Jinsiy zo‘ravonlikda gumon qilinayotgan futbolchi Dani Alves uzoq muddatga qamalishi mumkin.
Agar braziliyalik futbolchini ushbu ishda aybdor deb topadigan bo‘lishsa, u holda Alvesni 4 yildan 12 yilgacha bo‘lgan qamoq jazosi kutib turibdi.
23 yoshli ayol futbolchini 30-dekabr kuni tungi klubda jinsiy zo‘ravonlik ishlatganlikda ayblagan. Politsiya 20-yanvar kuni Alvesni hibsga oldi, sudya esa Alves yashirinmasligi uchun uni vaqtincha qamoqda saqlash qarorini qabul qilgan.
Qayd etilishicha, Dani shu vaqtga qadar ushbu voqea bo‘yicha uch xil ko‘rsatma bergan. Avvaliga qizni tanimasligini aytgan bo‘lsa, keyinroq uning o‘zi futbolchiga suykalganini ma’lum qilgan.
Futbolchi Ispaniya sud qilinadi. Sababi unda Ispaniya fuqaroligi ham bor, bundan tashqari Ispaniya va Braziliya o‘rtasida mahbuslarni almashish borasida kelishuv yo‘q.
Avvalroq Meksikaning “Pumas” klubi Dani Alves bilan shartnomani bekor qilgani xabar qilingandi.
Izoh (0)