Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining qoldirilgan 7-tur o‘yinlari 1-mart, chorshanba kuni o‘tkazildi.

“Arsenal” o‘z uyida “Everton”ni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Bukayo Saka va Gabriel Martinelli o‘z hisobiga gol yozdirgan holda, hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.
71-daqiqada Martin Edegor jamoasining uchinchi golini urdi. 80-daqiqada Martinelli dublni rasmiylashtirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.
“Liverpul” esa “Vulverhempton”ni mehmon qildi. Uchrashuvda hisob 73-daqiqaga kelib ochildi: Virjil van Deykning aniq zarbasidan keyin “qizillar” oldinga o‘tib oldi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Muhammad Salohi farqni oshirdi.
Mazkur o‘yinlardan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:
APL
7-tur bahslari
1-mart, chorshanba
“Arsenal” – “Everton” 4:0
Gollar: 1:0 – 40 Saka, 2:0 – 45 Martinelli, 3:0 – 71 Edegor, 4:0 – 80 Martinelli.
“Arsenal”: Remsdeyl, Uayt, Gabriel, Saliba, Zinchenko (Tirni, 82), Jaka (Fabiu Viyeyra, 72), Jorjinyo (Parti, 46), Edegor, Saka (Smit-Rou, 82), Trossard (Nketia, 72), Martinelli.
“Everton”: Pikford, Koulmen (Godfri, 61), Tarkovski, Kin, Mikolenko, Guye (Holgeyt, 46), Dukure (Devis, 79), Onana, Ivobi, Mope (Grey, 61), Maknil.
Ogohlantirishlar: Tarkovski (51), Godfri (66).
“Liverpul” – “Vulverhempton” 2:0
Gollar: 1:0 – 73 van Deyk, 2:0 – 77 Saloh.
“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold (Milner, 89), van Deyk, Konate, Simikas, Baychetich (Henderson, 79), Fabinyo, Elliott, Saloh, Diogu Jota (Gakpo, 76), Nunyes (Firmino, 89).
“Vulverhempton”: Joze Sa, Semedu, Douson, Kilmen, Bueno (Ait-Nuri, 24), Moutinyu (Podense, 64), Sarabiya (Traore, 46), Lemina, Ruben Nevesh, Mateush Nunesh (Gomes, 64), Ximenes (Diyego Kosta, 79).
Ogohlantirishlar: Baychetich (15), Semedu (36), Sarabiya (45), Fabinyo (53), Ruben Nevesh (66).
Izoh (0)