Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) Etika qo‘mitasi tashkilot rahbaridan iste’fo talab qildi.
Avvalroq FFF prezidenti Noel Le Gre fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan haqida keskin fikrlar aytgan va futbol jamoatchiligining tanqidlariga sabab bo‘lgandi. Keyinchalik federatsiya rahbari bu gaplari uchun uzr so‘ragandi.
“Biz prezidentni o‘z lavozimidan voz kechishga va iste’fo berishga chaqiramiz.
Bizga kuchli va xotirjam boshqaruv kerak, afsuski, hozirda u mavjud emas. Biz butun mavsum davomida mutasaddilar, ayniqsa liga prezidentlarini etika qoidalaridan chetga chiqmaslikka chaqiramiz.
Prezidentga keladigan bo‘lsa, biz tartib-intizom qo‘mitasiga arz qila olmaymiz, shu bois undan iste’foga chiqishni talab qila olamiz, xolos.
Biroq biz futbolga emas, turli faktlarga asoslangan qandaydir sovun ko‘pigi tufayli FFF’ning moliyaviy va sportga oid natijalarini barbod qilmoqchi emasmiz”, — deydi FFF Etika qo‘mitasi rahbari Patrik Anton.
Mavzuga doir:
Izoh (0)