Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida 7-yanvar kuni kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotmoqchi bo‘lgan erkaklar ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Ichki ishlar vazirligi Jinoyat-qidiruv boshqarmasi va Qo‘qon shahri ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamkorlikda hududda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Dang‘ara tumanida yashovchi fuqarolar X.N. va D.X. 30 200 dona “Zardeks” dorisini 18 900 dollar (213 million so‘m)ga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir: Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dori ozdiruvchi vosita deb sotilayotgani aniqlandi
Izoh (0)