“Nyukasl” Angliya Premyer Ligasining 21-turida “Kristal Pelas” bilan durang o‘ynadi (0:0).
Eddi Hau shogirdlari Angliya chempionatida 31-avgustdan beri yutqazmayapti. O‘shanda jamoa “Liverpul”ga yengilgandi (1:2). Shundan beri “hakkalar” APLda 9 g‘alaba va 6 durang qayd etdi.
APLda 15 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriya “Nyukasl” tarixidagi rekord natija hisoblanadi.
Shuningdek, “Nyukasl” APLda ketma-ket 16 ta o‘yinda birinchi bo‘limda gol o‘tkazmadi. Bu “Liverpul”ning 2002-yildagi natijasidan keyingi eng yaxshi ko‘rsatkich.
Ayni vaqtda “Nyukasl” 20 o‘yinda 39 ochko to‘plagan holda, 3-o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)