Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ rahbari davlatga yarim milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazdi.
Xabarga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Nishon tuman bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” viloyat hududiy bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
“E.G.” MCHJ rahbari tuman elektr taʼminoti korxonasi masʼul shaxslari va boshqalar bilan o‘zaro til biriktirib, “E.G.” MCHJning avtomobillarga siqilgan gaz to‘ldirish kompressor stansiyasida quvvati 1000 kVA bo‘lgan transformator o‘rnatilgan bo‘lsa-da, 630 kVA bo‘lgan transformator o‘rnatilib, texnik ko‘rikdan o‘tkazilgani haqida soxta hujjatlarni rasmiylashtirgan. Shu orqali 839,5 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 566,6 million so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)