O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi 1—18-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Iroq, Suriya va Indoneziya bilan birgalikda A guruhidan joy olgan. Ravshan Haydarov shogirdlari 1-mart kuni Suriyaga qarshi bahs olib borsa, oradan 3 kun o‘tib, Iroqqa qarshi maydonga tushadi. Guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yin 7-mart kuni Indoneziyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.
U-20 Osiyo Kubogi—2023 A guruhi:
O‘zbekiston — Suriya 1-mart, 19:00 (“Bunyodkor” stadioni)
Iroq — O‘zbekiston 4-mart, 19:00 (“Bunyodkor” stadioni)
O‘zbekiston — Indoneziya 7-mart, 19:00 (“Istiqlol” stadioni)
Musobaqada ishtirok etadigan 16 jamoadan eng yaxshi 4 ta terma jamoa Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan U-20 Jahon Chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Indoneziyaning o‘zi yarim finalga qadar yetib borsa, chorak finalda mag‘lub bo‘lgan eng yaxshi natijaga ega ikki terma jamoa o‘rtasida bahs o‘tkaziladi va g‘olib OFK vakili sifatida mundialga yo‘llanmaga ega chiqadi.
Izoh (0)