Shavkat Mirziyoyev 16-fevral kuni yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Yig‘ilishda qizil kitobga kiritilgan tojik kavragidan foydalanishga 3 yil muddatga moratoriy joriy qilish taklif etildi. Davlat rahbari bu rejalarni ma’qullab, ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.
Ma’lumot o‘rnida, yaylov yerlarda kavrak yaxshi o‘sadi, u Qizil kitobga ham kiritilgan. Lekin ko‘p joylarda uning tabiiy ko‘payishi va qayta tiklanishiga zarar yetkazilmoqda. 2019-yilda tabiiy kavrak maydonlari 33 ming gektar bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yilga kelib qariyb yarmiga kamaygan.
Izoh (0)