• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonning qator viloyatlarida 11-yanvardan darslar boshlanadi

    O‘zbekistonning qator viloyatlaridagi maktablarda 3-chorak darslari 11-yanvardan boshlanadi. “Daryo” o‘qish boshlanadigan hududlar ro‘yxatini taqdim etadi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Dastlab 10-yanvar kuni soat 20:15 da Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan rasmiy ma’lumot e’lon qilindi. Unda ta’kidlanishicha, qishki ta’til davrini uzaytirish vakolati hududdagi ob-havo sharoitini inobatga olgan holda mahalliy hokimliklarga berilgan.

    Shundan so‘ng 21:32 da bog‘chalardagi ta’til nazorati ham mahalliy hokimliklar zimmasiga yuklatildi. Bunda hokim maktabgacha ta’lim tashkilotining isitish tizimi hamda boshqa sharoitlarni inobatga olishi kerakligi belgilangan.

    Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan 12:10 da e’lon qilingan xabarda 11—18-yanvar kunlari hududda havo harorati keskin tushib ketmasligini aytilgan. Shuni inobatga olib, 2023-yilning 11-yanvar sanasidan barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qish jarayoni boshlanishini ma’lum qilingan.

    Soat 12:34 da e’lon qilingan xabarga ko‘ra, Andijon viloyatidagi ta’lim muassasalarida ham 11-yanvardan rasman o‘quv jarayonlari boshlanadi. Shu bilan birga, ta’lim muassasalarining kelgusi faoliyati ob-havo sharoitidan kelib chiqqan holda tashkil etiladi.

    Farg‘ona viloyatidagi maktablarda o‘qish 16-yanvardan boshlanadi. 11-yanvardan 12 ta oliy o‘quv yurtlari, 76 ta texnikumlar, kollejlar, kasb-hunar maktablarida o‘qishlar boshlanishi belgilangan.

    Viloyat hokimligi tomonidan soat 15:02 da e’lon qilingan xabarga ko‘ra, hududdagi 975 ta umumta’lim maktablarida, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda esa o‘qish 16-yanvar, dushanba kunidan boshlanishiga qaror qilindi.

    Navoiy viloyati hokimligi hududdagi ta’lim muassasalarda ta’lim jarayoni qachondan boshlanishi bo‘yicha rasmiy ma’lumot bermadi. Ammo Navoiy davlat pedagogika institutida o‘quv jarayonlari 11-yanvardan boshlanishi haqida xabar berildi.

    Anomal sovuq kunlari talabalardan ehtiyotkorlik bilan, shoshilmasdan, yo‘l harakati qoidalariga amal qilib harakatlanish tavsiya etilgan. O‘quv xonalari hamda talabalar turar joylari issiqlik bilan ta’minlangan va barchasi shay holatga keltirilgan.

    Buxoro viloyatidagi barcha umumta’lim maktablarida 3-chorak darslari 11-yanvardan boshlanadi. Bu haqda viloyat xalq ta‘limi boshqarmasi soat 17:04da e’lon qildi.

    Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati tomonidan soat 21:23 da e’lon qilingan xabarga ko‘ra, 11-yanvar kunidan 950 ta umumta’lim, 71 ta o‘rta-maxsus ta’lim va 13 ta oliy ta’lim muassasalarida an’anaviy shaklda darslar boshlanadi.

    Shuningdek, havo harorati keskin sovigan vaqtda transportda borish qiyinligi, masofa uzoqligi va zarur issiqlik bilan ta’minlash imkoniyati cheklanganligi sababli 97 ta umumta’lim va 2 ta o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarida 13-yanvardan hamda 208 ta umumta’lim muassasalarida 18-yanvardan o‘quv jarayoni boshlanadi.

    Surxondaryo hokimligi soat 21:41 da rasmiy ma’lumot chiqardi. Unda aytilishicha, viloyatidagi barcha umumta’lim maktablarida ya’ni 11-yanvar kunidan an’anaviy shaklda darslar boshlanadi.

    Termiz shahar va tumanlar hokimliklari, hududiy shtablar tomonidan Xalq ta’limi boshqarmasi hamda ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda maktablarning isitish tizimini barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.

    Oradan biroz vaqt o‘tgach Qoraqalpog‘istondagi maktablarda o‘quv jarayoni 12-yanvardan boshlanishi ma’lum qilindi. 12—18-yanvar kunlari barcha umumta’lim maktablarida turli uchrashuvlar, o‘quvchilar uchun qo‘shimcha to‘garaklar, sport musobaqalari va boshqa yig‘ilishlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

    Toshkent shahri hokimligi soat 22:47 da tezkor munosabat bildirdi. Unda poytaxt maktablaridagi darslar 11-yanvardan boshlab ishlashga tayyorligiga qarab, bosqichma-bosqich boshlanishi aytilgan.

    “Bu boradagi qaror maktablar rahbariyati tomonidan ota-onalar kengashi bilan kelishgan holda qabul qilinishi tavsiya etiladi. Hokimlik tomonidan kommunal xizmat tizimlari mas’ullari bilan birgalikda bu sohada yuzaga kelgan muammolarni tezkorlik bilan hal etish choralari ko‘riladi”, — deyiladi xabarda.

    Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasi 11-yanvar kunidan jami 140 ta maktablarda dars mashg‘ulotlarini tashkil etish imkoniyati mavjudligi aniqlanib, faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilganini ma’lum qildi.

    Qashqadaryo viloyatida 11-yanvardan boshlab, hududdagi ob-havo sharoiti va ta’lim muassasalari hamda OTM yotoqxonalaridagi shart-sharoitlardan kelib chiqib, bosqichma-bosqich ta’lim jarayonlari boshlanadi.

    Shuningdek, tog‘li va uzoq qishloqlar maktablarida, sovuq kunlarda transportda borish qiyinligi va masofa uzoqligi mavjud bo‘lgan maktablarda ta’lim jarayonlari 16-yanvardan boshlanadi. Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi imkoniyati cheklangan maxsus maktab-internatlarida o‘qish 18-yanvardan boshlanadi.

    Hozirga qadar Toshkent va Sirdaryo viloyati hokimliklari qishki ta’til qachon tugashi haqida rasmiy ma’lumot bermadi.

    11.01.2023, 01:32   Izoh (1)   25317
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 389376346@telegram.org / 11.01.2023, 08:29

      Uchunchi abzatsda yozilishicha mahalliy hokimliklar maktabgacha ta'lim muassasalarini isitish tuzimi sharoitlarini inobatga olishlari kerak deyilgan. Ammo bolalar uydan chiqishlari bilan bog'chaga bo'lib qolishmaydiku. Mashinasi borlarku bir amallab yetib olishlari mumkin lekin lekin marshrutda boradiganchi hammani ham uyini oldindan yurmaydi marshrutlar. Bundaylar nima qilishadi, yetmaganiga yosh bolalar bo'lsa ertaga Alloh saqlasin shamollab qolsa hokimlar davolatmaydiku.

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nukusdagi harbiy gospital rekonstruksiya qilindi

    11.01.2023, 01:10

    Samarqandda “Jiguli” avtobus bilan to‘qnashib ketdi (video)

    10.01.2023, 23:46

    Samarqand aeroportiga qo‘ngan fuqarodan pnevmatik to‘pponcha va 89 dona o‘q topildi

    10.01.2023, 23:10

    Qashqadaryoda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasida yong‘in chiqdi

    10.01.2023, 22:42

    Navoiy viloyatidagi shamol elektr stansiyasi Markaziy Osiyoda yilning eng yaxshi bitimi deb topildi

    10.01.2023, 22:20

    O‘zbekistonda 2022-yilda qariyb 150 trillion so‘m soliq undirildi

    10.01.2023, 22:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.