• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    OAVda dorilarning bevosita reklamasiga cheklovlar joriy etish zarur — “Yuksalish”

    O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” preparatini qabul qilish oqibatida bolalar hayotdan ko‘z yumgani bilan bog‘liq fojia O‘zbekiston sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasida muammolarni yaqqol ko‘rsatdi. “Yuksalish” umummilliy harakati faqatgina barcha tomonlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish orqaligina kelgusida bunday holatlarning oldini olish mumkinligini bildirdi va bu borada bir necha takliflar bilan chiqdi. Quyida ushbu takliflar to‘lig‘icha havola qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Birinchidan, dori vositalarini nazoratsiz qo‘llash amaliyotini to‘liq qayta ko‘rib chiqish zarur, deb hisoblaymiz. Chunki biz qaysi dorini ichish bo‘yicha ko‘pincha shifokor bilan emas, dorixona sotuvchilari bilan maslahatlashamiz. Ko‘plab dori vositalarini shifokor retseptisiz osongina aptekadan xarid qilishimiz mumkin va bu dorilardan noto‘g‘ri foydalanish xavfini yaratmoqda.

    Turli mamlakatlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, shifoxonalarga yotqizilgan bemorlarning o‘rtacha 10-20 foizida dorilar nojo‘ya ta’sir qilganlik holati kuzatiladi, qizig‘i, rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich ikki baravar yuqorini tashkil qiladi.

    2008—2018-yillarda O‘zbekistonda dori vositalari bilan o‘zini o‘zi davolash natijasida sog‘liqning yomonlashganligi bilan bog‘liq 2 300 ta holat ro‘yxatga olingan.

    Shuning uchun, avvalo, ommaviy axborot vositalarida dorilarning bevosita reklamasiga cheklovlar joriy etish zarur, deb hisoblaymiz. Xususan, dori vositalari reklamasini faqat Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ruxsati bilan amalga oshirish. Kelgusida OAVlarda dorilarining bevosita reklamasini taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqish. Shu maqsadda Turkiya, Shveytsariya, Kanada kabi mamlakatlarning bu boradagi tajribasini o‘rganish.

    JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dori vositalarini nazoratsiz qo‘llash va o‘zini o‘zi davolash darajasining oshishi aynan reklama bilan bog‘liqdir. Bunday davolanish natijasidagi o‘lim holatlari jarohatlar, qon aylanish kasalliklari, onkologik va pulmonologik kasalliklardan keyin 5-o‘rinda turadi. Albatta, iste’molchilar dori-darmonlarni qo‘llashdan kelib chiqadigan nojo‘ya ta’sirlar, ularning muvofiqligi va organizmning individual reaksiyasi xavfini baholay olmaydi.

    Haqiqatan biz dori-darmonlarga oddiy iste’mol tovari sifatida qaraymiz va bu – vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. Shuning uchun mazkur masala har 100 ming aholiga o‘rtacha 25—27 ta dorixona to‘g‘ri keladigan O‘zbekiston uchun dolzarbdir.

    Ikkinchidan, dori vositalarining reklamasiga oid qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qilamiz. O‘tgan yili “Reklama to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Unda dori vositalarining reklamasiga oid aniq tartiblar belgilangan bo‘lsa-da, biz har kuni televideniye, radio va boshqa turdagi reklamalarda qonun talablarining buzilishini kuzatyapmiz. Farmkompaniyalar qonun talablariga bepisandlik bilan yondashayotganlarini ko‘ryapmiz.

    Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun ko‘pi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 15 barobarigacha ma’muriy jarima ko‘zda tutilgan. Biroq aynan dori vositalarining reklamasi bilan bog‘liq tartib va qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik mavjud emas. Shu sababli, dori vositalarining reklamasiga oid tartib va qonunchilikni buzganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik va bunday holatlar og‘ir oqibatlarga olib kelgan taqdirda, jinoiy javobgarlik begilash lozim, deb hisoblaymiz. Italiya, Shveytsariya, Kanada, Yaponiya, Finlyandiya, Germaniya, Vengriya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar o‘zini o‘zini davolash muammolarini hal etish uchun aynan qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirganliklarini ko‘rishimiz mumkin.

    Uchinchidan, dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sertifikatlash tashkilotlari mas’uliyatini kuchaytirish nihoyatda muhim. Xabar berilganidek, “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dorilari, tekshiruvlarda aniqlanishicha, “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” tomonidan belgilangan tartibda laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilmagan. Natijada sifatsiz preparatlarning sotuvga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilgan. Shu maqsadda, Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi subyektlari qatoriga sifatsiz, qalbakilashtirilgan va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan dori vositalarini tarqatishga yo‘l qo‘ygan shaxslarni ham kiritish taklif etilmoqda.

    To‘rtinchidan, fuqarolarni zamonaviy tashxis imkoniyatlaridan foydalanishini, davolashning yagona standartlariga asoslangan tibbiy sug‘urta tizimiga o‘tishni tezlashtirish zarur. Odamlar ko‘pincha o‘zini-o‘zi davolashga urinmoqda, aniq tashxisni bilmasdan, reklamaga ishonib, turli dorilarni qabul qilmoqda. Bu kabi xatolar, shuningdek, shifokorlar tomonidan dorilarni buyurish jarayonida ham yuz beryapti. Afsuski, ularning ba’zilari alohida preparatlarni targ‘ib qilishdan moliyaviy manfaat ko‘zlamoqdalar. Shuning uchun ham tibbiy sug‘urtalash tizimiga imkon qadar tezroq o‘tishimiz kerak.

    Beshinchidan, farmatsevtika sohasida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash zarur. Aholi qaysi dori vositalari import qilinayotgani, ishlab chiqaruvchilar kimligi, ularning xorijdagi nufuzi, sertifikatlashtirish jarayoni qanday olib borilayotganini bilishga haqli. Shuningdek, keng aholi manfaatlariga daxldor bo‘lgan farmatsevtika sanoatiga oid axborotlarni berib boruvchi ochiq ma’lumotlar bazasini shakllantirish lozim, deb hisoblaymiz. Sotiladigan barcha turdagi dori-darmonlarni majburiy raqamli markirovkalash jarayonini tezlashtirish muhimdir. Xaridor markirovka orqali dorining haqiqiyligini tekshirishi mumkin.

    “Yuksalish” umummilliy harakati parlament, mas’ul vazirlik va idoralarni tezkor choralarni ko‘rishga, tibbiyot muassasalari va farmatsevtika sohasi institutlarini, avvalo, tijoriy emas, balki ijtimoiy manfaatlarni ustuvor qo‘yishga chaqirdi.

    09.01.2023, 11:19   Izoh (0)   19332
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 10-yanvar kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    09.01.2023, 11:07

    Farg‘onada transformator yonib ketdi (video)

    08.01.2023, 21:22

    Namanganda Yangi yil kechasi ro‘y bergan va er-xotinning o‘limiga sabab bo‘lgan yong‘in qotillik bilan bog‘lanmoqda

    08.01.2023, 21:02

    Jizzaxda suv bochkasi ichidan noma’lum erkakning murdasi topildi

    08.01.2023, 18:28

    Namanganda 8 yoshli bola shifoxonada vafot etdi

    08.01.2023, 17:51

    O‘zbekistonda chiqindi poligonlari qurishga 28 mlrd so‘m ajratiladi

    08.01.2023, 16:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Oyligimni yarmi jarimaga ketsa kerak”: mashinasiga sirena o‘rnatgan haydovchiga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 22:30

    Kanada AQSH tovarlariga javob bojlarini bekor qiladi

    Dunyo | 22 avgust, 22:20

    Ilon Mask Mark Sukerberg bilan OpenAI’ni sotib olishni muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 22 avgust, 22:10

    Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq sovg‘a qildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:51

    2,6 mlrd so‘mlik tovar kodlarini o‘zgartirib, bojxona to‘lovidan qochmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:48

    Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 600 kg yaroqsiz go‘sht savdoga chiqishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:30

    Tramp Baydenni Ukrainaga Rossiyaga javob berishga imkon bermagani uchun tanqid qildi

    Dunyo | 22 avgust, 21:15

    O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:06

    Samarqandda tez yordamga yo‘l bermagan Spark haydovchisi javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:00

    Taxtda olib yurilgan murda: “Muhtasham yuz yil”da sulton Sulaymonning o‘limi haqidagi dahshatli haqiqat tushirib qoldirilgan

    Kino | 22 avgust, 20:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.