Turkiya sharqidagi Malatya viloyatida 27-fevral kuni 5,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Turkiya Tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasiga tayanib, Sabah xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, zilzila episentri Yeshilyurt aholi punkti hududida, 7 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Zilzila oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 69 kishi jarohatlangan. Hozirgacha kamida 22 ta bino vayron bo‘lgan.
Malatya viloyati Turkiyada 6-fevral kuni sodir bo‘lgan ikki dahshatli zilziladan jabr ko‘rgan o‘nta viloyatdan biri hisoblanadi. Hozirgacha Turkiyada zilzila qurbonlari soni 44 mingdan oshgan.
Izoh (0)