• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Moskva Olimpiadasiga boykot e’lon qilgan AQSH, Livandagi nasroniylar qirg‘ini va Bokuga bostirib kirgan general Lebed qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 20-yanvar

    20-yanvar sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Moskva Olimpiadasiga boykot e’lon qilgan AQSH, Livandagi nasroniylar qirg‘ini hamda Bokuga bostirib kirgan general Lebed qo‘shinlariga oid faktlar o‘rin olgan.

    Bokuga bostirib kirgan general Lebed qo‘shinlari

    1990-yil 20-yanvar kuni, Bokuda armanlar qirg‘ini davom etayotganiga bir hafta to‘lganida Sovet armiyasi qo‘shinlari kirib boradi. Ozarbayjon Xalq frontini (OXF) tartibga chaqirish bo‘yicha operatsiya ommaviy qurbonlarni yuzaga keltirgan. Hodisa oqibatida noqonuniy harakatga aloqadorlar ham, harbiylar va tinch aholi ham halok bo‘lgan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Kavkazorti bo‘yicha taniqli mutaxassis, britaniyalik jurnalist Tomas de Vaal shu kunni “Moskva, tom ma’noda Ozarbayjonni qo‘ldan boy berdi”, deb yozgandi. Mazkur voqealar rivoji bo‘yicha bir necha xil qarash mavjud. Ayrim ekspertlarning hisoblashicha, sovet qo‘shinlarining Bokudagi asl maqsadi OXF bilan kurash va Ozarbayjon SSR Kommunistik partiyasini qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan, shu boisdan bu paytda qo‘shinlarni aholining xavfsizligi deyarli qiziqtirmagan. Ikkala tomondan ham qator shaxslar armiyani sekin kelganlikda ayblagan. Bokudagi bosqinchilik harakatlari va qotilliklar 13-yanvarda boshlangan va uzoq vaqt hech kim jinoyatchilarga qarshilik ko‘rsatmagan edi. Oxir-oqibat Ozarbayjondagi arman aholisi ommaviy hujumlarga uchray boshlagan.

    “Moskva, armanlar qirg‘inidan o‘z maqsadida foydalanib, hokimiyatga intilayotgan Xalq frontiga qarshi turish maqsadida Bokuga qo‘shin kiritdi. SSSR Qurolli Kuchlari Harbiy-desant diviziyasi qo‘mondoni general Aleksandr Lebed boshchiligidagi sovet qo‘shinlari Ozarbayjon poytaxtiga 20-yanvarda kirib borgan. Vazyatni SSSR mudofaa vaziri Dmitriy Yazov muvofiqlashtirib borgan. Bir necha kundan keyin u qo‘shinlar Bokuga “Xalq frontining hokimiyatni egallashiga qarshilik ko‘rsatish maqsadida” kiritilganini tan olgandi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Bir kun oldin soat 19:30 da televizion stansiyadagi quvvatlantirish manbai portlab ketgani bois shahar aholisi nimalar sodir bo‘layotganidan bexabar o‘tirgan. Bokuliklarning aksariyati favqulodda holat joriy etilgani to‘g‘risida ertasi kuni soat 05:30 da radio orqali amalga oshirilgan e’lon va vertolyotlarda tashlangan varaqalardan xabar topgan, ammo bu vaqtga kelib juda kech edi. Askarlar Bokuga uchta yo‘ldan kirib kelgan. Ular pana joylardan o‘qqa tutilgan, harbiylar bunga qarshi javob o‘qlarini uzishga majbur bo‘lgan.

    “Qora yanvar” voqealari sovet harbiylarining ko‘zlari bilan qanday kechgani to‘g‘risida general Aleksandr Lebed o‘z kitobida yozib qoldirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, uchish-qo‘nish yo‘lagiga yaqinlashgan samolyotlar yerdan o‘qqa tutilgan.

    “Barchasi har doimgidek kechardi: belgilangan vaqtda polklarning kolonnalari aerodromlarga marshlarni amalga oshirgan va tez orada texnikalar yuklangan. Bokuga birinchi bo‘lib Ryazan parashyut-desant polkining 137-gvardiyasi yo‘l oldi. Men Tula polkining birinchi samolyoti bilan havoga ko‘tarildim. Yanvar, qish, kun kech otib, erta botadi”, — deydi Lebed.

    Aerodromdan Ozarbayjon poytaxtiga qadar bo‘lgan yo‘lda askarlar ko‘plab barrikadalarni bosib o‘tishga majbur bo‘ladi. Bundan tashqari, namoyishchilar asfaltga benzin to‘kib, yonayotgan mash’alalarni otgan. Yo‘l chetidagi uzumzorlardan kolonna ora-sira o‘qqa tutilib turgan. Harbiylarga g‘ishtlar, armatura va truba bo‘laklari otilgan. Lebedning eslashicha, 30 kilometrli marsh davomida yetti nafar harbiy yaralangan, 30 ga yaqini tan jarohati olgan.

    “Serjantning yelkasiga o‘q kelib tegdi. Gospitalda uning 1,5 metr ichagi olib tashlandi, lekin u omon qoldi. Oddiy askarlardan birining kaskasiga o‘q tegdi. Bir oydan keyin u o‘ziga kelmasdan, gospitalda vafot etdi”, — deya eslagandi general.

    Vaalning aytganlariga ishoniladigan bo‘lsa, “tanklar barrikadalar ustidan bosib o‘tgan. Guvohlarning aytishicha, askarlar qochayotgan odamlarni o‘qqa tutgan, yaradorlarni o‘tib o‘ldirgan”.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    “Armanlar ham, ruslar, yahudiylar ham qo‘shinlarning kelishini kutardi. Ammo harbiylar dushman lageriga kelgandek kirib keldi: himoya qilib emas, jang qilib. Ular bosqinchilarni emas, balki mahalliy aholiga zarar yetkazdi. Ularga farqi yo‘q edi. Askarlar uylarning derazalariga qarata o‘q uzar, odamlarni o‘ldirardi. Mashhur voqealardan biri: shu kuni to‘yi bo‘layotgan juftlik deraza oldiga kelgan va ularning ikkisi ham o‘ldirilgan”, — deya eslaydi inson huquqlari himoyachisi Svetlana Gannushkina.

    Sovet qo‘shinlari kiritilganidan bir kuni o‘tib, Bokuda armiyaning harakatlarini qoralovchi varaqalar paydo bo‘la boshlagan: “Sovet imperiyasi yo‘qolsin!”, “Sovet armiyasi — fashistlar armiyasi”. 21-yanvar kuni kechasi Ozarbayjon SSR Oliy Kengashining favqulodda sessiyasi ochilgan va unda qo‘shinlarning kiritilishi noqonuniy deb topilgan, SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining shaharda favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonini to‘xtatib qo‘ygan, agar markaziy hokimiyat ushbu qarorni e’tiborsiz qoldirsa, Ozarbayjonning SSSR tarkibidan chiqishi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilishini ta’kidlagan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Bokuga sovet qo‘shinlarining kiritilishi oqibatida 133 kishi o‘ldirilgan, 611 kishi yaralangan, 841 kishi noqonuniy ravishda hibsga olingan va besh kishi bedarak yo‘qolgan.

    Livandagi nasroniylar shahrida qirg‘in

    1976-yil 20-yanvar kuni Livandagi asosan nasroniylar yashovchi Damur shahrida mahalliy musulmonlar, shuningdek, falastinlik arablar, Eron shialari tomonidan qirg‘in boshlangandi. SSSR fuqarolari sovet matbuotidan bu haqida xabar topa olmasdi, chunki hukumat Arofatni qo‘llab-quvvatlagan.

    Foto: Fishki.net

    Foto: Fishki.net

    Damur shahri Bayrutdan 20 kilometr janubda joylashgan bo‘lib, Sidon—Bayrut shossesining bir tarafini egallagan, narigi tarafida esa dengiz qirg‘og‘i. Shaharda 25 mingga yaqin nasroniy istiqomat qilgan, beshta cherkov, yettita maktab va bitta shifoxona bo‘lgan — ularning barchasi qo‘shni qishloqlardagi musulmonlarga ham xizmat ko‘rsatgan.

    1976-yil yanvarda shahar rohibi Labeki yangi ochilgan cherkovga tashrif buyurgan. Shunda o‘q ovozi yangrab, cherkov devoriga urilgan, pulemyotdan o‘qlar uzila boshlagan. Shahar 16 ming Falastin va Suriya arablari tomonidan qurshab olingandi.

    Labeki tumanning musulmon shayxiga qo‘ng‘iroq qilib, undan shaharga yordam berishni so‘ragan. “Men hech narsa qila olmayman. Bular — falastinlik arablar. Ularni to‘xtata olmayman”, — deya javob qaytargan u.

    Otishma kun bo‘yi davom etgan. Labeki yordam so‘rab, siyosiy yetakchilarga ham qo‘ng‘iroq qilishni boshlagan. Hamma o‘zining hamdardligini bildirib, lekin biror yordam ko‘rsata olmasligini bildirgan. Shundan keyin u okrug deputati Kamol Jamblatga qo‘ng‘iroq qilgan. “Men hech narsa qila olmayman, barchasi Arofatga bog‘liq”, — degan u va Arofatning telefon raqamini bergan. Labeki Arofat bilan suhbatda falastinliklar shaharni o‘qqa tutayotganini, diniy yetakchi sifatida u urushni xohlamasligini aytgan. Arofat esa hech qanday xavotirga o‘rin yo‘qligini, shahar vayron qilinsa-da, bu faqat strategik sabablarga ko‘ra amalga oshirilishini ta’kidlagan.

    Foto: Fishki.net

    Foto: Fishki.net

    Yarim tunda telefonlar, suv va elektr energiyasi ta’minoti uzilgan. Bosqin 01:00 da boshlangan. Cherkovga uyushtirilgan hujum oqibatida 50 kishi o‘ldirilgan, omon qolgan shahar aholisi keyingi cherkov tomon qochgan.

    Shahar himoyalanishga uringan. Ovchilik qurollari bilan qurollangan yoshlar shahar mudofaasiga shaylanib, qum solingan qoplar bilan atrofni o‘rashga tushgan. O‘qlarning muntazam yog‘dirilishi jiddiy shikastlarni keltirib chiqargan. Falastinliklar shaharni qamalga olib, unga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilishini bloklagan.

    23-yanvar kuni yakuniy hujum boshlangan. Nasroniylar oilalari bilan o‘z uylarida o‘ldirilgan. Ko‘plab ayollar otib tashlanishidan oldin zo‘rlangan. 16 yoshli Samaviya otasi va akasini qanday o‘ldirilgan, uylaridagi bor narsani o‘marib, so‘ng yoqib yuborishganiga guvoh bo‘lgan.

    Qochishga ulgurmagan va otishmada omon qolganlarni (asosan ayollar va bolalar) falastinliklar yuk mashinalariga ortib, Sabra lageriga olib ketgan. Ushbu lagerda 6 yil oldin Iordaniyadagi qo‘zg‘alonda omadsizlikka uchraganlarni qabul qilgan xalq uchun qamoqxona tashkil etilgandi.

    Foto: Fishki.net

    Foto: Fishki.net

    Shahar egallangach, Arofatning odamlari asirga tushgan 20 nafar militsiya xodimini qatl etgan, bir guruh erkaklar devor oldiga saflanib, pulemyotdan o‘qqa tutilgan.

    15 yil davomida Arofat va Falastin ozodlik tashkiloti Livan zo‘ravonlik, aqidaparastlik, talonchilik va qotillik domida qoldirgan. Mamlakatdagi 1,2 million nasroniydan 40 ming nafari o‘ldirilgan bo‘lsa, 100 mingi yaralangan, 5 ming nafari esa butun umrga nogiron bo‘lib qolgan. Ko‘plab nasroniylar AQSH va Yevropaga qochib ketib, omon qolgan.

    Moskva Olimpiadasiga boykot e’lon qilgan AQSH

    1980-yil 20-yanvar kuni AQSH prezidenti Jimmi Karter Moskvada o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlariga boykot e’lon qilgandi. Bu sovet qo‘shinlarining Afg‘onistonga kiritilishi bilan bog‘liq edi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    1979-yilning oxirlari Erondagi islom inqilobi, Muammar Kaddafi tomonidan “Yashil kitob”ning chop etilishi va sovet qo‘shinlarining Afg‘onistonga kiritilishi bilan yodda qolgan. Oxirgi voqea, ayniqsa, jahon hamjamiyati tomonidan yomon kutib olingan. 1980-yil yanvar boshida AQSH prezidenti Jimmi Karter Moskvadagi elchisini chaqirib olgan, BMT Bosh Assambleyasi sovetlarning Afg‘onistonga bosqinini 18 taga qarshi 104 ovoz bilan qoralagan. Shu bilan birga ushbu harakatlar alohida samara bermagan.

    Shunda Karter sanksiyalar joriy etishni boshlagan. AQSh tomonidan ko‘rilgan choralar yuqori texnologik va strategik materiallar sohasiga tegishli edi: ularni SSSRga sotish butunlay taqiqlangan. Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar sovet baliqchilarining o‘z suvlarida baliq tutish huquqini cheklab qo‘ygan va 17 million tonna bug‘doy yetkazib berishni bekor qilgan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Shundan keyin AQSH prezidenti haqiqiy ultimatumni qo‘yadi: avvaliga o‘tkazilajak Olimpiadani bekor qilish kerakligini va uni SSSRdan boshqa istalgan davlatga ko‘chirish lozimligini ta’kidlagan. Xalqaro olimpia qo‘mitasi Jimmi Karterning so‘zlarini inobatga olmaganidan keyin siyosatchi bir tomonlama tartibda harakat qilishga kirishgan.

    20-yanvar kuni Karter agarda sovet qo‘shinlari bir oy ichida Afg‘onistonni tark etmasa, amerikalik sportchilar Moskvadagi Olimpiadaga boykot e’lon qilishini ma’lum qilgan. AQSH Olimpia qo‘mitasi uning qarorini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagan.

    XOQning o‘sha vaqtdagi prezidenti Maykl Killanin SSSR tarafini olgan. Sovet atletlari esa Amerikaning Leyk-Plesid shahrida o‘tkazilgan XII qishki Olimpiada o‘yinlarida ham ishtirok etgandi. O‘yinlar yakunlanishiga ozgina qolganida, 1980-yil 20-fevral kuni ultimatum muddati yakunlangan. AQSH Olimpia qo‘mitasi amerikalik sportchilar SSSRga bormasligini rasman e’lon qilgan. Oradan to‘rt kun o‘tgach esa sovet sportchilari umumjamoa hisobida birinchilikni qo‘lga kiritib, sport siyosatdan kuchli ekanini isbotlab bergan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Amerikalik sportchilarda Moskvaga borish va Olimpiada o‘yinlarida g‘alaba qozonish imkoniyati bo‘lgan. Ammo Jimmi Karter va AQSH Olimpia qo‘mitasi bunga yo‘l qo‘ymagan. Olimpiada sabab SSSRda o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘ygan amerikalik tadbirkorlar ham boykotdan zarar ko‘rgan. Bundan tashqari, yangi shartlar bo‘yicha Moskva Olimpiadasini televizion translyatsiyasi amalga oshirilmagani sabab NBC kompaniyasi 85 million dollar yo‘qotgan.

    Moskvadagi Olimpiadaga qarshi ko‘plab sport faollari chiqish qilgan. Xususan, AQSH armiyasi tarkibida Vyetnam urushida qatnashgan Muhammad Ali turli davlatlarga safarlar uyushtirib, rasmiylarni SSSRda o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlariga boykot e’lon qilishga chaqirgan.

    Natijada Olimpiadaga 65 ta davlat vakillari, jumladan, Monako, Lixtenshteyn, Somali va Surinam boykot e’lon qilgan. Shu bilan birga, 1976-yili o‘tkazilgan yozgi Olimpiada o‘yinlaridan keyin birinchi marta bellashuvlarda Afrikaning 24 davlati qatnashgan. Inqilobni boshidan o‘tkazgan Eronni esa Olimpiadaga XOKning o‘zi ham taklif etmagan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Boykotlar ham javobsiz qolmagan: taqdir haziliga ko‘ra 1984-yilda o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlari Los-Anjelesda o‘tkazilishi kerak edi. Shu boisdan Moskvadagi Olimpiada o‘yinlarining yopilish marosimida AQSH bayrog‘i o‘rniga Los-Anjeles shahri bayrog‘i ko‘tarilgan. Bundan tashqari, SSSR va “sotsialistik lager”ning yana to‘qqiz davlati “Do‘stlik-84” o‘yinlariga boykot e’lon qilgan. Natijada XOK o‘z reglamentiga o‘zgartirish kiritib, Olimpiadaga boykot e’lon qilgan yoki bunga chaqirgan har qanday davlatni o‘yinlardan chetlatishga va’da bergan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: “Gazetachilarni jin ursin” — Eyzenxauerning birinchi televizion matbuot anjumani, Istanbulda otib ketilgan arman jurnalisti va Moskva markazida o‘ldirilgan advokat. Kun xronologiyasida 19-yanvar

    20.01.2023, 09:30   Izoh (0)   46052
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Shvetsiya tarixidagi eng jiddiy josuslik mojarosi”. Rossiyaga josuslik qilgan shvetsiyalik aka-ukalar qamaldi

    20.01.2023, 00:31

    “Yevropa urushga mutlaqo tayyor emas” — ukrainalik deputat

    19.01.2023, 23:38

    Qozog‘iston shaxmat federatsiyasi: Olmaotadagi jahon chempionatida hijobini yechgan eronlik qizni noma’lum shaxslar qidirdi

    19.01.2023, 22:53

    AQSHda dunyodagi eng katta pitssa pishirilmoqda (video)

    19.01.2023, 22:15

    “Daryo” kundaligida 19-yanvarda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    19.01.2023, 22:00

    Ramzan Qodirov armiyada soqolga qarshi bo‘lganlarni frontning oldingi chizig‘iga yuborishni taklif qildi

    19.01.2023, 21:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.