O‘zbekistonda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan o‘quv markazlarida IT sohasini o‘rganish uchun ham ta’lim krediti beriladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun ta’lim krediti ajratish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Qarorga asosan, ta’lim krediti:
- bazaviy hisoblash miqdorining 65 baravarigacha (bugungi kunda 19 million 500 ming so‘m) miqdorda;
- Markaziy bankning asosiy stavkasida (bugungi kunda 15 foiz);
- bir yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga;
- har yili 5 ming nafargacha yoshlarga beriladi.
Qayd etilishicha, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oila farzandlari uchun garov va kafillik talab etilmaydi.
Izoh (0)