• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Ra’no Yarasheva 62 yoshda: Akasi o‘ldirmoqchi bo‘lgan, turmushda omadsizlikka uchragan va 39 yillik ijodidan baxt topgan aktrisaning muvaffaqiyat yo‘li

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Raʼno Yarasheva salkam 40 yildan buyon katta sahnada ijod qilmoqda. Ammo uning bugungi darajaga yetishi oson kechmagan. Tengdosh hamkasblariga nisbatan ijodni kech boshlagan, shaxsiy hayotida omadsizlikka uchragan va yaqinlarining qarshiligiga qaramay ijodni boshlagan Raʼno Yarasheva 15-fevral kuni 62 yoshni qarshi oldi. 

    “Bobom va buvimning qo‘lida ulg‘ayganman”

    Raʼno Yarasheva bobosi va buvisining eng sevimli va erka nabirasi bo‘lgan. U intervyularining birida bobosi tushida Raʼno ismi haqida kimdir aytadi. Shundan keyin bobo to‘rt o‘g‘il nabiradan keyingi tug‘ilgan qiz nabirasida Raʼno deb ism qo‘yadi.

    Foto: Instagram / @madinamumtoz

    — Ziyolilar oilasida dunyoga kelganman. Onam o‘ziga to‘q, maorifchilar oilasida tug‘ilgan. Dadamning oilasi birmuncha kamtarona hayot kechirgan bo‘lsa-da, ular ham ilmga beeʼtibor emasdi. To‘rt o‘g‘ildan keyin dunyoga kelganim uchun meni yer-u ko‘kka ishonishmasdi. Ammo ikki yoshimda onam yana bir qiz farzandni dunyoga keltirgan. Onamning aytishicha, singlim tug‘ilgach, o‘ta rashkchi va injiq bo‘lib qolgan ekanman. Atrofdagilarni qizg‘anib, bir marta akam Rayhonga qaragani uchun yuzini tirnab olgan ekanman. Shunday keyin buvim rahmatli meni o‘zi bilan olib ketgan ekan. Sakkiz yoshimga qadar buvim va bobomning qo‘lida erka qiz bo‘lib ulg‘ayganman. Buvim erkalab deyarli har kuni yangi ko‘ylak olib berardi. Ular yangi ko‘ylakni kiyib, raqs tushishimni yaxshi ko‘rishardi. Menimcha, shu sabab sanʼatga erta mehr qo‘yganman, — deydi aktrisa Raʼno Yarasheva.

    “O‘g‘il bolalarga bo‘sh kelmaydigan qiz edim”

    Foto: Instagram / @madinamumtoz

    — Olti yil ichida singillarim soni to‘rttaga ko‘paydi. Ota-onamning uyiga qaytgach, hayotimdagi eng qiyin kunlar boshlangandek bo‘lgan. Chunki singillarimga qarash majburiyati menga tushgandi. Buvim kelganida “Meni olib keting” deb yig‘lardim. Ammo o‘ylab qarasam bolalagim juda go‘zal o‘tgan. Onam kutubxonaga rahbar bo‘lgach, hayotimiz kitob bilan uzviy bog‘langan. 
    Orasta, nozik qiz bo‘lganman deyolmayman. O‘g‘il bolalar orasida tug‘ilish ham qiz feʼlining o‘zgarishiga sabab bo‘larkan. O‘g‘il bolalar bilan teng olishadigan, aytganini qildirmaguncha qo‘ymaydigan, kerak bo‘lsa ust-boshini yirtib bo‘lsa-da, futbol o‘ynaydigan qiz edim, — deydi Raʼno Yarasheva.

    “Birinchi turmush o‘rtog‘im bilan yashay olmadim”

    Foto: Instagram / @madinamumtoz

    — O‘n yetti yoshimda oila qurganman. Turmush o‘rtog‘im yomon inson emasdi, ammo dunyoqarashimiz bir-biriga mos kelmasdi. Men yosh, she’riyatga qiziqadigan inson edim. Ammo qiziqishlarim turmush o‘rtog‘imga yoqmasdi. U insonning fikricha, kelinning kitob o‘qishi, she’r yozishi ma’qul ish emasdi. Keyin turmush o‘rtog‘im spirtli ichimlik iste’mol qilardi. Bir kuni kelib, boshimga qattiq jism bilan urdi. Boshimdan qon oqayotganini ko‘rib, jahl bilan ota uyimga ketdim. Otam ahvolimni ko‘rib, nima bo‘lganini so‘radi. Keyin turmush o‘rtog‘imning yoniga kelib, “Qizimning aybi nima? Nega urding”, deb so‘radi. Turmush o‘rtog‘im kulib, bunday hol hamma oilada bo‘lib turishini aytdi. Otam jahl bilan turmush o‘rtog‘imni urganida xonaning u boshiga uchib tushgandi. Undan keyin “Ichmayman, yana shunday qilsam bolamning o‘ligini ustida o‘tiray”, deb qasam ichdi. Afsuski, qasamining ustidan chiqmaganidan keyin 4 yoshlik qizim olamdan o‘tdi. Bu voqeadan keyin u oilada qololmadim, — deydi aktrisa Ra’no Yarasheva.

    “Singlimni o‘ldirib, qutulganim yaxshi”

    Foto: Instagram / @madinamumtoz

    — Qizimning o‘limidan keyin tushkunlikka tushib qolganman. Ammo oradan ko‘p o‘tmay homilador bo‘lib, Komiljon o‘g‘lim dunyoga kelgandi. Afsuski, oilamiz darz ketgach, qaynonam o‘g‘limni berishni istamagan. O‘g‘limni olaman deb harakat qilib yurgan paytimda ota uyimda ham jiddiy muammolar chiqqan. Ya’ni akalarim san’at institutiga o‘qishga kirishimga jiddiy qarshilik qilgan. “Erdan ajrashib artist bo‘lib ketdi degan gapni ko‘tarolmayman, o‘ndan ko‘ra singlimni o‘ldirib, qutulganim yaxshi”, deyishgandi. Ikkita katta akam tish-tirnog‘i bilan o‘qishga kirishimga qarshi bo‘lgan, faqatgina Toshkentda yashaydigan Ravshan akam qo‘llab-quvvatlagan. Dadam “Senlar otami yoki menmi? O‘qishga kirsin, agar kirolmagan taqdirda ham bir umr bizdan armon qilmaydi”, deb Toshkentga ketishimga qarshi bo‘lmagan. Ammo akalarimdan ranjimaganman. Chunki ularning qattiqqo‘lligi sabab, hamisha mas’uliyatni his qilib, otam va akalarimning nomusi bilan yashardim, — deydi aktrisa.

    “Bolam bilan imtihondan o‘tkazishmagan”

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva ilk turmushidan ajrab, otasining roziligi bilan san’at oliygohiga hujjat topshirganida ustozlar imtihondan o‘tkazishmagan. Ular yosh bolali ayol yaxshi o‘qishiga ishonmagan.

    Foto: Instagram / @ranoyarashevaofficial

    — Ilk marta san’at institutiga imtihon topshirganimda qabul qilishmagan. Rahmatli Arsen Ismoilov Yarashayevaning qo‘lida yosh bolasi bor ekan, u bilan o‘qishga qiynaladi, deb past ball qo‘ygan. Undan qattiq xafa bo‘lib, yig‘lagandim. Chunki o‘shanda dadamdan arang ruxsat olib, Toshkentga kelgandim. O‘qishga kirolmadim, desam qayta o‘qishga yubormasligi mumkin edi. Shularni o‘ylab rosa qiynalgandim. Imtihon javoblari chiqqach, ustozlar o‘tiradigan xonaning eshigi tagida turib “Nega menga ishonmaysizlar? Men yaxshi o‘qiyman”, deb yalinib, yolvorganim yodimda. Shunda ustozlardan biri sirtqi bo‘limda o‘qishni tavsiya qilgan. Bir yil nima ish qilaman, deb televideniyega ishga borganman. Ishga ololmaymiz, deyishlaridan qo‘rqib, hayotimni ro‘y-rost gapirib bergandim. “Turmushdan ajrab, otamni arang ko‘ndirib Toshkentga o‘qishga keldim. Agar o‘qishga kirolmaganimni dadam bilsa, meni qayta bu yerga jo‘natmaydi yoki turmushga berib yuboradi”, — deganman. Shundan so‘ng ishlab, bir yildan so‘ng sirtqi bo‘limga o‘qishga kirganman, — deydi aktrisa Ra’no Yarashayeva.

    “Grimyor bo`lib ish boshlaganman”

    Foto: Instagram / @ranoyarashevaofficial

    — O‘g‘lim bilan Toshkentda o‘qishim oson kechmagan. Ishlashim kerak deb telestudiyaga liboschining yordamchisi bo‘lib ishga kirganman. Bir kuni syomkaga Nabi Rahimov kelib qolgan. Ikki marta farzand ko‘rgan bo‘lsam ham bellarim ingichka, sochlarim uzun chiroyli ayol edim. Nabi Rahimovga aktrisa ekanligimni aytib maqtanib qo‘ygandim. “Bu yerda nima qilyapsan, teatrga ishga bormaysanmi?” degan. Mana shu gapdan keyin teatrga borganman. Ancha kungacha gapni nimadan boshlashni bilmay yo‘lakda Nabi Rahimovni kutganman. U paytda Nabi Rahimovning yoshi ancha katta edi. “Teatrga kel” degan gapi yodida ham yo‘q ekan. Ammo yo‘q demay, teatr rahbariyatining oldiga olib kirgan. Afsuski, libos bo‘limida ish yo‘qligini aytishgan. Xafsalam pir bo‘lib turganida grimyor Valentina Abduqunduzova yordamchi kerakligini aytgan. Shundan keyin meni grimyor yordamchisi sifatida ishga olishgan. Ancha vaqtgacha sahna changini hidlab, mashhur aktrisalarga havas qilib spektakllarni tomosha qilib yurganman, — deydi Raʼno Yarasheva.

    39 yillik tanaffussiz ijod

    Foto: Instagram / @ranoyarashevaofficial

    Aktrisa ikkinchi bor oila qurdi. Afsuski, ichki ishlar xodimi bo‘lgan inson bilan kechgan turmushi ham uzoqqa cho‘zilmadi. Aktrisaning aytishicha, ularning ajrashishiga rashk va sanʼatni tushunmaslik sabab bo‘lgan. 

    Raʼno Yarasheva ikki farzandni voyaga yetkazdi. Komiljon ichki ishlar sohasini tanladi. Qizi esa onasining izidan borib sanʼatkor bo‘lgandi. Ammo oilali bo‘lgach, sanʼatdan ketganligini maʼlum qildi.

    Hayotning ko‘plab qiyinchiliklarini boshidan kechirgan Raʼno Yarasheva ayni damda olti nafar nabiraning buvisi va millionlab muxlislarning sevimli aktrisasi hisoblanadi. U 1984-yili ijodni boshlagan bo‘lsa, haligacha teatr va kino olamida tanaffus qilgani yo‘q.

    16.02.2023, 17:40   Izoh (0)   56612
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Suratga olish maydonchasida tanishib, keyinchalik oila qurgan mashhur juftliklar (foto)

    16.02.2023, 11:52

    Instagram: Do‘kon ochgan Nilufar Usmonova, Rayhon Ulasenova Italiyada, “ko‘z quvonchi” bo‘lgan Feruza Normatova

    15.02.2023, 22:50

    Gollivud yulduzlarining farzandlari qanday ko‘rinishga ega va ular nima bilan shug‘ullanadi?

    15.02.2023, 20:50

    Otadan ayro hayot, farzand ko‘rish yo‘lidagi mashaqqatlar va ortiqcha vazn bilan kurash: Xonanda Feruza Jumaniyozova 39 yoshda

    15.02.2023, 13:15

    Turli sabablarga ko‘ra mashhur filmlardagi rolidan voz kechmoqchi bo‘lgan Gollivud yulduzlari (foto)

    15.02.2023, 11:15

    Instagram: Munisa Rizayevaning AQSHdagi 15 ming dollarlik tushligi, to‘rtinchi bor ona bo’ladigan Madina Mumtoz, Muqaddas Sa’dullayeva Rayhon bilan qanday munosaba...

    14.02.2023, 22:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.