• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Avitaminoz: keksa yoshdagi insonlar sog‘lig‘ida kuzatiladigan muammolar sababi

    Shifokor Ruslan Gnidenkoning aytishicha, keksa yoshdagi organizmda kuzatiladigan muammolarning sababi vitamin tanqisligi hisoblanadi. Vitamin va minerallarning yetishmasligi nafaqat noto‘g‘ri ovqatlanish, balki ba’zi dori-darmonlarni uzoq muddat davomida qabul qilish fonida ham paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, og‘riq qoldiruvchi va trankvilizator (tinchlantiruvchi)larni qabul qilish C va B6, B12 vitaminining so‘rilishini kamaytiradi, deb yozadi “Noviy ochag”.

    Foto: “Noviy ochag”
    Shu sababli 60 yoshdan oshgan odamlar ko‘proq sog‘liqni yaxshilash, organizmning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va qarish jarayonini sekinlashtirishga yordam beradigan vitamin va foydali mikroelementlarni qo‘shimcha iste’mol qilishlari kerak.

    A vitamini

    Uning yetishmovchiligi belgilari — charchoq, xira ko‘rish, soch to‘kilishi, zaif immunitet, quruq teri. Karam, sut, jigar, yog‘li baliq, tuxum sarig‘i, qizil va to‘q sariq rangli meva va sabzavotlarni iste’mol qilish orqali tanqislikni to‘ldirish mumkin.

    B guruhi vitaminlari

    Jahldorlik, surunkali charchoq, migren, soch to‘kilishi, terining rangsizligi, ishtahaning yomonligi, ich qotishi, ovqat hazm qilishning buzilishi vitamin yetishmasligidan dalolat beradi. Ushbu vitaminni go‘sht, yog‘li baliq, yong‘oq, yashil sabzavotlar, sut mahsulotlari, o‘simlik moylari va tuxum iste’mol qilish orqali olish mumkin. Shuningdek, spirtli ichimliklar, qahva, choyni iste’mol qilishni kamaytirish va chekishni butunlay tashlash kerak.

    C vitamini

    Burundan qon ketishi, tushkunlik, kamqonlik, immunitetning zaiflashishi, mushaklar og‘rig‘i, nafas qisilishi, tish emalining zaiflashishi organizmning ushbu vitaminga juda muhtojligidan dalolat beradi. Meva va sitruslarni iste’mol qilish, shuningdek, ratsionga iloji boricha ko‘proq yangi sabzavotlar va sutni kiritish kerak. Na’matak, tarvuz, smorodina va boshqa rezavorlar ham tanqislikni to‘ldirishga qodir.

    PP vitamini

    Uning yetishmovchiligi diareya, ko‘ngil aynishi, uyqusizlik, teri qurishi, bosh og‘rig‘i va aylanishi bilan kuzatiladi. 70 yoshdan oshgan keksa odamlar ratsioniga sitrus, ko‘katlar, uzum, o‘riklar, turli xil rezavorlar va qora shokoladni kiritishlari kerak.

    D vitamini

    Keksa yoshda D vitaminining yetishmovchiligi bosimning ko‘tarilishi, ortiqcha terlash, asabiylashish, kariyes, mushaklarda og‘riq va zaiflik bilan namoyon bo‘ladi. Buning uchun mol jigari, baliq va baliq yog‘i, sut mahsulotlari, tuxum sarig‘ini iste’mol qilish kerak. Bundan tashqari, iloji boricha tez-tez ochiq havoda yurish tavsiya etiladi.

    E vitamini

    Vitaminga bo‘lgan ehtiyojning asosiy belgilari — ko‘z ostida qora dog‘lar, mushaklarning kuchsizligi, terining pigmentatsiyasi, kayfiyatning o‘zgarishi, ko‘rishning xiralashishi. Urug‘, don, sut, jigar, mol go‘shti, no‘xat, dukkaklilardan foydalanish tavsiya etiladi.

    K vitamini

    Surunkali charchoq, burundan qon ketishi, anemiya, gematomalar ushbu vitamin yetishmovchiligi belgilaridir. Ushbu muhim vitaminni tuxum, loviya, go‘sht, parranda va sut mahsulotlari, shuningdek, yangi sabzavotlar va soyadan olish mumkin.

    Keksa yoshdagilar vitaminlarni qanday qabul qilish kerak?

    Vitaminlarni bemorning yoshi, umumiy ahvoli va shikoyatlarini hisobga olgan holda, faqat shifokor buyurishi kerak. Vitamin-mineral kompleksni tanlashda surunkali kasalliklar mavjudligini inobatga olish lozim. Bundan tashqari, bemor qanchalik keksa bo‘lsa, vitaminlarni tanlashga shunchalik ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Keksalar, ayniqsa, 75 yoshdan oshganlar uchun gipervitaminoz ham vitamin va minerallarning yetishmasligidan kam xavfli emas. Ushbu moddalarni ortiqcha iste’mol qilish asab tizimining buzilishi va buyrada toshlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

    Mavzuga doir:

    • Kamroq kasal bo‘lishingizga yordam beradigan 8 maslahat
    • Sovqotish, jarohat va surunkali kasalliklar: qishda keksa yoshli insonlarning salomatligini qanday asrash kerak?
    • Umrni uzaytiruvchi ziravor: Sog‘lom bo‘lishga va go‘zallikni saqlab qolishga yordam beradigan zarchavaning foydali xususiyatlari
    26.01.2023, 19:35   Izoh (0)   4402
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Quruq yoʻtalni kamaytirish uchun uy sharoitida yordam beradigan tavsiyalar

    26.01.2023, 17:57

    Bolaning isitmasi baland, qoʻl-oyoqlari esa muzday: Bunday vaqtda qanday yoʻl tutish kerak?

    26.01.2023, 15:34

    Onkologlar tavsiyasi: voz kechish kerak bo‘lgan 7 ta mahsulot

    26.01.2023, 15:00

    Kechasi olma iste’mol qilish foydalimi yoki zararli?

    25.01.2023, 21:37

    Nima uchun burun oqishi kuzatiladi va bu uzoq davom etsa nima qilish kerak?

    25.01.2023, 18:35

    O‘tirib ishlaydiganlar uchun: bel og‘rig‘ini yengillashtiruvchi mashqlar (foto)

    25.01.2023, 18:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.