Eron Strategik tadqiqotlar markazi asoschisi Ali-Rizo Akbariy Britaniya maxsus xizmatlari foydasiga josuslik qilgani uchun o‘limga hukm qilindi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Akbariy uzoq va ko‘p bosqichli kontrrazvedka operatsiyasidan so‘ng hibsga olingan.
“Eronning maxfiy va strategik markazlarida Britaniya razvedka xizmatining eng muhim agentlaridan biri aniqlandi. Ali-Rizo Akbariy Britaniya xizmatlariga josuslik qilgani aniqlandi”, — deyiladi Eron razvedkasi bayonotida.
Akbariy davlatning ba’zi maxfiy ma’lumotlariga ega bo‘lgan va bu ma’lumotlarni Britaniya razvedka xizmatlariga yetkazgan. Ayblanuvchi Britaniyaning Tehrondagi elchixonasida viza olayotganida qo‘lga olingan.
“Sud majlisi sudlanuvchining advokati ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Ishdagi dalillarga asoslanib, bu shaxs Angliya foydasiga josuslik qilgani uchun o‘limga hukm qilindi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)