Samarqand viloyati Ishtixon tumanida 3-yanvar kuni odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, holat shu kuni soat 22:30 lar atrofida Ishtixon tumanidan o‘tuvchi M-37 Samarqand—Buxoro—Turkmanboshi avtomobil yo‘lining 51-kilometrida yuz bergan. Haydovchi Damas transport vositasida tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida yo‘lni kesib o‘tish uchun turgan ikki nafar piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida ikki nafar piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Izoh (0)