Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Afg‘oniston hokimiyati tepasidagi “Tolibon” harakati aholiga TikTok ijtimoiy tarmog‘iga, shuningdek, PlayerUnknown’s Battlegrounds (PUBG) kompyuter o‘yiniga kirishni taqiqladi. Bu haqda 21-aprel kuni harakatning rasmiy vakili Inomulla Samangoniy o‘zining Twitter’dagi sahifasida

فیصله کابینه:

وزارت مخابرات و تکنالوژی معلوماتی موظف است تا گیم پب‌جی (PUBG) و اپلیکیشن بنام تیک‌تاک را که سبب گمراهی نسل جوان می‌گردد، مسدود نماید.
به همین ترتیب از نشرات آنعده چینل‌های که مواد و برنامه‌های غیر اخلاقی را نشر می‌نماید، حتی الامکان جلوگیری نماید.

— Inamullah Samangani (@HabibiSamangani) April 21, 2022

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

“Aloqa va axborot texnologiyalari vazirligidan yosh avlodni chalg‘ituvchi PUBG va TikTok nomli dasturlarni bloklash talab etiladi”, — dedi Samangoniy o‘z postida.

Bundan tashqari, AAT vazirligiga axloqsiz mazmundagi kanal va ko‘rsatuvlar faoliyatiga chek qo‘yish topshirilgan.

TikTok — asosiy auditoriyasi yoshlar bo‘lgan platforma: foydalanuvchilarning o‘rtacha yoshi 20-24 yoshni tashkil qiladi. Ushbu ijtimoiy tarmoq Xitoyda ishlab chiqarilgan va u yerda eng ko‘p ommalashgan. Shuningdek, undan foydalanuvchilar soni bo‘yicha yetakchi davlatlar qatorida Afg‘onistonning qo‘shnisi Pokiston ham bor — u yerda 19 milliondan ortiq faol foydalanuvchi ro‘yxatga olingan.

34 millionga yaqin aholi yashaydigan Afg‘onistonda esa TikTok’da 300 mingga yaqin faol foydalanuvchi ro‘yxatga olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, afg‘onistonlik TikTok foydalanuvchilari orasida ko‘plab “Tolibon” a’zolari ham bor. Ular turli xarakterdagi videolarni yuklaydi — harbiy harakatlarni tasvirga olishdan tortib kundalik eskizlargacha.

PUBG jangovar o‘yini ham yoshlar orasida keng ommalashgan.

Avvalroq “Tolibon” butun Afg‘oniston hududida ko‘knori yetishtirish va giyohvand moddalar ishlab chiqarishni taqiqlagandi. Bunga rioya etmagan shaxslar shariat qonunlari bo‘yicha sud qilinadi, aniqlangan hosil esa zudlik bilan yo‘q qilinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Fransiyaning bir nechta shaharlari JCH—2022 ga boykot e’lon qildi
Dunyo
Lukashenko: “Biz Ukrainadagi maxsus operatsiyada qatnashyapmiz, lekin hech kimni o‘ldirmayapmiz”
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi