“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp uchun Angliya Premyer Ligasining 21-turidan o‘rin olgan “Chelsi”ga qarshi bahs (0:0) yubileyga aylandi.
Klopp murabbiylik faoliyatidagi 1000-o‘yinini o‘tkazdi. Nemis mutaxassisi faoliyati davomida “Mayns”, “Borussiya D” va “Liverpul”da ishlagan.
“Bu juda katta, aqlbovar qilmas raqam. Juda xursandman. Ammo endi soqollar oqarib ketgan. ‘Liverpul’ga kelganimda bunday emasdi. Men o‘zim yoqtirgan klublarda o‘zim yoqtirgan ishim bilan shug‘ullanyapman. Shuning uchun omadim kelyapti deb o‘ylayman”, — deydi murabbiy.
Izoh (0)