Apple 2025-yilda sensor ekranli MacBook’ni ishlab chiqarishi mumkin. Bu haqda kompaniyadagi manbalarga tayanib, Bloomberg xabar berdi.
Mac’da iPhone va iPad dasturlarini ishga tushirish imkoniyati uzoq vaqtdan beri muhokama qilinmoqda. Sensorli ekran gadjetlarning o‘zaro integratsiyalashuvini tezlashtirishi mumkin. Hozir muhandislar Apple noutbuklariga sensorli interfeysni o‘rnatish ustida tajriba o‘tkazmoqda.
Apple 10 yildan ortiq vaqt davomida noutbuklarda sensorli ekranlar yaxshi ishlamasligi, sensorli interfeys kerak bo‘lsa, iPad eng yaxshi variant ekanini ta’kidlab kelgan. Bundan tashqari, kompaniya sensor ekranli Mac kompyuterlari iPad sotuvini qisqartirishidan xavotirda.
“Sensorli yuzalar vertikal bo‘lishini istashmaydi. Uzoq vaqt davomida foydalanishdan so‘ng qo'lingiz og‘rishi mumkin”, — deb tushuntirgan Stiv Jobs.
Apple kompaniyasining birinchi sensor ekranli noutbuklari 2025-yilda MacBook Pro yangilanishi doirasida sotuvga chiqarilishi mumkin. Biroq, yakuniy qaror hali qabul qilinmagan va bu o‘zgarishi mumkin. Shuningdek, kompaniya displeylarini suyuq kristall LCD displeylar o‘rniga OLED texnologiyasiga o‘tkazishni rejalashtirayotgani ham aytilmoqda.
Apple: so‘nggi yangiliklar
Bloomberg tahlilchisi va muharriri Mark Gurmanning so‘zlariga ko‘ra, Apple’ning yangi taqdimoti mart oyida bo‘lib o‘tadi. Unda yangi MacBook Pro 14 va 16 dyuymli dizaynlarda va ehtimol 15,5 dyuymli MacBook Air namoyish etiladi.
Izoh (0)