Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Gre Zinedin Zidandan kechirim so‘radi.
“Zidandan uzr so‘rayman. Mening gaplarim Zinedinning qanday futbolchi va murabbiy bo‘lganiga munosabatimni bildirmaydi.
Men RMC’ga intervyu berdim, aslida bunday qilmasligim kerak edi. Chunki u bahs-munozarani qo‘zg‘amoqchi va Didye Deshamni Zinedin Zidanga qarshi qo‘ymoqchi bo‘ldi. Ular fransuz futbolining ikki ustuni kabidir.
Tan olaman, tushunmovchilik keltirib chiqaradigan yoqimsiz so‘zlarni aytdim. Zidanning o‘zi ham xuddi fransuz xalqi kabi unga nisbatan cheksiz hurmat bilan qarashimni biladi”, — deydi FFF prezidenti.
Avvalroq FFF prezidenti Noel Le Gre Zidanning Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar yuzasidan berilgan savolga keskin javob bergandi. “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe esa Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) rahbarining Zinedin Zidan haqidagi gaplariga munosabat bildirdi.
Izoh (0)