Asror Aliqulov “Qizilqum” jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqida Navoiy klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Aliqulov faoliyati davomida “Sho‘rtan”, “Mash’al” jamoalarida bosh murabbiy vazifasida ishlagan.
Shuningdek, futbolchi sifatida 5 marta O‘zbekiston chempioni, 5 marta O‘zbekiston Kubogi sohibiga aylangan. O‘zbekiston terma jamoasi safida 60 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, “Qizilqum” 2022-yilgi mavsum Superligada Nikola Lazarevich boshchiligida 5-o‘rinni egallagan edi.
Izoh (0)