O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 Osiyo Kubogi—2023 1-turida Suriya ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvda O‘zbekistonning dastlabki golini urgan Abbosbek Fayzullayev uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
O‘yin borasida
G‘alaba bilan barcha o‘zbek xalqini tabriklayman. Yaxshi o‘yin bo‘ldi, stadiondagi atmosfera ham ajoyib edi. Stadionga kelib qo‘llab-quvvatlagani uchun muxlislarga katta rahmat.
Muxlislar ishonchini oqlash va o‘yinni yutish uchun qo‘ldan kelgancha harakat qildik. Birinchi o‘yinda g‘alaba qozonishimiz muhim edi. Borimizni berdik va g‘alaba qozondik.
Iroqqa qarshi o‘yin haqida
Birinchi o‘yindagi g‘alaba Iroqqa qarshi bahs oldidan yaxshi ta’sir o‘tkazadi. G‘alaba qozonish har doim yaxshi, bu qo‘shimcha energiya, qo‘shimcha kuch beradi. Iroq ham kuchli jamoa, ularga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni bugundan boshlaymiz, — deydi Fayzullayev.
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 2-turda Iroqqa qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv 4-mart kuni o‘tkaziladi. Iroqliklar dastlabki o‘yinda Indoneziya ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)