Toshkent shahri Mirobod tumanida sotuvchi yigit o‘zi ishlaydigan do‘kondan 150 ga yaqin isitkich va 62 dona go‘sht maydalagich o‘g‘irladi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 1-fevral kuni Mirobod tumanidagi MCHJlardan birining rahbari tuman IIOFMBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida do‘kon omboridan 62 dona go‘sht maydalagich va 146 dona isitkich o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qilgan.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar davomida o‘g‘irlikda gumonlanuvchi shaxs aniqlanib, qo‘lga olingan. Qo‘lga olingan shaxs ushbu do‘kon ishchisi, 20 yoshli U.K. ekanligi ma’lum bo‘ldi va hibsga olindi. Tergov ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)