“Nasaf” futbolchisi Husayn Norchayev Rossiyaning “Alaniya” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida qarshiliklar matbuot xizmati xabar qildi.
![](/static/photo_2023-02-22_17-09-57.jpg)
Husayn Norchayev “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Husayn 2019-yildan buyon bosh jamoa tarkibida edi. Norchayev “Nasaf” tarkibida Superliganing bir marta kumush va bir marta bronza medallarini, ikki bor O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan. 2021-yilda OFK kubogida to‘purarga aylangandi.
“Alaniya” hozirda Rossiya birinchi ligasida ortda qolgan 20 turdan so‘ng 38 ochko bilan 2-pog‘onani egallab turibdi.
Futbolchi “Nasaf” muxlislariga xayrlashuv murojaatini yo‘lladi:
Izoh (0)