• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Ketma-ket yaqin insonlaridan judo bo‘lgan va kam uchraydigan kasallikka chalingan xonanda — Selin Dionning yanada kuchli bo‘lishiga yordam bergan taqdir sinovlari haqida

    Selin Dion butun dunyoga hayotimizda yuzaga keladigan muammolar bizni kuchliroq qilishini isbotladi. 3 farzandning beva qolgan onasi yillar davomida ko‘p narsalarni boshdan kechirdi. Ammo bugungi kunda muvaffaqiyatli ayol o‘z baxti uchun kurashishga tayyor.

    U kambag‘al, ammo baxtli oilada tug‘iladi

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Zamonamizning eng boy mashhurlaridan biri kambag‘al oilada tug‘ilgan. Xonandaning aka-uka va opa-singillari ko‘p bo‘lgan. “Mening alohida yotog‘im bo‘lmagan, — deb eslaydi Dion. — Bitta karavotda uch-to‘rtta bo‘lib uxlardik”.

    Ammo qashshoqlikka qaramay, Dionning bolaligi yaxshi o‘tadi. Bu haqda u shunday deydi: “Ota-onam bizni sevar va doim qo‘llab-quvvatlardi. Bundan boshqa yana nima kerak?”

    U o‘z muhitida emas edi

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Maktabda Dion o‘zini begonadek his qilardi. U uydan chiqishni istamaganini va tishlaridan xijolat bo‘lganini tan oladi. Yulduzning aytishicha, u na yaxshi baholari bilan, na jozibali ko‘rinishi bilan maqtanolardi. Shu sababli Dion uchun tengdoshlari jamiyatiga moslashish oson bo‘lmaydi va u uyda qolishni afzal ko‘radi.

    Xonanda ustozi va yagona sevgisidan ayriladi

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    2016-yilda yulduz 21 yil birga yashagan sevimli turmush o‘rtog‘i Rene Anjelilni yo‘qotadi. U nafaqat xonanda hayotining mazmuni, balki uning ustozi va menejeri ham edi. 1999-yilda er-xotin birinchi marta Anjelilga saraton tashxisi qo‘yilganini bilishganida, Dion eriga yaqin bo‘lish uchun karyerasidan tanaffus qilishga qaror qiladi.

    O‘limidan 6 yil o‘tib Dion marhum erini hamon sevishini tan oladi: “Menda hammasi yaxshi desam, yolg‘on gapirgan bo‘lardim. Har kuni sen haqingda o‘ylayman, chunki ovozimning aks-sadosida so‘zlaringni eshitaman, go‘yo sen yonimdasan”.

    Dion ko‘plab oila a’zolarini yo‘qotadi

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Xonanda ko‘plab oila a’zolarining o‘limiga chidashga majbur bo‘ladi. 2003-yilda Dionning mehribon otasi vafot etadi.

    “Dada, men dunyodagi eng baxtli qizman, chunki sizdek ajoyib otam bor edi. Siz har doim mening birinchi muxlisim bo‘lib qolasiz. Men sizni yaxshi ko‘raman!”

    2016-yilda, turmush o‘rtog‘ini yo‘qotganidan 2 kun o‘tgach, Dion oilasida yana bir fojiali yo‘qotish – akasi Deniel olamdan o‘tadi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Bundan tashqari, 2020-yilda xonandaning 92 yoshli onasi vafot etadi. Ular juda yaqin edilar, Dion doim undan o‘rnak olardi. Bu haqda u shunday deb yozgan: “Oyi, agar sizning yarmingizchalik kuchli bo‘la olsam, bu mening eng katta yutug‘im bo‘lardi”.

    Ona bo‘lish oson emasdi

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Dion EKU orqali homilador bo‘lgan 3 o‘g‘ilning onasi. Xonanda va uning turmush o‘rtog‘i bepushtlikni davolaydigan klinikaga borishdan oldin 6 yil davomida farzand ko‘rishga harakat qilishgan. O‘shanda Dion 33 yoshda edi.

    10 yildan so‘ng qo‘shiqchi yana ona bo‘lishni xohlaydi — bu safar uch nafar egizakka. Ammo homiladorlik paytida ulardan birini yo‘qotadi: “U akalarining o‘sishiga imkon berdi”, — deydi xonanda.

    Xonandaning ovozi vaqtinchalik yo‘qolgan

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    2012-yilda Dion har qanday qo‘shiqchining eng dahshatli fojiasiga duch keladi: u ovozini yo‘qotadi. Yulduz tovush paychalarini yallig‘laydigan virus bilan kasallanganidan keyin Vegasdagi konsertlarini bekor qilishga majbur bo‘ladi. U buni shunday deb tushuntiradi: “O‘tgan hafta qo‘shiq aytishga harakat qildim, lekin ovozimni mutlaqo boshqara olmadim”.

    Ammo Dion ovozini yo‘qotish dunyoning oxiri emasligini tan oladi. U shunday deydi: “Mening baxtim ovozimga yoki muvaffaqiyat va qo‘shiq aytishimga bog‘liq emas. Men qilayotgan ishimni yaxshi ko‘raman. Lekin faqat shu uchun yashamayman”.

    Dion uchun diqqat markazda bo‘lish oson emas

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Xonanda doimo omma e’tiborida bo‘lib, uning tashqi ko‘rinishi doimiy muhokama mavzusiga aylangan. Bir necha yil oldin, yulduz o‘z vazniga g‘amxo‘rlik qilish kerakligini his qiladi.

    “Odamlar u juda ozib ketgan, deyishadi, lekin men kasal emasman, shunchaki qattiq mehnat qilaman. Men harakat qilishni yaxshi ko‘raman. Shuning uchun xavotirga o‘rin yo‘q, men yaxshiman”.

    50 yoshga to‘lganidan keyin esa yulduz o‘zining asl qiyofasini “kashf etish” va hayotda muvaffaqiyat qozonish uchun o‘z tajribasi va barcha qiyinchiliklarini yoqilg‘i sifatida ishlatganga o‘xshaydi. “50 yoshimda hayotim yangidan boshlandi — o‘zimni go‘zal va baxtli his qilyapman”. Yulduz boshqa odamlar uning fikriga ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ymasligini tan oladi. “Men hayotimda o‘zim qaror qabul qila oladigan davrga keldim”.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    2019-yilda xonanda g‘urur bilan shunday degandi: “Boshlash uchun hech qachon kech emas. 51 yoshimda o‘zimni karyeramning cho‘qqisiga chiqqandek his qilyapman!"

    Mavzuga doir: 

    • Uy bekasidan modelgacha: Tasodif tufayli 50 yoshdan keyin hayoti o‘zgarib ketgan Kerolayn Labusher hikoyasi
    • “Hammasi qahvaxonadan boshlangan”: Kemeron Dias va Dryu Berrimorning vaqt sinovidan o‘tgan do‘stligi (foto)
    • Iqtisoddan tortib adabiyotgacha: Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan mashhur ayollar

    17.01.2023, 15:46   Izoh (0)   19095
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Oltin globus—2023” taqdimot marosimidagi yulduzlarning eng yorqin obrazlari (foto)

    16.01.2023, 20:45

    Merilin Monro, Jonni Depp va boshqa Gollivud yulduzlarining sevimli obrazlari

    16.01.2023, 17:50

    “Kechagi tajribalar bugungi muammoni hal qila olmayapti”. Ozodbek Nazarbekov hayotdagi rahbarlikdan tashqari vazifalari va o‘ziga beradigan savoli haqida (video)

    16.01.2023, 15:46

    Hind tilidagi qo‘shiq tarixda ilk marta “Oltin globus”ni qo‘lga kiritdi. Naatu Naatu nima haqda va qanday qilib ommalashdi?

    16.01.2023, 13:13

    Instagram: Muhammadiso Abdulxairovning gaz va “svet”chilarga murojaati, sharoitsiz uyini tashlab mehmonxonada yashayotgan Nilufar Usmonova, qorong‘ida o‘tayotgan t...

    15.01.2023, 23:10

    Emresiz kelgan Yulduz Rajabova, obrazdan chiqib keta olmayotgan Javohir Zokirov. “Mendirman Jaloliddin” serialining yangi mavsumi premyerasidan reportaj (foto, vid...

    15.01.2023, 22:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.