Homilador bo‘lganidan o‘zini baxtli his qilgan bo‘lsa-da, farzandini dunyoga keltirishi oson bo‘lmagan Gollivud yulduzlari haqida ma’lumot beramiz.
Kim Kardashyan — Nort Uest
Kim Kardashyan qizi Nortni muddatidan bir oy oldin dunyoga keltiradi. Og‘riqlar kutilmaganda boshlanadi va u tug‘uruqxonaga borishga zo‘rg‘a ulguradi.
Tug‘ilgandan so‘ng, qizning vazni 2 kg dan kam bo‘lgani uchun inkubatorga joylashtiriladi.
Anjelina Joli — Vivien va Noks
Egizaklari tug‘ilishidan bir oy oldin Anjelina Joli ular yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar tufayli kuzatuv ostida bo‘lganini ma’lum qildi. Garchi chaqaloqlar muddatidan oldin tug‘ilgan bo‘lsa-da, puxta tayyorgarlik tufayli hammasi muammosiz o‘tdi.
Jolining o‘zi esa to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun tug‘uruqxonada qolishi kerak edi. Ammo ko‘p o‘tmay u yangi tug‘ilgan chaqaloqlarini boqish uchun uyiga qaytadi.
Selin Dion — Eddi va Nelson
Selin Dion uzoq vaqt ona bo‘la olmaydi. Uning homilasi nobud bo‘lar, yana homilador bo‘lish uchun EKU qildirishi kerak edi. Ammo u egizaklarini muddatigacha olib borolmaydi va ular muddatidan oldin tug‘iladi.
Yaxshiyamki, ular butunlay sog‘lom edilar. Ammo ularning vazni me’yordan biroz kamroq edi: 2,5 va 2,3 kg, shuning uchun ular inkubatorda biroz qolishi kerak bo‘lgan.
Adriana Lima — Valentina
Adriana Lima homiladorligining 34-haftasida birinchi qizini dunyoga keltiradi, homilaga preeklampsiya tashxisi qo‘yilgan edi. Valentina tug‘ilganda 1,8 kg vaznga ega bo‘lib, bir necha hafta intensiv terapiya bo‘limida yotadi.
Limaning so‘zlariga ko‘ra, u qiziga uyda g‘amxo‘rlik qilishni afzal ko‘rgan bo‘lardi, ammo bunday sharoitda mumkin emas edi.
Juliya Roberts — Finneas va Hazel
Juliya Roberts va uning turmush o‘rtog‘i Daniel Moder bir necha yil davomida farzand ko‘rishga urinishadi. Juliya nihoyat egizaklarga homilador bo‘ladi. Avvaliga hammasi yaxshi ketayotgan edi, lekin muddatidan 10 hafta oldin unda tug‘uruq boshlanadi.
Bolalar muddatidan oldin tug‘ilgan, ammo boshqa muammolar ham bor edi. Finneasning vazni 2,5 kg bo‘lib, sog‘lig‘i yaxshi edi. Ammo Hazelning vazni bor-yo‘g‘i 2 kg bo‘lib, nafas olishi va safro chiqarishda qiynalardi. Robertsning so‘zlariga ko‘ra, Hazel pechdan juda erta olingan shirin bulochkaga o‘xshar, shuning uchun uni ozgina pishirish kerak edi.
Zoe Saldana — Say va Boui
Zoi Saldana ham erta tug‘ilgan egizaklari uchun tashvishlangan, ular neonatal intensiv terapiya bo‘limida biroz vaqt o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu dastlabki haftalarda onalar holati butunlay o‘z farzandlariga g‘amxo‘rlik qilayotgan hamshiralarning professionalligiga bog‘liq.
Keyinchalik bu tajriba Zoini Brave Beginnings xayriya tashkilotiga olib keldi, jamg‘arma kasalxonalarni erta tug‘ilgan chaqaloqlarni sog‘lom saqlash uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar bilan ta’minlaydi.
Tana Ramsay — Jek va Xolli
Tana Ramsayning egizaklari muddatidan 7 hafta oldin tug‘ilgan va chaqaloqlar tug‘ilgandan so‘ng darhol uning qo‘lidan olib ketilganida u qattiq stressni boshdan kechirgan.
U o‘zini butunlay nochor his qiladi: reanimatsiya bo‘limida bolalarini juda kichkina va himoyasiz ko‘rish juda og‘ir edi. “Men har doim ular bilan birga bo‘lishga harakat qilardim. Ularning inkubatoriga borib, mitti barmoqlarini ushlab, tagliklarini almashtirmoqchi bo‘lardim”.