• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Gazetachilarni jin ursin” — Eyzenxauerning birinchi televizion matbuot anjumani, Istanbulda otib ketilgan arman jurnalisti va Moskva markazida o‘ldirilgan advokat. Kun xronologiyasida 19-yanvar

    19-yanvar sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan AQSH prezidenti Eyzenxauer tomonidan birinchi televizion matbuot anjumanining o‘tkazilishi, Istanbulda arman genotsidi mavzusini ko‘targan jurnalistning otib ketilishi hamda Moskva markazida o‘ldirilgan taniqli advokat va jurnalistga oid faktlar o‘rin olgan.

    “Gazetachilarni jin ursin”: AQSH prezidenti tomonidan o‘tkazilgan birinchi matbuot anjumani

    1955-yil 19-yanvar kuni AQSH prezidenti Duayt Eyzenxauer dunyoda birinchi bo‘lib televideniyeda matbuot anjumani o‘tkazib, davlat rahbarining matbuot bilan muloqotida o‘ziga xos to‘ntarishni amalga oshirgandi. Albatta, u to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatilmagan va tomoshabinlar biror tahrirlangan variantini tomosha qilgandi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Zalga kirib, aksariyati o‘ziga tanish bo‘lgan jurnalistlarga boshi bilan imlab qo‘ygan Oq uy rahbari savollarga javob berishga tayyorligini bildirgan. Birinchi savol ikkita Xitoy davlati bilan bog‘liq harbiy mojaroga barham berish masalasi haqida edi: XXR va o‘sha vaqtda AQSH tomonidan tan olingan Tayvandagi Xitoy Respublikasi. Prezident aniq javob qaytarmagan, ammo muzokaralar jarayoniga BMTni aralashtirish zarurligini qayd etgan.

    Keyingi savol quyidagicha yangragan: “Janob, Kapitoliy tepaligidagi kongressmenlarning aytishicha, ular budjet xarajatlari bilan tanishish uchun uning nusxalarini topishga muvaffaq bo‘lsa, pullar qayerga ketganini tushuna olishmayapti ekan. Xarajatlar nimaga sarflanayotgani borasidagi bu masala bo‘yicha ovoz beradigan insonlarga nima deya olasiz?”.

    Prezident Eyzenxauer savol yoqmaganini yashirib o‘tirmagan: “Kongress qo‘mitalari buning uchun tuzilgan deb o‘ylayman”, — degan u va keyingi savolga o‘tishni so‘ragan.

    Matbuot anjumani Eyzenxauer inauguratsiyasining ikkinchi yilida o‘tkazilgan, shu sababli jurnalistlar prezidentdan hokimiyat tepasiga kelganiga ikki yil bo‘lgan bo‘lsa, nimalarga erishgani va “kelgusi 6 yilga” tuzilgan rejalari bilan qiziqqan.

    “Mavzu juda katta ahamiyatga ega”, — degan Eyzenxauer vaziyatni yumshatish maqsadida.

    Umuman olganda, Amerika yetakchisining birinchi televizion matbuot anjumani muvaffaqiyatli o‘tgan va ushbu tajribani davom ettirishga qaror qilingan.

    “Plyonkani radio, televideniye va kinoxronikaga berganimizdan xursandman. Gazetachilarning noxolisligini jin ursin; biz prezident Eyzenxauer aytgan gaplarni xalq bevosita aniq eshitishi yo‘lidan boryapmiz”, — degandi Oq uy matbuot kotibi Jeyms Xagerti.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Matbuot anjumanining o‘zi 33 daqiqa davom etgan, ammo efirga uning 28 daqiqasi ketgan. Aynan shu vaqtda mashhur ibora paydo bo‘lgan: “Baribir kesib tashlashadi”. Shundan keyin AQSH prezidenti bir necha bor katta-katta matbuot anjumanlarini o‘tkazib, nafaqat Oq uy jurnalistlar pool’iga a’zolar, balki boshqalar ham savol berishiga imkoniyat yaratib bergan.

    Bugungi kunda davlat rahbarining jurnalistlar bilan bu kabi muloqoti hech kimni hayratga sola olmaydi, biroq istalgan odam — hatto yaxshi tayyorlangan siyosatchini ham kutilmagan murakkab ahvolga solib qo‘yishi mumkin.

    AQSH prezidentlari Richard Nikson va Ronald Reygan bunday holatni o‘zlarida his qilib ko‘rgan. Ular muxbirlarning savollarini oldindan bilmagan, biroq “noqulay” savollar imkon qadar kam bo‘lishi matbuot kotibining asosiy vazifasiga aylangan — u savol berish navbati qaysi jurnalistga kelganini aniqlab turgan. Ammo buni aql bilan qilish kerak edi, chunki matbuot kotibi vakolatlarini suiiste’mol qilish matbuot hujumiga uchrashga olib kelishi mumkin bo‘lgan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Shu bilan birga, Amerika rahbariyati boshqa davlatlarga borganida matbuot anjumanlari davomida o‘zlarining demokratik jamiyat vakili ekanliklarini ta’kidlashni xush ko‘rgan. Masalan, Afg‘onistonga kelgan AQSH prezidenti Jorj Bush Afg‘oniston prezident Ahmad Karzay bilan qo‘shma matbuot anjumanida “biz savollarga demokratik jamiyat an’analariga mos ravishda javob beramiz”, degandi.

    Oq uy saytida keltirilishicha, katta Jorj Bush o‘z prezidentligining dastlabki ikki yilida sakkiz marotaba shu kabi matbuot anjumanlarini o‘tkazgan bo‘lsa, o‘g‘li kichik Jorj Bush — 56 ta, Bill Klinton — 7 ta, Barak Obama esa 21 marotaba o‘tkazgan.

    Istanbulda arman genotsidi mavzusini ko‘targan jurnalistning otib ketilishi

    2007-yil 19-yanvar kuni Istanbulda kelib chiqishi arman bo‘lgan taniqli jurnalist, “Agos” muharriri Grant Dink otib ketilgan edi. Dinkning dafn marosimi turli davlat va xalqaro tashkilotlari vakillari ishtirok etgan ko‘p ming kishilik namoyishga aylanib ketgandi.

    Foto: Politikyol

    Foto: Politikyol
    53 yoshli Grant Dink Turkiyada o‘zining keskin materiallari, xususan, Usmonlilar imperiyasida armanlar genotsidi haqidagi maqolalari bilan mashhurlikka erishgan, shu tufayli bir necha bor mamlakat hukumati tomonidan quvilgan ham. Dink genotsidni siyosiy xarakterga ega deb hisoblagan va turk hukumati hamda jamiyatidan o‘z aybiga iqror bo‘lishni talab qilgan.

    Biroq jurnalistning sa’y-harakatlari armanlar qirg‘inining tan olinishi bilan tugab qolmagan. U o‘zini turk vatanparvari deb atagan va asosiy vazifasi arman hamda turk xalqlarini yarashtirish ekanini aytgan. Dink muntazam ravishda turk millatchilari tomonidan tahdidlarga uchragan, ammo unga hech qanday qo‘riqchilar taqdim etilmagan.

    Qotillikdan bir sutka o‘tib turk politsiyasi 17 yoshli millatchi Ogyun Samast va Trabzon viloyatida yashovchi o‘ndan ortiq fuqaroni qo‘lga olgan, ular orasida qotillikka undagan, o‘zining radikal qarashlari bilan tanilgan, o‘z vaqtida terakt uchun qamoqda o‘tirib chiqqan Yosin Hayal ham bor edi. Birinchi so‘roqdayoq Samast amalga oshirgan jinoyatini tan olgan va jurnalistni armanlar genotsidi muammosini ko‘targani uchun o‘ldirishga qaror qilganini yozgan.

    Foto: Politikyol

    Foto: Politikyol

    Yosin Hayalning otasi aytishicha, Dinkning o‘ldirilishida davlat amaldorlarining aloqasi bor. Dinkning o‘ldirilishiga bog‘liq ish tergovi davomida gubernator hamda Trabzon viloyati Xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i, shuningdek, Istanbuldagi yuqori martabali amaldorning o‘ldirilishi buning bilvosita tasdig‘iga aylangan.

    2010-yilning iyunida Dink oilasining advokati — Hakan Karadagi o‘zining kvartirasida osilgan holda topilgan. Bu Dinkning o‘ldirilishi bo‘yicha o‘tkazilgan oxirgi sud majlisida advokat gumonlanuvchi Ogyun Samastning aybini isbotlovchi dalillarni taqdim etganidan keyin sodir bo‘lgandi. Tergovning dastlabki versiyasiga ko‘ra, Karadagi o‘z joniga qasd qilgan.

    Turkiyada katta shov-shuvga sabab bo‘lgan ish jurnalist o‘ldirilganidan besh yil o‘tib yopilgan. Jinoyatni amalga oshirgan voyaga yetmagan Ogyun Samast 21 yil-u 10 oyga ozodlikdan mahrum etilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha 19 kishi sud qilingan, ularning ikki nafari — Erxan Tunjel va Yosin Hayal ish oxiriga qadar hibsda qolgan. Sud ularni umrbod qamoq jazosiga hukm etgan.

    Foto: Politikyol

    Foto: Politikyol

    Dinkning o‘limidan keyin uning nomi atrofida turli shov-shuvlar boshlangan. Vafotidan so‘ng u tarixiy adolatni tiklash, xalqlar o‘rtasida birdamlikni ta’minlash, so‘z erkinligi va inson huquqlarini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun Armaniston prezidenti mukofoti bilan taqdirlangan. Armanistondagi ko‘cha va maktabga uning nomi berilgan.

    Qotillik ro‘y bergan vaqtda Turkiya bosh vaziri lavozimida bo‘lgan Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Dinkning o‘ldirilishini millat birdamligi va barqarorligiga qarshi uyushtirilgan jinoyat deb atagan. Turk OAVlari Dinkning o‘ldirilishini qoralagan va jinoyatni “Turkiya uchun yo‘qotish” deya ta’riflagan.

    Foto: Politikyol

    Foto: Politikyol

    Dink o‘zining oxirgi intervyusida har kuni qo‘rquv bilan yashashini tan olgandi, biroq bu unga umrining oxiriga qadar kurashib, Turkiyani tark etishga majburlay olmagan. “Men kurashimni shu yerda davom ettirmoqchiman. Axir bu faqat mening kurashim emas. Bu Turkiyani demokratlashtirishga intilayotgan barchaning kurashidir. Ajdodlarim shu mamlakatda yashagan, tomirlarim shu yerda va men kindik qonim to‘kilgan yurtda o‘lish huquqiga egaman”, — degandi o‘shanda Dink.

    Moskva markazida advokat va jurnalistning o‘ldirilishi

    2009-yil 19-yanvar kuni Moskva markazida taniqli advokat Stanislav Markelov va jurnalist Anastasiya Baburova otib ketilgandi. Jinoyat odamlar ko‘p to‘planadigan vaqtda kunduzi sodir bo‘lgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Pistoletdan otilgan o‘q Prechistenka ko‘chasidagi 1-uy qarshisida jaranglagan. “Kropotkinskaya” metro stansiyasi yaqinida killer polkovnik Yuriy Budanov tomonidan o‘ldirilgan chechenistonlik Elza Kungayevaning oilasi manfaatlarini himoya qilgan 34 yoshli advokatni o‘ldirgan. Yuristning yonida “Novaya gazeta” jurnalisti Anastasiya Baburova ham ketayotgan bo‘lgan va u ham yaralangan.

    Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hujumni bir kishi uyushtirgan — qora kurtka va qora shim kiyib olgan erkak, boshida ko‘zlari qirqilgan to‘q yashil qalpoq bo‘lgan. Tergov ma’lumotlarida keltirilishicha, u advokatning ortidan yurib kelgan, keyin esa uni va Baburovani otib tashlagan. Shundan so‘ng u “Kropotkinskaya” metrosi tomon yashiringan. Qotilni issiq izidan ushlashning imkoni bo‘lmagan.

    “Novaya gazeta” bosh muharriri Sergey Sokolovning aytishicha, muxbir ikki holatdagina boshidan yaralanishi mumkin edi: jinoyatchi Markelovga o‘q uzganida uni to‘xtatishga uringanida yoki jinoyatchi bevosita uni nishonga olganida.

    “U Markelov bilan oldindan tanish edi”, — deya aniqlik kiritgan u.

    Yurist voqea joyida halok bo‘lgan. 25 yoshli Baburova, Moskva davlat universiteti jurnalistika fakultetining 5-bosqich talabasi, og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Shundan keyin u muhim guvoh sifatida qo‘riqlovga olingan. Baburova o‘ziga kelmasdan vafot etgan.

    Qotillik fakti bo‘yicha Rossiya Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va holat bosh prokuror Yuriy Chayka nazoratiga olingan. Jinoyat joyi “OMON” xodimlari tomonidan qurshab olingan va u yerda kun bo‘yi tezkor-tergov guruhi ish olib borgan. Bu vaqt davomida Stanislav Markelovning jasadi jinoyat joyida yotgan. Tezkor guruh xodimlari kun bo‘yi na qotillik sodir etilgan qurolni, na qotilning kiyimini topishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo ertasi kuni jinoyat joyida shisha gilzalar topilgani to‘g‘risida ma’lumotlar e’lon qilingan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Jinoyat ishining qanday ketayotganini Rossiya Jamoatchilik palatasi ham nazoratga olgan. Qotillikka Markelovning professional faoliyati sabab bo‘lgani to‘g‘risidagi versiya ilgari surilgan.

    “Tergov taxminicha, jinoyatni amalga oshirgan shaxs professional killer ham, Markelov tomonidan inson huquqlari bo‘yicha faoliyat masalalari borasidagi fikrlariga qo‘shilmagan yolg‘iz qotil ham bo‘lishi mumkin”, — deyilgandi Tergov qo‘mitasi xabarida.

    Shu kuni Markelov Mustaqil matbuot markazidan kelayotgan bo‘lgan, u yerda advokat Budanovning ishi bo‘yicha jurnalistlarga ma’lumot bergandi. Matbuot anjumani “Budanovning koloniyadan noqonuniy chiqishi”, deya nomlangan. Tadbirda Baburova ham ishtirok etgan — u “Novaya gazeta” muxbiri sifatida akkreditatsiyadan o‘tgandi. Nashr bosh muharriri o‘rinbosari Vitaliy Yaroshevskiyning aytishicha, u shtatdan tashqari xodim bo‘lgan va u yerga tahririyat topshirig‘i bilan borgan.

    Matbuot anjumanida Markelov, agar Rossiyada Yuriy Budanovning shartli ravishda ozod qilingani fakti bo‘yicha barcha da’volar e’tiborsiz qoldirilsa, Xalqaro sudga murojaat qilish imkoniyati haqida gapirgan. Shuningdek, yurist Rossiyaning Shimoliy Kavkaz bo‘yicha Tergov qo‘mitasi hududiy bo‘linmasini Budanovning Chechenistondagi harakatlarini tekshirishga jalb etish rejalari hamda og‘ir jinoyatlar aniqlangudek bo‘lsa, jinoyat ishi qo‘zg‘atish haqida ma’lum qilgan.

    Markelov Budanovning noqonuniy ravishda ozod etilishi qarorini bekor qilish niyatida edi. Buni amalga oshirish usullaridan biri — Budanovni boshqa jinoyat bo‘yicha javobgarlikka tortish. Inson huquqlari bo‘yicha himoyachi Lev Ponomaryovning aytishicha, Stanislav Markelovning o‘limidan oldin unga turli tahdidlar bilan anonim qo‘ng‘iroqlar bo‘lgan — u Budanov ishi haqidagi rejalarni ma’lum qilgandi. Ponomaryov qotillikning ikki versiyasini ko‘rib chiqqan. “Birinchisi — Budanov uchun qasos. Balki bu inson matbuot anjumanida bo‘lgan va eshitgan narsasi uni o‘q uzishga majbur qilgandir. Odamlar gavjum joyda o‘q uzish xuddi tayyorgarlik ko‘rilgandek taassurot uyg‘otadi”, — degan inson huquqlari himoyachisi.

    Ponomaryovning fikricha, ikkinchi versiya millatchilarning qasosi bilan bog‘liq: “Markelov natsistlarga qarshi chiqish qilgan Rossiyadagi eng mashhur advokat bo‘lgan”.

    Budanovning o‘zini 2011-yil iyunda Moskvadagi Komsomolskaya ko‘chasida otib ketishgandi.

    Elza Kungayevaning o‘ldirilishi — Markelovning professional faoliyatidagi yagona mashhur ish emas. Shuningdek, u “Nord-ost”ning egallanishida qurbon bo‘lganlarning qarindoshlari, “Kadet” laqabli “OMON” xodimidan jabrlangan chechenlar, antifashistlar hamda muhojirlar oilalari manfaatlarini himoya qilib kelgan.

    Advokat va jurnalistning qotili tezda topilmagan. O‘sha yilning 4-noyabr kuni ish bo‘yicha Nikita Tixonov va uning rafiqasi Yevgeniya Xasis hibsga olingan. Tixonovga ikki kishini o‘ldirish, noqonuniy qurol savdosi va soxta hujjatlardan foydalanish ayblovi qo‘yilgan. Xasis ham qotillik va noqonuniy qurol aylanmasida ayblangan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Birinchi so‘roqlar vaqtida Tixonov barcha ayblovlarni o‘ziga olgan va tergovchilarga Markelov hamda Baburovani kuzatib kelib, o‘ldirganini bildirgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Markelovning o‘ldirilishiga uning antifashistik harakatlardagi faol ishtiroki sabab bo‘lgan. Baburova esa advokatning o‘ldirilishiga guvoh bo‘lib qolgani uchun o‘ldirilgan.

    Biroz vaqtdan keyin Tixonov oldingi ko‘rsatmalarini rad etib, barcha aybni sevgan qiziga tahdid qilishgani uchun bo‘yniga olganini bildirgan. U ham ishda sherik sifatida ko‘rib chiqilgandi. Tixonov va Xasisga nisbatan jinoyat ishi Moskva shahar sudiga 2011-yil yanvarda topshirilgan. Sud hukmi bilan Tixonov umrbod qamoq jazosiga hukm etilgan, Xasis esa 18 yilga qamalgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Versal saroyida Germaniyaning imperiya deya e’lon qilinishi, yorib o‘tilgan Leningrad qamali va bir kunga ishlamay qolgan Wikipedia. Kun xronologiyasida 18-yanvar

    19.01.2023, 09:30   Izoh (0)   38814
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tolibon” vakillarining Twitter’dagi “ko‘k galochka”lari o‘chirib tashlandi

    19.01.2023, 07:52

    Ekvatorial Gvineya prezidentining o‘g‘li korrupsiyada ayblanib, hibsga olindi

    19.01.2023, 07:37

    Hindistonda XVI asrdagi tarixiy masjid yo‘lni kengaytirish uchun buzib tashlandi (video)

    19.01.2023, 07:21

    Isroil kuchlariga qarata o‘t ochgan falastinlik erkak otib o‘ldirildi

    19.01.2023, 07:06

    “Putin ma’muriyatida ko‘pchilik Rossiyaning urushda tezroq yutqazishini kutmoqda” — “Vagner” asoschisi

    18.01.2023, 23:10

    Moskvada 16 yoshli bola uyqusizlikdan vafot etdi

    18.01.2023, 22:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sirdaryoda erkak voyaga yetmagan bolaga zo‘ravonlik qildi (video)

    O‘zbekiston | 10 may, 19:45

    Har kimni “nokaut” qilib qo‘yadi: jang san’atini egallagan mashhur xonanda va aktrisalar

    Shou-biznes | 10 may, 18:50

    Toshkentda 9 yoshli qizning o‘limiga sababchi bo‘lgan BYD haydovchisiga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 10 may, 18:30

    Qashqadaryoda 115 yoshli otaxonning bir asrlik orzusi amalga oshdi (video)

    O‘zbekiston | 10 may, 18:09

    O‘zbekistonda “davlat ishi”dagilarga aprelning ikkinchi yarmi uchun qancha maosh to‘langani aytildi

    O‘zbekiston | 10 may, 18:05

    iPhone smartfonlari 10 yil ichida odamlarga keraksiz bo‘lib qolishi mumkin

    Texnologiyalar | 10 may, 17:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.