• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Brejnevga suiqasd uyushtirgan kichik leytenant, SSSRda vodorod bombasini yaratgan olimning surgun qilinishi va Sankt-Peterburgdagi “Qonli yakshanba”. Kun xronologiyasida 22-yanvar

    22-yanvar sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Brejnevga suiqasd uyushtirgan kichik leytenant, SSSRda vodorod bombasini yaratilgan olimning surgun qilinishi hamda Sankt-Peterburgdagi “Qonli yakshanba”ga oid faktlar o‘rin olgan.

    Brejnevga suiqasd uyushtirgan kichik leytenant

    1969-yil 22-yanvar kuni Sovet armiyasining kichik leytenanti Kremlga kirib borib, hukumatga tegishli “Zil-111G” mashinasini o‘qqa tutgandi. Terrorchi uning ichida Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi Leonid Brejnev borligiga ishongan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Aslida esa u ichida kosmonavtlar — Georgiy Beregovoy, Valentina Tereshkova, Aleksey Leonov va Andriyan Nikolayev bo‘lgan mashinani o‘qqa tutgandi. Olti soniya ichida “Makarov” pistoletidan 9 millimetrli o‘nta o‘q mashinaning old oynasini teshib o‘tgan va haydovchi Ilya Jarkov halok bo‘lgan. Beregovoyni oyna kesib ketgan, Nikolayevga va qo‘riqchilar ofitseriga o‘q tekkan.

    U vaqtlarda “Zil-111G” mamlakatning yuzi hisoblangan. Chiroyli mashina Amerikaning “Kadillak”, “Byuik” va “Pakkarda” uslublaridan foydalangan holda yaratilgan, biroq zirhlanmagan edi. Beregovoy haydovchining oldiga otilib, qo‘l tormozini tortgan. Faxriy qorovul mototsiklchisi Vasiliy Zatsepilov kosmonavtlarni o‘z tanasi bilan to‘sib qolib, 11-o‘qqa duch kelgan. Keyingi soniyalar davomida maxsus xizmat xodimlari hujum uyushtirgan shaxsni yerga yotqizib, qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ladi.

    Vasiliy Zatsepilovga Qizil yulduz ordeni, kommunalkadan ikkinchi xona va praporshik unvoni berilgan. Voqea joyiga ko‘plab mehmonlar, televideniye xodimlari to‘plangani bois favqulodda holatni yashirishning imkoni yo‘q edi. Brejnev kosmonavtlardan “kelinglar, bu haqida hech narsa demaymiz”, — degan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    22 yoshli geodezist Viktor Ilin 1969-yil 21-yanvar kuni Leningrad yaqinidagi harbiy qismdan ikkita pistolet bilan qochib ketgan. Samolyotga chipta olib, qurol bilan Moskvaga kelgan. Harbiy qism tabiiyki uning qochib ketgani bo‘yicha qidiruv e’lon qilib, uning tashqi ko‘rinishi haqidagi ma’lumotlarni tarqatgan. Ammo Leningradda ham, Moskvada ham uni hech kim to‘xtatmagan.

     

    U shahar bo‘ylab aylangan, sobiq militsiyachi bo‘lgan amakisinikida tunagan. Ertasi kuni uning shinelini o‘g‘irlab, Kremlga yo‘l olgan. Kutilmagan tasodiflar zanjiri bu yerda ham davom etgan: u hech qanday to‘siqlarsiz barcha qo‘riqlov chiziqlaridan o‘tib borib, Boroviskiy darvozlari qarshisidan pozitsiyasini egallagan.

    Ilin Brejnevni nima sababdan otmoqchi bo‘lganini quyidagicha tushuntirgan: “sovet davri o‘z umrini yashab bo‘ldi, ko‘plab davlatlarda harbiy to‘ntarishlar sodir bo‘lmoqda”. U tergovchilarni to‘ntarish huquqini Konstitutsiyaga kiritish kerakligiga ko‘ndirmoqchi bo‘lgan. Shuningdek, u Jon Kennedini o‘ldirib, mashhurlikka erishgan Li Xarvi Osvalddan ilhomlangan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    1969-yilda Ilin sud qilinib, uning hukmiga ko‘ra, ruhiy kasalxonaga davolanish uchun yuborilgan. Ilin yakka tartibdagi bemorlar uchun mo‘ljallangan palatada 20 yil o‘tirgan. 1988-yilda onasining iltimosi bilan u Leningraddagi Skverosov-Stepanov nomidagi ruhiy shifoxonaga o‘tkazilgan. Oradan yil o‘tgan u ozod etilgan. Bundan tashqari, unga bir xonali kvartira berilgan va harbiy pensiya tayinlangan.

    Vodorod bombasini yaratgan akademikning surgun qilinishi

    1980-yil 22-yanvar kuni vodorod bombasi yaratuvchisi Andrey Saxarov Gorkiy shahriga surgun qilingan edi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Andrey Saxarov 1921-yil 21-may kuni Moskvada fizik va uy bekasi oilasida dunyoga kelgan. Bolakay uyda o‘qish-yozishni o‘rgangan va 7-sinfdagina maktabga chiqqan. 1938-yilda Saxarov Moskva davlat universitetining fizika fakultetiga o‘qishga topshirgan, 1942-yilda Xalq komissariatining topshirig‘i bilan u Ulyanovskdagi patron zavodiga yuborilgan. U mehnat faoliyati davomida bir necha bor o‘zini ko‘rsatgan, turli yo‘nalishlarni modernizatsiya qilish takliflarini ilgari surgan. Oradan ikki yil o‘tgan Saxarov Moskvadagi Fizika instituti direktori nomiga ariza yuboradi. O‘z xatida bo‘lajak olim “nazariy fizika” mutaxassisligi bo‘yicha aspirantura imtihonlariga kiritilishiga ruxsat so‘ragan.

    Aspiranturada o‘qigan yillari Andrey Saxarov ko‘plab ma’ruzalari bilan chiqish qilgan, jurnallarda o‘z maqolalarini chop etgan. 1947-yilda u nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan va 1948-yilda Vazirlar kengashi hamda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi qarorlari bilan tashkil etilgan tadqiqot guruhi a’zosiga aylangan. Guruhning vazifasi — vodorod bombasini yaratish bo‘yicha nazariy va hisob-kitob ishlarini amalga oshirish. Keyinroq ma’lum bo‘ladiki, mazkur guruh tuzilishidan oldin sovet razvedkasi nemis fizigi Kalus Fuksdan AQSHda vodorod bombasini yaratish ustida ish boshlangani haqida ma’lumot olgan. Qurollanish poygasi vaqtida raqibni ortda qoldirishga qaror qilinadi.

     

    Maxfiy ishga endigina jalb etilgan Saxarovni Davlat xavfsizlik qo‘mitasi generali Vyacheslav Malishev o‘z kabinetiga chaqirib, unga partiyaga a’zo bo‘lish taklifini bildiradi. Olim partiyaning ayrim harakatlari, xususan, aybsizlarning hibsga olinishi to‘g‘ri ekanidan shubhalanishi bois taklifni rad etadi.

     

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    1950-yilda tadqiqotlar davomida Andrey Saxarov va Igor Tamm magnit termoizolyatsiya plazmasi prinsipidan foydalangan holda boshqariluvchi termoyadroviy reaksiyadan energetika maqsadida foydalanish taklifini bildiradi. Oradan uch yil o‘tgach, Igor Tammning taklifi bilan 32 yoshli Andrey Saxarov SSSR Fanlar akademiyasi akademikligiga saylanadi.

    Tarixchilarning qayd etilishicha, Andrey Saxarov tadqiqotlari bilan bir qatorda yadroviy qurollarni sinovdan o‘tkazish va qurollanish poygasi siyosatiga faol qarshilik ko‘rsatib kelgan.

    Andrey Saxarov boshqa olimlar bilan birga yadroviy va termoyadroviy qurol ustida 1968-yilga qadar ish olib boradi. Bu vaqtda unga inson huquqlari himoyachisi faoliyati bilan shug‘ullanish taklifi bildiriladi. 1970-yilda Saxarov SSSRda inson huquqlari propagandasi va ta’minoti muammosini o‘rganishga qaratilgan Inson huquqlari qo‘mitasining ta’sischilaridan biriga aylanadi. 1973-yilda Andrey Saxarov shvetsiyalik muxbir Ulle Stenxolmga intervyu bergan. Olim o‘z intervyusida sovet jamiyatining asosiy kamchiliklar, xususan, erkinlik yo‘qligi, boshqaruvdagi byurokratizm haqida gapirgan.

    Intervyudan bir oy o‘tib Yuriy Andropov va SSSR bosh prokurori Roman Rudenkoning “Akademik A.D. Saxarovni aksilsovet faoliyati to‘g‘risida”gi xati paydo bo‘lgan. Unda olim “Sovet Ittifoqiga dushmanlik kayfiyatini” yana bir bor namoyon etgani va “G‘arbni sovet davlati siyosatiga qarshi faol chiqishga” chaqirgani keltirilgan.

    1975-yilda olim “odamlar o‘rtasida tinchlikning asosiy tamoyillarini qo‘rqmasdan qo‘llab-quvvatlagani” va “hokimiyatni suiiste’mol qilish va inson qadr-qimmatini bostirishning har qanday ko‘rinishiga qarshi mardonavor kurashi” uchun tinchlik uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.

    Akademik o‘zining surgun qilinishidan oldin g‘arb gazetalarida sovet qo‘shinlarining Afg‘onistonga kiritilishi siyosatidan ochiq norozilik bildirgani keltirilgan maqolalar chop etgan. 1980-yil 22-yanvar kuni olib ishga ketayotganida qo‘lga olingan va rafiqasi Yelena Bonner bilan birga sudsiz Gorkiy shahriga surgun qilingan. U yerda Saxarov uch karra Sotsialistik mehnat qahramoni unvonidan mahrum etilgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Surgun vaqtida Saxarov bir necha bor ochlik e’lon qilgan va uni majburan gospitalga yotqizishgan. Shunday ochliklardan biri vaqtida olim rafiqasining yuragini operatsiya qildirish uchun xorijga olib chiqish imkoniyati uchun kurashgan. Shu bilan birga, Andrey Saxarovning faoliyatiga qarshi kampaniya davom etgan, uning ruhiy nosog‘lomligi to‘g‘risida yoza boshlashgan.

    1983-yilda akademiklar Aleksandr Proxorov, Georgiy Skryabin, Andrey Tixonov va Anatoliy Dorodnisin “Qachonki or-nomus va vijdon yo‘qolsa” nomli xati bilan Andrey Saxarovni tanqid qilib chiqadi.

    Oradan ikki yil o‘tgach, Saxarov Mixail Gorbachyovga maktub yo‘llab, rafiqasining davolanishi uchun xorijga chiqishiga ruxsat berishini so‘raydi. Shu bilan birga, akademik kelajakda siyosiy ishlarga aralashmaslikka va o‘zini ilmiy mehnatga bag‘ishlashga va’da beradi. 1986-yil 23-dekabr kuni akademik surgundan ozod etiladi.

    Sankt-Peterburgdagi “Qonli yakshanba”

    Bundan 118 yil oldin Rossiyada tarixchilar tomonidan birinchi rus inqilobi sifatida ta’riflanib kelinadigan fojiaviy voqealar sodir bo‘lgandi. 1905-yil 22-yanvar kuni Sankt-Peterburgda bir necha ming ishchi Qishki saroy tomon yurish qilgandi. Unga yaxshi notiq va olamonga ta’sir o‘tkaza oluvchi Poltava guberniyasidan bo‘lgan rohib Georgiy Gapon boshchilik qilgan.

    Foto: “Gazeta.ru”

    Foto: “Gazeta.ru”

    Gapon xuddi Grigoriy Rasputin kabi sirli shaxs hisoblangan. Sovet davriga tegishli tarixiy adabiyotlarda Gapon haqida turli afsonalar mavjud, u agent va podshoh armiyasida provakator bo‘lgani keltirilgan. SSSR tarqalib ketgach, ushbu ma’lumotlarga mustaqil tadqiqotchilar tomonidan aniqlik kiritilgan.

    Shunday qilib Gapon Rossiya imperiyasi poytaxtining ishchi muhitida obro‘li joyni egallab, 1904-yilda “Sankt-Peterburgdagi Rossiya zavod ishchilarining yig‘ini” qonuniy jamoat tashkilotiga boshchilik qilgan. U dastlab hokimiyatning iltifotiga sazovor bo‘lgan va faoliyatini politsiya bo‘limi homiyligida davom etgan.

    1905-yil yanvar oyi boshida Sankt-Peterburgdagi eng yirik korxona — Putilov zavodida bir nechta ishchilarning ishdan bo‘shatilishiga sabab bo‘lgan ish tashlash boshlandi. Ish tashlashga boshqa fabrika va tumanlarning ishchilari ham qo‘shilgan: oxir-oqibat ularning barchasi Nikolay II ning oldiga petitsiya bilan borishga qaror qiladi.

    Foto: “Gazeta.ru”

    Foto: “Gazeta.ru”

     

    Biroq petitsiyadan iqtisodiy bandlar bilan birga, qator siyosiy talablar ham o‘rin olgan. Ularning bir qismi davlat tuzilishining asoslariga ta’sir ko‘rsatgan va ochiq-oydin provakatsiya xarakteriga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, petitsiyani tuzganlar shoh olamon oldida barcha talablarni bajarishga qasam ichishini talab qilgan.

    “Hukmdorim! Biz oldingga haqiqat va himoya istab keldik… Boshqa kuchimiz qolmadi, shohim. Sabr-kosamiz to‘ldi”, — deyiladi petitsiyada.

    Harbiylar va politsiya rasmiylari o‘nlab tashkilotchilarni izolyatsiya qilish o‘rniga, Gaponning yurish bo‘lmaydi degan gaplariga ishongan. Bu vaqtda Nikolay II ning o‘zi Peterburgda emasdi, shu sababli Qishki saroyda uning qo‘liga petitsiyani topshirish ahmoqona fikr edi. Oxirgi daqiqalarda rasmiylar Gapon ikki tomonlama o‘yin olib borayotganini tushunib qolgan. Manifestatsiyadan bir kun oldin shaharga qo‘shin kiritish va markazni bloklashga qaror qilingan.

    Foto: “Gazeta.ru”

    Foto: “Gazeta.ru”

    Belgilangan kunda Qishki saroyga minglab odamlar bostirib kirgan. Ko‘pchilik o‘z oilalari bilan harakatlangan. Ularning aksariyati oddiy go‘l insonlar bo‘lib, Nikolay II ga sodiq edi. Ishchilar imperator vaziyatga odilona baho berib, “yovuz fabrikachilar”ni jazolaydi deb hisoblagan. Ammo harbiylar vaziyatga inobatga olib o‘tirmasdan, Peterburgning turli nuqtalarida olamonga qarshi o‘q uzadi. Natijada vahima yuzaga kelgan va qurbonlar paydo bo‘lgan. Namoyishchilar juda ko‘pchilikni tashkil etganidan, tashkilotchilar ularning harakatini tezda to‘xtata olmagan.

    Fojia Nikolay II da og‘ir xotiralarni qoldirgan. Voqealardan Sarskoe Selada xabar topgan shoh, qattiq xavotirga tushgan. “Og‘ir kun! Peterburgda ishchilarning Qishki saroy tomon borishi sabab jiddiy tartibsizlik ro‘y berdi. Qo‘shinlar shaharning turli nuqtalarida o‘t ochishi kerak edi, ko‘plab insonlar o‘ldirilgan va yaralangan. Ey Xudo, naqadar qiyin va og‘ir!”, — deb yozgandi shoh o‘z kundaligiga.

    24-yanvar kuni hukumat xabari e’lon qilingan. Unda Peterburgdagi voqealar davomida 96 kishi halok bo‘lgani va 333 kishi yaralangani keltirilgan. Keyinchalik yaralanganlarning 34 nafari ham vafot etgan. Qurbonlarning haqiqiy soni uzoq vaqt noaniqligicha qolib kelgan. Xorij muxbirlari 2-3 ming, ba’zilari hatto 20 ming kishi o‘ldirilgani haqida yozgan. Vladimir Lenin o‘z maqolalaridan birida halok bo‘lganlar sonini 4,6 ming kishi deya ko‘rsatgan. Gapon esa 300—600 kishi halok bo‘lgani va kamida 5 ming kishi yaralangani haqida yozgan.

    Foto: “Gazeta.ru”

    Foto: “Gazeta.ru”

    Harbiylar tomonidan o‘t ochish boshlangach, Gaponga fuqarolik kiyimini kiygizishib, Maksim Gorkiyning kvartirasiga olib borishgan. Gaponni ko‘rgan yozuvchi uni quchoqlab, yig‘lab yuborgan va “endi oxirigacha borish” kerakligini aytgan. Bu yerda rohib ishchilarga maktub yo‘llab, ularni qurolli qarshilik ko‘rsatishga chaqirgan va o‘zi xorijga qochib ketgan. Migratsiyada bo‘lgan davrida Gapon “Hayotim tarixi” nomli memuarlarini yozgan.

    Qirg‘indan keyin Peterburg politsiyasi boshlig‘i lavozimdan olingan va ichki ishlar vaziri Pyotr Svyatopolk-Mirskiy iste’foga chiqarilgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

     

    Mavzuga doir: “Qirol uchun gilyotina”: Lyudovik XVI ning qatl etilishi, tovushdan tez uchadigan “Konkord”lar va qimmatbaho “Salyera”ning o‘g‘irlanishi. Kun xronologiyasida 21-yanvar

     

    22.01.2023, 09:30   Izoh (0)   50386
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Eng ashaddiy mehnatsevarlar qaysi mamlakatlarda yashashi ma’lum bo‘ldi

    21.01.2023, 15:57

    Medvedev Ukrainadagi maxsus operatsiyani “yangi Vatan urushi” deb atadi

    21.01.2023, 15:29

    ISW: Kreml Moskvaga mudofaa tizimlarini o‘rnatish orqali rossiyaliklarga Ukrainadagi urush qanchalik xavfliligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan

    21.01.2023, 14:50

    Shoshilinch ravishda O‘zbekistonga qo‘ngan samolyotdan xavfli moddalar topilmadi

    21.01.2023, 13:19

    Britaniya bosh vaziri ijtimoiy tarmoqqa joylagan videosidan keyin jarimaga tortildi (video)

    21.01.2023, 12:33

    Moskvadan Goaga uchayotgan samolyot portlash xavfi tufayli O‘zbekistonga yo‘naltirildi

    21.01.2023, 11:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin 2-3 yil ichida NATO davlatlariga hujum qilishi prognoz qilindi

    Dunyo | 13 may, 08:34

    A Seriya. “Atalanta” “Roma”dan ustun keldi. Eldor Shomurodov 85 daqiqa harakat qildi (video)

    Sport | 13 may, 07:29

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.