Turkiyadagi zilzila oqibatida jabrlanganlarga yordam berish uchun borgan O‘zbekiston FVV xodimlari 25-fevral kuni vatanga qayta boshladi.
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi xabariga ko‘ra, Turkiyada Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari olqishlar bilan kuzatib qo‘yilgan.
6-fevral kuni o‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyaga jo‘natilgandi. Dastlabki reysda 100 nafar qutqaruvchi bilan birgalikda maxsus jihozlar, kinologik guruhlar va insonparvarlik yordami ham yuborilgan.
Turkiyada qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangandan buyon, ya’ni 7-fevral kunidan o‘zbekistonlik qutqaruvchilar tomonidan 30 nafardan ortiq fuqaro vayronalar ostidan qutqarilib, 100 nafardan ortiq halok bo‘lganlar olib chiqildi.
Izoh (0)