• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tinch okeani ustidan yolg‘iz uchib o‘tgan amerikalik ayol, prezident Nikson impichmentiga sabab bo‘lgan “Uotergeyt ishi” va Rossiyada poyezdni to‘xtatishni istamagan mashinist. Kun xronologiyasida 11-yanvar

    11-yanvar sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Tinch okeani ustidan yolg‘iz uchib o‘tgan amerikalik ayol, AQSH prezidenti Niksonning impichmentiga sabab bo‘lgan “Uotergeyt” ishi hamda Rossiyada 5 ming tonnalik poyezdni to‘xtatmay haydagan mashinistga oid faktlar o‘rin olgan.

    Tinch okeani ustidan uchib o‘tgan amerikalik ayol

    1935-yil 11-yanvar kuni amerikalik ayol uchuvchi Ameliya Erxart Tinch okeani uzra o‘zining yolg‘iz parvozini amalga oshirgan edi. Oradan ikki yil o‘tgach, sherigi bilan xuddi shu yo‘nalishda uchgan ayol bedarak yo‘qolgandi.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    1937-yil 1-iyun kuni Ameliya Erxart va uning shturmani Fred Nunan “Lokxid Elektra” ikki motorli samolyotida yer sharini aylanib chiqish maqsadida Mayamidan uchib ketgandi. Bu Erxartni Atlantikani samolyotda kesib o‘tgan birinchi ayolga aylantirib, so‘nggi rekordi bo‘lishi kerak edi. 2-iyul kuni Erxart va Nunan Tinch okeanida bedarak yo‘qolgan: eng keng tarqalgan versiyaga ko‘ra, ob-havo ularga yonilg‘i quyish mo‘ljallangan mitti orolchani topishga to‘sqinlik qilgan. Boshqa bir versiyaga ko‘ra uchuvchilar halokatga uchramagan, balki yaponlar tomonidan asirga olingan. Oradan 80 yil o‘tgach, buni bilvosita tasdiqlovchi surat ham topilgan.

    Ameliya Erxart 1897-yilda kanzasslik advokat va mahalliy sudyaning qizi oilasida dunyoga kelgan; u juda faol qiz sifatida ulg‘aygan— daraxtlarga tirmashib chiqib ketgan, hatto otasi sovg‘a qilgan qurol bilan kalamushlarni ovlagan. Uning biograflari so‘zlariga ko‘ra, qizning qiziqishlari tengdoshlarinikidan farq qilgan: masalan, yetti yoshida u amakisi bilan omborxonada tramplin uchish yo‘lagi qurgan. Yog‘och quti bilan unda uchish qizning ko‘ylagi yirtilishi va labi yorilishiga olib kelgan; Ameliya bundan juda hayratga tushgan.

    1920-yilda Erxart birinchi bor havoga ko‘tariladi — Kaliforniya aviasalonida 10 dollar evaziga uni mashhur uchuvchi Frenk Xouks samolyotda aylantiradi. Parvoz 10 daqiqa davom etgan, ammo qiz bundan shu qadar zavqlanganki oradan bir oy o‘tgach, 1921-yilning yanvarida uchuvchi bo‘lish maqsadida o‘qishga topshirgan. Bir yildan keyin qiz 4,3 ming metr balandlikka ko‘tarilib, o‘zining birinchi rekordini o‘rnatgan; bunday balandlikka oldinlari biror ayol uchuvchi ko‘tarilmagan edi.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Bu vaqtga kelib Erxart o‘zining mitta shaxsiy samolyotida uchishni boshlagan: u eskiroq yorqin sariq biplan sotib olgan va uni “kanareyka” deb nomlagan edi. 1923-yilda qiz parvozlar uchun litsenziya olib, dunyodagi diplomga ega 16 uchuvchidan biriga aylangan. Bu vaqtga kelib, Erxartning ota-onasi ajrashib ketgan, shu sababli oilada pul bo‘lmagan, qiz samolyotlarga xizmat ko‘rsatish kabi turli yumushlarni bajarib, o‘qish va uchish uchun pul to‘plagan.

    Ameliya Erxart o‘zining birinchi transatlantik parvozini deyarli tasodifiy ravishda amalga oshirgan. Uning o‘rnida filantrop Emi Gest bo‘lishi kerak edi — qiz samolyot sotib olib, yashirin ravishda jamoasi bilan AQSHdan Buyuk Britaniyaga uchishni rejalashtirgan. Qizning qarindoshlari bundan xabar topgach, Gest o‘z o‘rniga zudlik bilan boshqa odam topishga majbur bo‘ladi: “tajribali uchuvchi va yoqimli ko‘rinishga ega”. Unga Erxartni tavsiya qilishadi. Erxartning 500 soat parvozi borligi sabab u jamoa komandiri etib tayinlanadi, biroq parvoz vaqtida unga boshqaruvni berishmagan. “Meni xuddi bir qop kartoshkadek olib ketishdi”, — deya eslagandi u keyinchalik. Shunga qaramay, Erxart o‘z yurtida mashhurlikka erishadi, Oq uyga taklif qilinadi.

    1932-yil mayda Ameliya Erxart yana transatlantik yo‘nalishda parvozga otlanadi — bu safar yolg‘iz o‘zi. Unga qadar Atlantika okeanini yakka tartibda faqat amerikalik Charlz Lindberg uchib o‘tgandi: 1927-yilda u Nyu-Yorkdan Parijga uchib borgan. Erxart bo‘ronga duch kelib qoladi, fyuzelyajning muzlashi oqibatida shtopor uzilib ketadi. Samolyotga jiddiy shikast yetadi va u Fransiyaga qadar bora olmaydi — Shimoliy Irlandiyadagi dala maydoniga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan. Mazkur parvozi uchun unga AQSHda “Parvoz xizmatlari xochi”ni berishadi, oldinlari uni faqat erkak harbiy xizmatchilar qo‘lga kiritgan, Fransiyada esa u Faxriy legion ordeni bilan taqdirlanadi.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    1937-yil 1-iyun kuni Erxart va uning shturmani Fred Nunan dunyo bo‘ylab sayohatni amalga oshirish uchun “Lokxid elektra” samolyotida Mayamidan havoga ko‘tariladi va oy oxiriga borib Papua — Yangi Gvineyaga yetib borgan. Asosiy yo‘l ortda qolgan edi, ular Tinch okeani uzra 11 ming kilometrni bosib o‘tsa kifoya bo‘lgan. Rejaga ko‘ra, ular Xaulend orolida yonilg‘i quyish uchun to‘xtatishi kerak edi: Erxartning samoloyti uchun maxsus ushbu orolda eni 800 metr, uzunligi 2,5 kilometr keladigan uchish yo‘lagi qurilgan. Orol yaqinida ikkita sohil kemasi navbatchilik qilgan, yana ikki kema esa o‘ziga xos mayoq vazifasini bajargan. Ammo ob-havo sharoiti uchuvchi va shturmanga xalaqit bergan ko‘rinadi; radioaloqa ham uzilishlar bilan ishlagan.

    Samolyot orolga qadar yetib kelmagan. Erxart, Nunan va ularning “Elektra”si ikki yarim hafta davomida qidirilgan; bu keng ko‘lamli va qimmat operatsiya edi, unda Amerika aviatashuvchilari va havo floti ishtirok etgan. Ko‘plab kimsasiz orollar va ehtimoliy halokat joylari qidirilgan, biroq bu hech qanday natija bermagan.

    Niksonning impichmentiga sabab bo‘lgan “Uotergeyt” ishi

    Bundan 50 yil oldin AQSHni o‘zgartirib yuborgan siyosiy mojaro boshlangan edi. O‘sha kecha politsiyachilar oddiy o‘g‘rilarni uylayapmiz deb o‘ylagan, aslida ular prezident Niksonning impichmenti jarayonini ishga tushirib yuborgandi.

    Foto: The Washington Post

    Foto: The Washington Post

    Matbuot bugungi kunga qadar AQSH tarixidagi birorta alohida institut amalga oshira olmagan ishni bajargan edi — salkam 2 yil oldin saylangan prezidentni lavozimidan mahrum etgan. O‘shanda Vashington demokratlar shtab-kvartirasiga ovoz yozib olish moslamalari o‘rnatilganidan larzaga kelgan va Nikson iste’foga ketishga majbur bo‘lgandi. “Uotergeyt” so‘zi esa janjal ma’nosida siyosiy lug‘atga abadiy kirdi.

    “Qo‘limda povestka bilan Senatdan chiqaman. Menga politsiya hamrohlik qiladi. O‘sha nima bo‘layotganini tushunmasdim, ammo bir haftadan keyin anglab yetdim: men prezidentga povestkani topshirgan tarixdagi birinchi inson edim. Uni mana shu konvertda olib borib berganman. Uni saqlab qo‘yganman”, — deydi tergovni olib borgan Senat qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Rufus Edmisten.

    “Uotergeyt” — AQSH poytaxtidagi binolar majmuasi. U yerda mehmonxonalar, kvartiralar, do‘konlar va ofislar joylashgan. 50 yil oldin AQSH Demokratlar partiyasi milliy qo‘mitasining vakolatxonasi ham joylashgandi. 1972-yil 17-iyun kuni soat 01:00 larda bino qo‘riqchisi eshiklardan biri ochiqligini payqab qoladi va politsiyaga murojaat qiladi.

    Foto: The Washington Post

    Foto: The Washington Post

    Chaqiruv “Uotergeyt”ga eng yaqin patrul xodimiga berilgan. Serjantlar Liiper va Barrett har bir xonani ko‘zdan kechirib, koridor bo‘ylab harakatlangan.

    “Kimdingdir oynaga urilgan qo‘li meni qo‘rqitib yubordi. Jon talvasasida qo‘lini ko‘tarib bu yoqqa chiqishini, bo‘lmasam, boshidan darcha ochishimni aytdim. Shundan keyin 10 ta qo‘l ko‘tarildi va chiqib kela boshladi. Besh nafar shaxsning barchasini qo‘lga oldik”, — deydi Jon Barrett.

    O‘g‘rilar beshligi g‘alati ko‘rinishda bo‘lgan: kostyumlarda, ovoz eshitishga mo‘ljallangan uskunlar, fotoplyonka, yuzlab banknotalar bilan. Ammo hozircha bu hech narsani anglatmas edi. Shu boisdan birinchi sud majlisida The Washington Post gazetasi yosh muxbir Bob Vudvordni yuborgan.

    Muxbir jurnalist sherigi Karl Bernshtayn bilan masalani chuqurroq kavlashni boshlaydi. Ovoz yozib oladigan josuslarni demokratlar ofisiga kim yuborgani masalasi aniq edi — respublikachilar. 1972-yil yozi prezidentlik poygasining ayni avj pallasi edi. Nikson 4 oydan keyin qayta saylanishi kerak bo‘lgan.

    Foto: The Washington Post

    Foto: The Washington Post

    Faqat The Washington Post o‘z maqolalarida Oq uyning “Uotergeyt”ga aloqasi borligiga shama qilgan. Qolgan matbuot jim edi — biror dalil yo‘q. Shunga qaramay, Vudvord va Bernshtayn taslim bo‘lishni istamagan.

    “25 ming dollarlik chek Niksonning saylovoldi kampaniyasini ‘Uotergeyt’ga bostirib kirganlar bilan aloqasini ko‘rsatib qo‘ydi”, — degandi Nikson kutubxonasi sobiq direktori Timoti Naftali.

    Edmistonning eslashicha, mazkur voqea Amerika uchun juda ayanchli edi. Deyarli barcha “Uotergeyt” bo‘yicha sudni kuzatgan. Ko‘chada ketayotgan odamlar ham oynalar ortidagi televizorlarga tikilib qolgan. Sud zali esa doim odamlarga to‘la bo‘lgan.

    Kongressga odamlardan haftasiga 10 minglab maktublar oqib kela boshlagan. Niksondan Oq uyda doim yozib olingan suhbatlari yozuvini taqdim etish talab qilingan. Administratsiya deyarli bir yil qarshilik ko‘rsatgan, ammo plyonkalar oxir-oqibat e’lon qilingan. Haqiqat oshkor bo‘lgan.

    “Nikson binoga yashirincha kirganlar haqida ma’lumotga ega bo‘lmagan. Ammo barcha dalillar, suhbatlar, guvohlarning ko‘rsatmalari u ushbu jinoyatni yashirishga urinishda katta rol o‘ynaganini ko‘rsatgan. Bu 1974-yilda uning iste’fosiga sabab bo‘lgan”, — deydi Edmiston.

    Foto: The Washington Post

    Foto: The Washington Post

    Niksonning atrofidagilar unga yordam beraman deb, “qovun tushirgandi — prezident shundoq ham xalq orasida mashhur va qayta saylovda g‘alaba qozonishi mumkin edi.

    “Men hech qachon qo‘rqoq bo‘lmaganman. Vakolatlarim tumagunga qadar lavozimdan keyin mening tabiatimga mos kelmaydi. Ammo prezident sifatida Amerika manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yishim kerak. Shu boisdan ertaga tushda prezidentlik lavozimidan ketaman”, — degan edi Nikson.

    Poyezd mashinisti bilan bog‘liq muammo

    2004-yil 11-yanvar kuni Rossiyada og‘ir yuk poyezdi taqiqlovchi signaldan o‘tib ketib bir nechta stansiyada to‘xtamasdan harakatlangan edi. Bunga mashinistning ruhiy buzilishi sabab bo‘lgan, u soz holatdagi xavfsizlik qurilmalarini o‘chirib qo‘ygan va psixoz holatida poyezd boshqaruvi ustidan nazoratni yo‘qotgan. Mashinist yordamchisi poyezdni to‘xtatishga uringanida esa erkak unga tahdid qilgan. Poyezd oradan 47 daqiqa o‘tgandan keyingina kontakt relslaridan kuchlanishni olib tashlash yo‘li bilan to‘xtatilgandi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    O‘sha kuni Volxovstroy lokomotiv deposida mashinist Gorchakov va uning yordamchisi Abdurahmonovdan iborat brigada ishga kirishgan. Brigadaning ish boshlashdan oldingi hordig‘i 36 soatni tashkil etgan, yetib kelish vaqti esa — 23:00 ga belgilangan. Ammo aytilgan vaqtda depoga faqat mashinist yordamchisi kelgan va 15 daqiqadan keyin zaxira lokomotiv brigadalari mudiriga vaziyat bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilgan. Mudir esa o‘z navbatida Gorchakovga qo‘ng‘iroq qilib, nima sababdan kech qolayotganini aniqlashtirganida, u uxlab qolganini bildirgan. Su sababli uni olib kelish uchun navbatchi mashina yuborilgan va soat 00:15 da Gorchakov depoga yetib kelgan.

    Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida feldsher mashinistni alkotesterdan o‘tkazgan va yurak urishini o‘lchagan, ammo yo‘riqnomani buzgan holda uning arterial bosimini o‘lchamagan edi (bunga mashinist kechikib kelgani sabab bo‘lishi mumkin). Shunga qaramay, u brigadaning poyezd boshqarishiga ruxsat bergan.

    Soat 00:42 da elektrovoz depodan chiqib ketgan va stansiyada unga 58 ta vagon biriktirilgan (5070 tonna). Poyezd Volxovstroy II — Kukol peregoni bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda radioaloqa orqali “Kukol” stansiyasi navbatchisi chiqib, kirish svetofori yopiqligi, chunki boshqa bir yuk poyezdi kelayotganini aytgan. U bilan mashinist yordamchisi Abdurahmonov gaplashgan, biroq kutilmaganda Gorchakov elektrovozni tezligini oshirgan. Jussasi yordamchisidan ancha katta bo‘lgan Gorchakov Abdurahmonovning o‘ziga xalaqit berishiga yo‘l qo‘ymagan. Mashinist lokomotiv signalizatsiyasini o‘chirib qo‘ygan va shunday qilib poyezd to‘xtash ishoralari ko‘rsatilgan stansiyalardan birin-ketin harakatlanishni boshlagan.

    Soat 03:13 da “Valya” stansiyasidagi kirish va chiqish svetoforlari yopilgan, bir vaqtning o‘zida energodispetcher Titovning ko‘rsatmasi bilan poyezd harakatlangan yo‘l elektr tarmog‘idan uzilgan. Oradan ikki daqiqa o‘tib 1908-sonli poyezd katta tezlikda stansiya oldidan uchib o‘tgan. Elektr ta’minoti uzilganiga qaramay, poyezd tezligi avvaliga osha borgan, biroq ko‘p o‘tmay, qiyalik 8 foizli hududga kelingani sabab poyezd sekinlashishni boshlagan.

    Poyezd “Kukol” stansiyasidan boshlab 47 daqiqada 40 kilometrga yaqin masofani bosib o‘tgandi, ya’ni o‘rtacha soatida 51 kilometr tezlikda harakatlangan, maksimal tezligi 95 km/soatga yetgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Hindiston va Pokistonni yarashtirgan Toshkent deklaratsiyasi, Jozefina bilan ajrashgan Napoleon va dunyodagi birinchi metropolitenning ochilishi. Kun xronologiyasida 10-yanvar

    11.01.2023, 09:30   Izoh (0)   66364
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zelenskiy “Putinning qadrdoni” Viktor Medvedchukni Ukraina fuqaroligidan mahrum qildi

    11.01.2023, 09:11

    Ukraina Baxmutda katta yo‘qotishlarga dosh berishga majbur — NYT

    10.01.2023, 23:58

    Xitoyda pora olgan amaldor o‘limga hukm qilindi

    10.01.2023, 23:22

    Yerning ozon qatlami zararli kimyoviy moddalardan bosqichma-bosqich tozalanayotgani sababli o‘n yillarda qayta tiklanadi — olimlar 

    10.01.2023, 22:54

    Rossiyada o‘zbekistonlik yigit plyonka maydalagichga tushib ketib, halok bo‘ldi

    10.01.2023, 22:06

    “Daryo” kundaligida 10-yanvarda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    10.01.2023, 22:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.