• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston shifokorlari ilk bor siam egizaklarini ajratib oldi

    O‘zbek tibbiyoti tarixida ilk bor shifokorlar tomonidan siam egizaklari o‘ta noyob operatsiya natijasida ajratib olindi, deb xabar bermoqda Sog‘liq saqlash vazirligi matbuot xizmati.

    Foto: SSV matbuot xizmati

    Foto: SSV matbuot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, chaqaloqlar 2022-yil 31-mayda dunyoga kelgan bo‘lib, ulardagi bu noodatiy holat homilaning 28 haftaligida aniqlangan va bo‘lajak ona O‘sh shahridan Bishkek shahriga yuborilgan. 29-haftada tug‘uruq jarayoni kesarcha usulida amalga oshirilgan. Dunyoga kelganida umumiy vazni 1 600 gramm bo‘lgan chaqaloqlarga Fotima va Zuhra deb ism qo‘yilgan.

    Chaqaloqlar tanasining qorin qismi, aniqrog‘i, jigari bilan birlashgan edi. Bitta ichki a’zolarga ega egizaklarni ajratish esa o‘ta murakkab va xavfli operatsiya edi. Ular yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, ya’ni opa-singillarning farzandlaridan dunyoga kelgan.

    Foto: SSV matbuot xizmati

    Foto: SSV matbuot xizmati

    Tug‘uruqdan 10 kun o‘tgach, ota-onaga bolalarning yashab qolish imkoni umuman yo‘qligi aytilib, uyiga ruxsat berilgan. Ammo farzandlarining yashab ketishidan umid uzmagan ota-ona oradan bir oy o‘tgach, o‘zbekistonlik yaqinlaridan Respublika perinatal markazi qoshidagi Neonatal xirurgiya o‘quv-davolash-metodik markazi haqida eshitgan va 2022-yil iyun oyida ushbu makazga murojaat qilgan.

    Markaz  rahbari egizaklarni har oy onlayn tarzda tibbiy nazorat qilib borgan. Oktabr oyida 5 oylik bo‘lib qolgan go‘daklar Toshkentga olib kelingan.

    Operatsiya 19-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan va amaliyot 3 soat davom etgan.

    “Bolalar bir-biri bilan jigar orqali birlashgani o‘z isbotini topdi. Bolalarni ajratganda jigardan va boshqa qon tomirlardan qon ketishining oldini olish maqsadida ultratovush va argon skalpeli, shuningdek, Bloodstop deb atalgan zamonaviy gemostatik materialdan foydalandik. Natijada minimal darajada qon ketishi bilan bolalar ajratib olindi, — deydi Respublika perinatal markazi qoshidagi neonatal xirurgiya markazi rahbari Baxtiyor Ergashev.

    Foto: SSV matbuot xizmati

    Foto: SSV matbuot xizmati

    Chaqaloqlar o‘t pufaklari alohida-alohida shakllangan bo‘lgan. Bu esa ikki tana ajratilganida, bu a’zolar o‘z vazifasini bekam-u ko‘st bajarishini ta’minlagan va egizaklar muvaffaqiyatli ajratib olingan. Operatsiyaning keyingi bosqichida tibbiy jamoa ikki guruhga bo‘linib, ish olib borgan.

    Vazirlik xabarida qayd etilishicha, shu paytgacha O‘zbekistonda bu turdagi amaliyot faqat bir marta Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida amalga oshirilgan. Unda ham operatsiya chet eldan chaqirilgan mutaxassis boshchiligida va bevosita ishtirokida kechgan. Neonatal xirurgiya o‘quv-davolash-metodik markazida o‘tkazilgan ushbu o‘ta murakkab amaliyot esa to‘liq o‘zbek shifokorlari tomonidan amalga oshirildi.

    Mutaxassislar bolalarning ahvolini stabil deb baholamoqda. Yaqin kunlarda chaqaloqlarni yashash joyiga chiqarishga umid qilinmoqda.

    Operatsiyada ishtirok etgan mutaxassislar Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tomonidan “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

    19.01.2023, 16:41   Izoh (0)   22326
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun pastladi

    19.01.2023, 16:10

    Toshkent Kichik halqa yo‘lida harakat tezligi 60 kilometrgacha cheklandi

    19.01.2023, 15:12

    Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi ko‘prik qisman yopiladi

    19.01.2023, 14:02

    O‘zbekistondagi gaz zapravkalari qachon odatiy ish tartibiga qaytishi ma’lum qilindi

    19.01.2023, 13:34

    O‘zbekiston MTRK raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    19.01.2023, 13:14

    O‘zbekistonda 20-yanvar kuni harorat nisbatan pasayadi

    19.01.2023, 11:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.