ICE birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, kimoshdi savdosida Yevropada gazning birja narxlari 5 foizga tushib, 1 ming kub metr uchun 545,2 dollargacha pasaydi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Gaz narxi 2021-yil 26-avgustdan beri birinchi marta 1000 kub metr uchun 550 dollardan pastga tushdi.
TTF indeksi (Yevropadagi eng yirik gaz markazi) bo‘yicha mart oyidagi gaz fyucherslari savdolar ochilishida 1000 kub metr uchun 566,3 dollarga sotilgan bo‘lib, oldingi yopilishdan 1,6 foizga yo‘qotilgan. Toshkent vaqti bilan soat 12:25 ga kelib gaz narxi 1000 kub metr uchun 545,2 dollargacha pasaydi.
Yevropada gaz narxi 2023-yil boshida pasayishni boshladi. Yanvar oyi o‘rtalariga kelib, gazning birja narxlari 25 foizga tushdi.
Shuningdek, fevral oyida suyultirilgan gaz (LNG) narxi 18 oylik eng past darajaga yetdi. Bu AQSHdagi eng yirik suyultirilgan gaz zavodi Freeport LNG bozoriga qaytishi haqidagi ma’lumotlardan keyin sodir bo‘ldi.
Izoh (0)