Ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida biznes vakillari, tadbirkorlar bilan muloqot qilmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
“Soʻnggi besh yilda Namanganda sanoat, xizmatlar va tadbirkorlikning boshqa sohalarida “katta sakrash” boʻldi, bu bor gap. Masalan, viloyatda korxonalar soni 15 mingtaga koʻpayib, 32,5 mingtaga yetdi. Bu davrda xususiy biznes ishlab chiqargan mahsulotlar hajmi 1,6 baravar oshib, 8,3 trillion soʻmga yetdi. Bu – respublika boʻyicha eng yuqori oʻsish surʼatlari, degani”, — dedi davlat rahbari.
Prezident Namangan hech mubolagʻasiz, tadbirkorlar yurti, kichik va oʻrta biznes markaziga aylanganini taʼkidladi.
“Ayniqsa, Namangandagi kichik sanoat zonalariga yaratilgan sharoitlar, ularga eʼtibor tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning yaqqol namunasi boʻldi. Bugun sizlar bilan uchrashayotgan “Barkamol avlod” kichik sanoat zonasi, men hozir koʻrgan yangi korxonalar buni amaliy isboti. Shu bois, bugungi “ochiq muloqotimiz”ning aynan Namanganda boʻlayotgani ham bejiz emas”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh (0)