“Azimut” aviakompaniyasining Samarqand—Ufa yo‘nalishi bo‘ylab uchgan samolyoti texnik sabablarga ko‘ra “Samarqand” xalqaro aeroportiga qaytdi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da bortida 87 yo‘lovchi bo‘lgan AZO7040 reysi uchish aeroportiga kelib qo‘ngan.
“Ayni damda yo‘lovchilar Samarqand aeroporti terminaliga joylashtirildi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil oktabrda Rossiya “Azimut” aviakompaniyasining Moskvadan Urganchga uchayotgan samolyoti Samaraga favqulodda qo‘ngandi. Bunga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgan. 18-yanvar kuni esa “Aeroflot” kompaniyasi samolyoti Moskvadan Goaga uchayotgan vaqtida Urganchga qo‘ndirilgan edi.
Izoh (0)