• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo” kundaligida 9-yanvarda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 9-yanvarda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

    Muhokamalarga sabab bo‘lgan Eron kamikadze dronlari endi Rossiyaning o‘zida ishlab chiqariladimi?

    Rossiya o‘z armiyasi tomonidan Ukrainada faol qo‘llanilayotgan Eron kamikadze-dronlarini ishlab chiqarishni boshlamoqchi. Bu haqda Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov ma’lum qildi.

    “Ular bu ishni amalga oshirmoqchi bo‘layotgan shaharlardan biri — Tolyatti, boshqa shaharlar ham bor. Shu bilan birga, Rossiya zarur tarkibiy qismlar tanqisligi sharoitida dronlarini nimadan yig‘ishi katta savol bo‘lib turibdi”, — deya qo‘shimcha qilgan kotib.

    Rossiyaning o‘z hududida Eron dronlarini ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish rejalari haqida avvalroq The Washington Post gazetasi xabar bergandi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya va Eron rasmiy shaxslari ishlab chiqarish bo‘yicha 2022-yil noyabrida kelishuvga erishgan.

    2023-yil yanvarida CNN telekanali Shahed-136 ning 52 ta detalidan 40 tasi Amerikaning 13 xil kompaniyasi tomonidan tayyorlanganini ma’lum qilgandi. Qolgan 12 ta detal Kanada, Shveysariya, Yaponiya, Tayvan va Xitoyda ishlab chiqarilgan.

    Yevropa davlatlarining Rossiya-Ukraina mojarosiga nisbatan o‘zgarib borayotgan pozitsiyalari

    AQSH hukumati Ukrainaga qurol-yarog‘larni ulardan Rossiya hududlariga zarbalar berishda foydalanmaslik sharti bilan yetkazib berishda davom etmoqda. Bu haqda amerikalik sharhlovchi Andreas Klut Bloomberg uchun yozgan maqolasida aytib o‘tdi.

    Sharhlovchining fikricha, AQSH Rossiyaga zarbalar berilishiga imkoniyat yaratish orqali “qizil chiziq”ni bosib o‘tishni istamaydi, chunki bu Rossiya hukumatini yadro qurolidan foydalanishga gijgijlashi mumkin.

    Germaniya Ukrainaga va’da qilgan 40 ta jangovar mashinani armiya zaxirasidan olib bermoqchiAyni jarayonda Fransiyaning Rossiya-Ukraina mojarosiga pozitsiyasi o'zgarmoqda. Dastlab Fransiya prezidenti Moskva va shaxsan Putin bilan muzokaralarni davom ettirishning asosiy tarafdorlaridan biri edi.

    Ammo so‘nggi haftalarda Parij siyosati o‘zgarib ketdi. Fransiya Ukrainaga G‘arbda ishlab chiqarilgan tanklarni yetkazib bergan birinchi mamlakatga aylandi.Hozirda Germaniya Ukrainaga va’da qilgan 40 ta jangovar mashinani armiya zaxirasidan olib bermoqchiligini bildirmoqda.

    Tobora avj olayotgan Xitoy-Tayvan mojarosida “Ukraina modeli” qo‘l kelmaydi

    Agar Xitoy 2026-yilda Tayvanga bostirib kirsa, bu harbiylar orasida minglab qurbonlarga olib keladi, ammo Pekin g‘alaba qozonishi amri mahol. Bu haqda harbiy nizoning katta ko‘lamli simulyatsiyasini amalga oshirgan Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) hisobotida aytiladi, deb yozadi CNN hujjat nusxasiga tayanib. Hisobot “Keyingi urushning birinchi janggi” deb nom oldi.

    Ekspertlar ta’kidlashicha, Tayvanga hujum qilingan taqdirda, qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha “ukrain modeli”ni amalga oshirish mumkin bo‘lmaydi. “Urush boshlanganidan keyin Tayvanga qo‘shinlar yoki o‘q-dorilarni yetkazish mumkin bo‘lmaydi, shuning uchun vaziyat Ukrainadagi holatdan tubdan farq qiladi. Tayvanliklar urush olib borishda nimalardan foydalanmoqchi bo‘lsa, urush boshlangan vaqtda ular qo‘l ostida bo‘lishi kerak”, — dedi loyihaning uch rahbaridan biri Mark Kanchian.

    Shu bilan birga, markaz Xitoy va Tayvan urushi “muqarrar yoki hatto ehtimoliy” ekanini aytmayapti. “Xitoy hukumati Tayvanga qarshi diplomatik izolyatsiya, bosim yoki iqtisodiy majburlash strategiyasini qabul qilishi mumkin”, — deya aniqlik kiritiladi hisobotda.

    Eslatib o‘tamiz, Tayvan ko‘rfazidagi vaziyat 2022-yil avgustida AQSH Kongressi spikeri Nensi Pelosi Xitoy o‘z hududi deb hisoblaydigan Tayvanga tashrif buyurganidan keyin keskinlashgan.Ayni vaziyatda, Tayvan orolga bir sutkada Xitoyning 50 dan ortiq samolyot va kemalari yaqinlashganini ma’lum qildi

    O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasiga qanday o‘zgartirishlar kiritish kerak? Fojiaga sabab bo‘lgan omillar bilan tanishamiz

    O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” preparatini qabul qilish oqibatida bolalar hayotdan ko‘z yumgani bilan bog‘liq fojia O‘zbekiston sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasida muammolarni yaqqol ko‘rsatdi. “Yuksalish” umummilliy harakati bunday holatlarning oldini olish borasida bir necha takliflar bilan chiqdi.

    Birinchidan, dori vositalarini nazoratsiz qo‘llash amaliyotini to‘liq qayta ko‘rib chiqish zarur, deb hisoblaymiz. Chunki biz qaysi dorini ichish bo‘yicha ko‘pincha shifokor retseptisiz, dorixona sotuvchilari bilan maslahatlashamiz.

    Ma’lum qilinishicha, 2008—2018-yillarda O‘zbekistonda dori vositalari bilan o‘zini o‘zi davolash natijasida sog‘liqning yomonlashganligi bilan bog‘liq 2 300 ta holat ro‘yxatga olingan. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dori vositalarini nazoratsiz qo‘llash va o‘zini o‘zi davolash darajasining oshishi aynan reklama bilan bog‘liqdir.

    Shuning uchun avvalo, ommaviy axborot vositalarida dorilarning bevosita reklamasiga cheklovlar joriy etish va  dori vositalarining reklamasiga oid qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif qilindi.

    Keyingi masala, dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sertifikatlash tashkilotlari mas’uliyatini kuchaytirish. Xabar berilganidek, “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dorilari, tekshiruvlarda aniqlanishicha, “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” tomonidan belgilangan tartibda laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilmagan. Natijada sifatsiz preparatlarning sotuvga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilgan.

    Shu maqsadda Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi subyektlari qatoriga sifatsiz, qalbakilashtirilgan va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan dori vositalarini tarqatishga yo‘l qo‘ygan shaxslarni ham kiritish taklif etilmoqda.

    Shuningdek, keng aholi manfaatlariga daxldor bo‘lgan farmatsevtika sanoatiga oid axborotlarni yetkazuvchi ochiq ma’lumotlar bazasini shakllantirish, Sotiladigan barcha turdagi dori-darmonlarni majburiy raqamli markirovkalash jarayonini tezlashtirish ta’kidlandi. Xaridorlar aynan markirovka orqali dorining haqiqiyligini tekshirishi mumkin.

    09.01.2023, 23:27   Izoh (0)   17013
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Anomal sovuq: Qozog‘istonda havo harorati 43 darajagacha sovishi kutilmoqda

    09.01.2023, 23:11

    Finlyandiya NATOga qo‘shilgandan keyin hududiga yadro quroli joylashtirmasligini ma’lum qildi

    09.01.2023, 22:57

    Isroil Erondan himoyalanish uchun kosmik kuchlar yaratadi

    09.01.2023, 22:21

    Putinning atrofidagi “aktyorlar”. Rossiya prezidenti odamlarni aldayaptimi? — BBC surishtiruvi

    09.01.2023, 21:54

    Rossiyada bortida 12 kishi bo‘lgan samolyot muzlashi tufayli qulab tushdi. Qurbonlar bor (foto va video)

    09.01.2023, 20:55

    Rossiyada harbiy safarbarlikning ikkinchi to‘lqini boshlanadimi?

    09.01.2023, 20:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.