mirhamidov qizidagi san’atga bo‘lgan ishtiyoqning qat’iyligini bilib, poytaxtdagi Yunus Rajabiy nomidagi musiqa bilim yurtiga o‘qishga kirishiga rozi bo‘ladi. 1991-yili bilim yurtini tamomlab, Muqimiy teatriga xor ijrochisi bo‘lib ishga kiradi. Bu yerda Zulayho Boyxonova bilan tanishib, undan qo‘shiq aytish sirlarini o‘rganadi.

    Foto: Instagram / @umidamirhamidova_official

    — To‘y xizmatlariga ko‘p taklif etishardi. Nasiba Abdullayeva va Yulduz Usmonovaning qo‘shiqlarini xuddi ulardek aytishga harakat qilardim. Tabiiyki, ijrom boshqalarga ham yoqardi. Bir kuni to‘yda rahmatli Muhriddin Holiqov meni kuzatib turgan ekan. Yonimga kelib “Umida, ijrongiz juda yaxshi. Nahotki, o‘z mualliflik qo‘shig‘ingiz bo‘lishini istamaysiz?” degan. O‘ylab qarasam haqiqatan ham 7 yil mobaynida birorta mualliflik qo‘shig‘imni chiqarmagan ekanman. Ana shu gapdan keyin “Sayrang bulbulim” nomli qo‘shiqni ijro etganman. Qo‘shiq xalq orasida tanilishimga sababchi bo‘lgan, — deydi xonanda.

    U paytlari ayol xonandalarga sovchi qo‘yadigan insonlar kamdan-kam edi. Ammo Umida Mirhamidovani bir ayol yoqtirib. O‘g‘lining nomidan sovchi bo‘lib keladi. 

    Foto: Instagram / @umidamirhamidova_official

    — Turmushga chiqqanimda 23 yoshda edim. Qaynonam bilan juda iliq munosabatda edik. Katta oilaning yettinchi kelini bo‘lganman. Yarim kechasi to‘ydan qaytib, ertalab ko‘zimni ocholmasdim. Qaynonam esa erta turib, xuddi men supurgandek hovli va ko‘chalarni tozalab qo‘yardi. Aybimni yashirishga harakat qilishini dildan his qilardim. Nihoyatda samimiy, ko‘ngli toza ayol edi. Ammo turmushimiz uzoqqa cho‘zilmadi. O‘g‘lim tug‘ilgach, turmush o‘rtog‘im bilan munosabatlarimiz uzoqqa borolmasligiga ko‘zim yetdi, — deydi xonanda.

    Umida Mirhamidova sobiq turmush o‘rtog‘i nihoyatda g‘ururli bo‘lgani va san’at yoki oilani tanlash shart qo‘yilganida u karyerasini tanlaganini quyidagicha izohlaydi.

    Foto: Instagram / @umidamirhamidova_official

    — Men san’atdan osonlikcha voz kechib ketolmasdim. San’atda o‘z o‘rnimni topishni chin dildan istardim. Bu vaziyatda turmush o‘rtog‘imga ham oson bo‘lmagan. Chunki hamma ham ayolning san’atkor ekanligini to‘g‘ri tushunmasdi. Mendan yaxshi ayol chiqmasligi ham aniq edi. Biz kelishgan holda ajrashganmiz. Ammo bu qarorimdan umuman afsuslanmaganman. O‘g‘lim tug‘ilishi kerak bo‘lgan, biz oila qurganmiz. Agar u insonda menga nisbatan ishonch bo‘lganida ajrashmagan bo‘lardik, — deydi xonanda Umida Mirhamidova.

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Umida Mirhamidovaning “Oq atirgullar” qo‘shig‘i hamon o‘z muxlislariga ega, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Qo‘shiq premyerasi 2000-yilda o‘tkazilgan. Oradan shuncha yil o‘tgan bo‘lishiga qaramay, qo‘shiq hamon muxlislar e’tiborida.

    — Bu qo‘shiqni ijro etishni istamaganman, hatto g‘oyasi ikki yilgacha shkafdagi keraksiz qog‘ozlar saqlanadigan qutichada yotgan. O‘zim xushlamay ijro etgan qo‘shiq kutilmaganda muvaffatga erishdi. Rosti, uni to‘ylarda ijro etishga xijolat bo‘laman. Visol oqshomida ayriliq haqida kuylash biroz noqulay. Ammo xalqimizga bu qo‘shiq yoqadi va uni bir necha bor qayta-qayta tinglashdan ham bosh tortishmaydi, — deydi xonanda Umida Mirhamidova.

     Bu qo‘shiq Umida Mirhamidovaning xit taronasiga aylanadi. 1994-yilda ijro etgan "Ey nozanin", 2000-yilda ijro etgan "Oq atir gullar" qo‘shiqlari ham xonandaning xit taronalar pog‘onasidan joy oladi. Hozirgi kungacha xonandaning bir nechta musiqiy to‘plamlari muxlislar e'tiboriga havola etilgan. 1999-yilda esa Umida Mirhamidova "Xalqlar do‘stligi" san'at saroyida "Mehmonim bo‘ling" deb nomlangan konsert dasturini o‘z muxlislariga havola etadi.

    Umida Mirhamidova bir necha filmlarda komik rollarni ijro etgan, hatto qiziqchilar bilan ko‘plab sahna ko‘rinishlarida ham ishtirok etgan. 

    Foto: Skrin

    — Aktrisalikka da'vom yo‘q, shunchaki tabiatan hazil-mutoyibaga moyilligim bor. Qarindoshlarim orasida so‘zga chechan ayollar ko‘p, balki shu uchun tillim burrodir. Ammo rollarim o‘zimga umuman yoqmaydi, — deydi Umida Mirhamidova.

    Xonanda turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgach oila qurmadi. U o‘g‘li Hamidulloni yolg‘iz tarbiyalashni istadi. Hamidullo Sayfullayev ayni kunda hisobchilik sohasida tahsil oladi. U onasi kabi san’atkor emas balki bank xodimi bo‘lishni afzal ko‘rdi.

    Foto: Instagram / @umidamirhamidova_official

    — O‘g‘limga otasining yonimizda emasligini bildirmaslik uchun har narsaga tayyorman. Hayotda unga otadek bo‘loldim, kerak paytida moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatladim. Ammo ona bo‘lib har doim ham yonida bo‘lolmadim. O‘g‘lim hech qachon “Otam nega biz bilan emas”, degan savolni bermadi. Aksincha, hamisha meni tushundi, — deydi xonanda.

    Umida Mirhamidovani ko‘pchilik O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist deb biladi. Ammo u 31 yillik mehnati davomida birorta mukofotni qo‘lga kiritmagan. Xonanda bundan o‘ksinmasligi, muhimi xalq orasida yashayotgan qo‘shiqlari borligini aytadi.

    04.03.2023, 09:41   Izoh (0)   41298
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ra’no Yarasheva 62 yoshda: Akasi o‘ldirmoqchi bo‘lgan, turmushda omadsizlikka uchragan va 39 yillik ijodidan baxt topgan aktrisaning muvaffaqiyat yo‘li 

    16.02.2023, 17:40

    Yetimlikda ulg‘aygan, bir kunda ikki o‘g‘lidan ayrilgan: O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov 73 yoshda (foto)

    02.03.2023, 13:13

    “Rahbar bo‘lishimni mendan ko‘ra ko‘proq istashdi” — Azim Mullaxonov ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlarga o‘z munosabatini bildirdi

    03.03.2023, 17:59

    Instagram: Avariyaga uchragan aktrisa, G‘ulomjon Yoqubovga to‘n kiydirgan vazir, farzand kutayotgan Hulkar Abdullayeva 

    03.03.2023, 22:45

    “Eng katta gonorarni Rayhon bergan”. Yigitali Mamajonov sobiq rafiqasi bilan ijodiy hamkorlik va kliplar orqali tanilganidan uyalmasligi haqida (video)

    03.03.2023, 15:50

    Farzand dunyoga keltirish filmlarda ko‘rsatiladigandek oson emasligini o‘z tajribasida anglagan Gollivud yulduzlari

    03.03.2023, 13:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple miyasi iPad’ga ulangan insonni namoyish etdi

    Dunyo | 5 avgust, 21:50

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Qo‘shma Shtatlarning eng maqtalgan raketa esminetsi holati tarmoq foydalanuvchilari orasida istehzoga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 5 avgust, 21:40

    Toshkentda Spark yo‘l o‘rtasida yonib ketdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:30

    Ukraina Yaponiya bilan birgalikda dronlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 avgust, 21:20

    Afg‘onistonda bolalar to‘yib ovqatlanmasligi eng yuqori darajaga yetdi — BMT

    Dunyo | 5 avgust, 21:10

    “Vodiydan Toshkentgacha bo‘lgan barcha metan zapravkalar to‘liq quvvatda ishlamoqda”. Energetika vazirligi tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.