Britaniyaning Glaxo University farmatsevtika kompaniyasi 40 yildan ortiq vaqt davomida oshqozon yarasi va jig‘ildon qaynashi Zantac preparatini qo‘llash natijasida saraton xavfini yashirib kelgan. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya 1978-yildan buyon preparat inson salomatligi uchun xavfli bo‘lishi mumkinligini bilgan, ammo tadqiqot natijalarini yashirib, uni sotishda davom etgan.
Mutaxassislarning fikricha, Zantac faol moddasi olimlar tomonidan laboratoriya kalamushlarida sun’iy ravishda saraton kasalligini keltirib chiqarish uchun keng qo‘llaniladigan kuchli kanserogen NDMA’ni chiqarishi mumkin.
Preparatning xavfliligi 2019-yilda ma’lum bo‘ldi, shundan keyingina ishlab chiqaruvchi va tartibga soluvchilar butun dunyo bo‘ylab dorini qaytarib olishni boshladi.
Zantac’ni sotib olgan 70 000 dan ortiq kishi kompaniyani sudga bergan. Birinchi sud ishi fevral oyi oxirida AQSHning Kaliforniya shtatida boshlanadi.
Agentlik ta’kidlashicha, Zantac retsept bo‘yicha dunyodagi eng ko‘p sotilgan dori bo‘lgan. Kompaniya uning uchun Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II tomonidan mukofot olgan va bosh ijrochi direktor Endryu Uitti ritsar unvoniga sazovor bo‘lgan.
Izoh (0)