• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jamoatchilik “Gazprom” va Oʻzbekiston oʻrtasida imzolangan “Yoʻl xaritasi” haqidagi xabar eʼlon qilinishini bir kun kutdi

    24-yanvar kuni Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov va Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi rahbari Aleksey Miller gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni imzoladi. Bu haqda “Gazprom” matbuot xizmati xabar berdi. Ammo Oʻzbekiston Energetika vazirligi bu haqdagi xabarni oradan bir kun oʻtib eʼlon qildi.

    Foto: “Gazprom”

    Bungacha jamoatchilik mamlakat energetik mustaqilligi jar yoqasida qolgani haqidagi xavotir va qoʻrquvlarini bildirayotgandi. Rossiya ommaviy axborot vositalari esa bu shartnoma orqali Oʻzbekiston “uch tomonlama gaz ittifoqi”ga qoʻshilgani haqida bong urdi. 

    Energetika vazirligi xabariga koʻra, “Gazprom” bilan imzolangan “Yoʻl xarita”sida Qozogʻiston va Oʻzbekiston hududidan oʻtuvchi “Oʻrta Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali gaz tranzitini amalga oshirish uchun zarur boʻladigan texnik choralar oʻrganiladi.

    “Texnik jihatdan barcha ishlarni yakunlagandan soʻng, tabiiy gazni yetkazib berish boʻyicha asosiy shartlarni muhokama qilinadi. Shuni alohida taʼkidash lozimki, olib borilgan muzokaralar hamda “Yoʻl xaritasi”da Oʻzbekiston Respublikasining mavjud gaz transporti tizimiga egalik huquqini toʻliq saqlagan holda ichki bozorga tabiiy gaz zarur miqdorlarda yetkazib berish maqsad qilingan. Bunda gaz transport tizimi kimgadir berilishi yoki suverenitetimizga qandaydir tahdid umuman yoʻq.

    Kelgusida ushbu yoʻnalishdagi barcha ishlar Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini toʻliq himoya qilgan holda amalga oshirilib, natijalari yuzasidan doimiy ravishda jamoatchilikka maʼlum qilib boriladi”, – deya maʼlum qilgan vazirlik axborot xizmati.

    Avvalroq Rossiya Oʻzbekistonga gaz uzatish uchun mamlakatning gaz-transport tizimini “Gazprom”ga berishni soʻragani, shunday talab Qozogʻiston oldiga ham qoʻyilgani maʼlum boʻlgandi. Shuningdek, federatsiya Markaziy Osiyodan Xitoyga gaz eksportini ham nazorat qilmoqchi boʻlayotgani aytilgan. Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov ommaviy axborot vositalarida chiqishida mamlakat oʻz energiya tarmoqlarini “birovga berib yubormasligi”ni, Oʻzbekiston manfaatlari inobatga olinishini taʼkidlagandi.

    Ammo ayrim tahlilchilar vazirning bu soʻzlariga qarama-qarshi fikrlar bildirib keladi. Xususan, Rossiya Markaziy Osiyo davlatlarini energetika bozoridan mutlaqo chiqarib tashlashni maqsad qilgani, transport quvurlari “Gazprom” ixtiyorida boʻlgach, talablarni ham u qoʻyishi, gazni arzon narxda sotib olib, jahon bozorida qimmatga sotishga erishishi mumkinligi aytiladi. Oqibatda energetik mustaqillik qoʻldan ketishidan xavotirlar yuzaga kelgan.

    Oʻtgan bir sutka davomida rasmiy bayonot berilmagani bois, jamoatchilik tomonidan turli savollar va eʼtirozlar oʻrtaga tashlandi. Jurnalist Shuhrat Latipovning fikricha, energetik mustaqillik boy berilsa, davlat suvereniteti ham xavf ostida qolishi mumkin.

    “Menga maʼlum boʻlishicha (norasmiy manba, shunga taxmin sifatida yozaman), Oʻzbekiston “Oʻztransgaz” (magistral quvurlar orqali gaz transportirovka qiladi) va “Xududgaztaʼminot” (maishiy isteʼmolchilar, aholini gaz bilan taʼminlaydi) gaz transporti tizimini ishonchli boshqaruvga berishga rozi boʻlishi mumkin. Taxminlarga koʻra, kompaniyalar birlashtirilishi va “Gazprom” yoki uning shoʻba korxonasi boshqaruviga oʻtkazilishi mumkin.

    Afsuski, Oʻzbekistonda ishonchli boshqaruv boʻyicha birorta ham loyiha oʻzini oqlamadi. Shuning uchun SFI Management Group (Alisher Usmonovning soʻzlariga koʻra, milliarder Shodiyev oilasiga tegishli) ketishga majbur boʻldi. Eng soʻnggi misollardan biri –  Angren IES uch yil davomida milliardlab zararga kirgan.

    Qolaversa, mamlakatimizda hamon qonunchilik bazasi, bu sohani tartibga soluvchi birorta ham rasmiy va ochiq hujjat mavjud emas.

    Umid qilamanki, bu Oʻzbekiston imzolagan koʻplab memorandumlar singari qogʻozdagi “yoʻl xaritasi” boʻlib qoladi. Agar bunga qadar nomaqbul siyosiy qarorlar tufayli milliardlab zararlar koʻrilgan boʻlsa, endilikda “Gazprom” Oʻzbekistonning gaz transporti tizimini boshqaruvga olsa, unda mamlakatning energetik mustaqilligini, umuman, davlat suvereniteti xavf ostida boʻlishi mumkin”, – deb yozadi Shuhrat Latipov.

    Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Feysbukdagi sahifasida bu huddi imi-jimida kelishilgan kelishuvga oʻxshayotgani haqida fikr bildirgan.

    “Rossiyadagi bazi Telegram kanallar, OAVlari “Rossiya, Qozogʻiston va Oʻzbekiston ishtirokidagi uch tomonlama energetik ittifoq tuzildi” deb xabar bermoqda. “Gazprom” boshligʻi Miller va Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov bilan “yoʻl xaritasi” imzolangani, yuqoridagi ittifoqning yuzaga kelishiga asos boʻldi, deyilmoqda.

    Qiziq vaziyat... Nega Oʻzbekiston davlat institutlari jamoatchilikka bu borada keng va tushunarli xabar bermadi? Bu “yoʻl xaritasi”dan maqsad nima, bu kelishuvda nimalar nazarda tutilgan? Va bu Oʻzbekistonning manfaatlariga qanchalik mos keladi? Xuddi imi-jimida kelishilgan kelishuvga oʻxshayapti. Vaziyatni kuzatib, oʻrganib boramiz.

    Lekin, energetik mustaqilligimizga real tahdid bormi, degan oʻrinli savol paydo boʻlmoqda. Rossiya, Ukrainaning, gʻarbiy Yevropadagi koʻplab davlatlarning geosiyosiy mustaqilligini aynan energetik sektor orqali qaram qilishdan boshlagan edi”, – deb yozgan mutaxassis.

    “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, deputat Bobur Bekmurodovning Telegramda yozishicha, “Yoʻl xaritasi” huquqiy jihatdan tomonlarga hech qanday majburiyat yuklaymaydi.

    “Oʻzbekiston energetika vazirligi va “Gazprom” oʻrtasida gaz sohasida oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning imzolangani ijtimoiy tarmoqlar faollari va jamoatchilikda savollarni uygʻotdi. Yaʼni, energetika tizimi mustaqilligiga tahdid deya qaralayotgan “Gaz ittifoqi” loyihasi tomon qadam sifatida talqin qilinmoqda.

    Avvalo, Energetika vazirligi mazkur “Yoʻl xaritasi”ning umumiy mazmuni haqida jamoatchilikka xabar berishi lozim deb hisoblaymiz. Kelgusida bunday hujjatlar haqidagi maʼlumotlar, avval vazirliklarimiz rasmiylari tomonidan eʼlon qilinishi kerak.

    Shu bilan birgalikda, huquqiy jihatdan, “Yoʻl xaritasi” tomonlarga hech qanday majburiyat yuklaymaydi, huquqiy oqibat tugʻdirmaydi. Tomonlarning hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirishga xizmat qiladigan hujjat turi hisoblanadi.

    Qolaversa, 2022-yilning dekabr oyida energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov bu borada qatʼiy pozitsiyamizni eʼlon qilgan edi:

    “...Biz gaz va elektr energiyasini qandaydir alyans yoki ittifoq orqali emas, balki qoʻshni davlatlardan import qilish boʻyicha muzokaralar olib bormoqdamiz”.

    Milliy manfaatlarimiz uchun bu eng  toʻgʻri pozitsiya ekanligini taʼkidlagan holda, Hukumatning energetik inqirozni bartaraf etish hamda kelgusida bunday xavflarni oldini olishga qaratilgan qoʻshimcha diplomatik va amaliy harakatlarini qoʻllab-quvvatlash lozimligini bildiramiz”, – deb yozadi u.

    Umuman olganda, jamoatchilik mavzu yuzasidan savollar berish va bahs-munozaralarni davom ettiradi. Chunki Energetika vazirligi “Gazprom” bilan shartnoma imzolanganini sekinlik bilan xabar qilgan boʻlsa-da, Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida gaz sohasida imzolangan asosiy shartnomalar shartlari ochiqlamay kelmoqda. Bu esa xavotirlarga to‘liq barham berilganini anglatmaydi.

    25.01.2023, 17:55   Izoh (0)   6236
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zMU talabalari yotoqxonalar sovuq ekanidan shikoyat qildi. “Daryo” muxbiri holatni o‘rgandi

    25.01.2023, 17:30

    O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 14 foizga tushdi

    25.01.2023, 17:16

    O‘zbekiston va “Gazprom” o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasining suverenitetga tahdidi yo‘qligi ma’lum qilindi

    25.01.2023, 16:43

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

    25.01.2023, 16:19

    Buxoroda “Sinepar”dan 23 nafar bola vafot etgani haqida tarqalgan xabarlar rad etildi

    25.01.2023, 15:56

    G‘uzor tumani hokimi Turkmaniston bilan chegaradosh qishloqda bo‘lib, bir kecha tunab qoldi

    25.01.2023, 14:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ichki ishlardan pensiyaga chiqqanlar pul evaziga huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:05

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    Dunyo | 27 iyul, 09:25

    Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 08:55

    AQSH Ukraina dronlarini sotib olish uchun 30 mlrd dollarlik shartnoma tuzishi mumkin

    Dunyo | 27 iyul, 08:31

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.