• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Putinning atrofidagi “aktyorlar”. Rossiya prezidenti odamlarni aldayaptimi? — BBC surishtiruvi

    Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Yangi yil munosabati bilan yo‘llagan tabrigida orqa fonda turgan harbiy libosdagi guruh orasida mallasoch ayol omma e’tiborini tortdi. Bu ayol Putinning avvalgi video va suratlarida ham ko‘ringani haqida munozaralar paydo bo‘ldi. Bular qanchalik asosli ekani to‘g‘risida BBC surishtiruv o‘tkazdi va natijalarni e’lon qildi.

    Foto: BBC

    Foto: BBC

    BBC Rus xizmati 2020-yili Putinning go‘yoki tasodifiy odamlar bilan gaplashgandek ko‘ringan videolarida aslida ular oddiy odamlar emas davlat rasmiylari bo‘lganini aniqlagandi.

    Mallasoch ayol

    A soldier, a sailor, a devout Christian. God moves in a mysterious way pic.twitter.com/zCDrUgXMIE

    — Tadeusz Giczan (@TadeuszGiczan) December 31, 2022

    Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari va The Sun, Daily Mail kabi nashrlar ko‘rsatishicha, bu mallasoch ayolni Putinning atrofida avval ham ko‘rishgan va u turli kadrlarda turfa rolda paydo bo‘lgan, masalan, 2016-yili baliq ovida, 2017-yili cherkovdagi marosimda.

    Boshqa OAVlar, masalan, Ukraina nashri xabarida aytilishicha, bu ayol Rossiya Federal gvardiya xizmati xodimi bo‘lishi mumkin.

    Foto: BBC

    Foto: BBC

    BBC 2023-yilgi suratni odam yuzini tanish dasturlari yordamida 2016 va 2017-yilgi suratlar bilan solishtirdi. Dastur ularning o‘xshashligini mos ravishda 29 va 28 foiz qilib ko‘rsatdi.

    “Odatda moslik 75 foiz va undan yuqori bo‘lganda ularning bitta odam ekani haqida o‘ylashga sabab paydo bo‘ladi”, — deydi Bredford universitetida Vizual o‘rganish bo‘yicha markaz direktori, professor Hasan Ugail.

    Bu ayol Rossiya mediasida Larisa Serguxina deb atalgan. Har ikki tadbir ham Novgorodda o‘tkazilgan. Ayol esa prezident Putinning partiyasi “Yagona Rossiya” partiyasidan mahalliy kengashga saylangan deputat bo‘lgan.

    BBC 2016-yili qayiqda olingan va rasmiy e’lon qilingan suratni qiyoslaganda 99,8 foiz natija chiqdi. Serguxina, shuningdek, Novgorodda baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi kompaniya asoschisi sifatida ham ko‘rsatilgan.

    Yangi yil tabrigidagi ayol esa Rossiya mediasida kapitan va harbiy shifokor Anna Sergeyevna Sidorenko deb ko‘rsatilgan. Uning tadbirdagi yuzi “Izvestiya” gazetasi onlayn e’lon qilgan videodan olingan surat bilan solishtirilganda 99,5 foiz natija berdi. Ayolning ismi, shuningdek, Ukraina razvedka xizmati e’lon qilgan ro‘yxatda 71 polk a’zolari orasida ham bor

    Baliqchi

    2016-yilda to‘rt kishi Putin bilan baliqchilar qayig‘ida suratga tushgan.

    Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarda aytilishicha, xuddi shu to‘rt kishi 2017-yilda cherkov marosimida ham ko‘ringan.

    Foto: BBC

    Foto: BBC

    BBC qayiqdagi yuzlarni cherkovdagilar bilan zarur dasturi orqali taqqoslaganda to‘rt nafar erkakning natijasi 99 foizdan chiqqan, shuning uchun nashr jurnalistlari ularning kimligi bilan qiziqqan.

    Ularning barchasi Novgorod viloyatida ishlagani va kamida uch nafari baliqchilik bilan shug‘ullanganini tasdiqlovchi dalillar topildi.

    Baliqchilar brigadasi rahbari Aleksey Lyashenko (1) suratda Putin bilan tushgan. Bu haqda uning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaridan, shuningdek, internetda brigada haqida e’lon qilingan profillardan bilsa bo‘ladi.

    Xuddi shu profilga ko‘ra, ushbu brigada mahalliy “Yevroximservis” qishloq xo‘jaligi konglomerati tarkibiga kiradi, uning o‘rinbosari — Larisa Serguxina (3).

    Sergey Aleksandrov (2) Rossiya ommaviy axborot vositalarida baliqchi sifatida tilga olingan. Uning ijtimoiy tarmoqdagi profilida ham uni baliqchi kiyimida ko‘rish mumkin.

    Foto: VK

    Foto: VK

    Ijtimoiy tarmoqlarda 4-raqamli shaxsning profilini topish imkoni bo‘ladi, lekin BBC jurnalistlari unga mos keladigan rasmni topdi, uning ostida kuzatuvchilardan biri: “Qanday qilib Putin bilan?”, deb izoh qoldirgan. Unga: “Men Novgorodda ish joyida Putin bilan bir necha marta uchrashganman”, deb javob berilgan.

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    Yevgeniy Lyashenko (5 yosh) — Alekseyning o‘g‘li. U ham xuddi shu jamoaning bir qismi sifatida brigada profilida ko‘rsatilgan. Aleksey va Yevgeniyning ota-o‘g‘il ekanini tasdiqlovchi ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari bor.

    Internetda joylashtirilgan yana bir suratda ikki baliqchi bir necha yil avval Stavropol o‘lkasida Putin bilan uchrashgan va unda ular fermer deb ko‘rsatilgan. Ammo tanlangan fermerlar va ikkita baliqchining yuzlari solishtirilganda, natija 8 foizdan kamroq chiqdi.

    Muzqaymoq sotuvchisi

    O‘tmishdagi voqealarning potensial ishtirokchisi sifatida mallasochlilar belgilanishiga yana bir qancha misollar bor, jumladan 2017 va 2019-yillardagi aviashouda prezident Putinga muzqaymoq berayotgan ayolning ikkita fotosuratini olaylik.

    Foto: BBC

    Foto: BBC

    Undagi tasvirlar yon tomondan olingan, bu esa yuzni aniqlashni qiyinlashtiradi, shuning uchun undan xulosa chiqarib bo‘lmaydi.

    Ammo jurnalistlar 2019-yilda Rossiya televideniyesida o‘zini muzqaymoq sotuvchisi, deb ko‘rsatgan ayol bilan suhbatni topdi. Agar ular bitta odam bo‘lsa, buning ajablanarli joyi yo‘q, chunki ularning ikkalasi ham Putin ikki yil farqi bilan ishtirok etgan bitta aviashouda suratga olingan.

    Odamlar Putinga muzqaymoq sotgan o‘sha ayol o‘zini Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi xodimi sifatida ko‘rsatayotganini da’vo qiladi, biroq yana o‘sha gap, bu holatda suratlarni solishtirish uchun yuzni tanish dasturi ishonchli vosita emas.

    09.01.2023, 21:54   Izoh (1)   19141
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 299183315@telegram.org / 09.01.2023, 22:32

      Дарё, ётиб кебсила. Силани четдан килмадир хомийлик киладиганга ухшайди.

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada bortida 12 kishi bo‘lgan samolyot muzlashi tufayli qulab tushdi. Qurbonlar bor (foto va video)

    09.01.2023, 20:55

    Rossiyada harbiy safarbarlikning ikkinchi to‘lqini boshlanadimi?

    09.01.2023, 20:31

    AQSHda Sovuq urush davridagi eng xavfli josuslardan biri Ana Montes ozodlikka chiqdi. U 17 yil davomida Amerika razvedkasining maxfiy ma’lumotlarini Kubaga uzatgan...

    09.01.2023, 20:07

    Rossiya 2033-yilgacha davlat sifatida parchalanib ketishi prognoz qilindi

    09.01.2023, 19:46

    Rossiya harbiylari Xarkovdagi bozorga raketalar uchirdi. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor (video va foto)

    09.01.2023, 19:28

    Qozog‘istonda to‘qqizta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)

    09.01.2023, 18:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55

    Buxoroda YPX xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan shaxsga jinoyat ishi ochildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 21:45

    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

    Reklama | 8 avgust, 19:30

    Rossiya qo‘shnisiga hamla qilgan kun: Yevropaning XXI asrdagi ilk urushiga 17 yil to‘ldi

    Dunyo | 8 avgust, 21:35

    Xorazmda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in chiqdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 21:20

    Donald Tramp va Binyamin Netanyaxu G‘azodagi gumanitar vaziyat yuzasidan tortishib qolgan

    Dunyo | 8 avgust, 21:02

    AQSH sud tizimi ma’lumotlar bazasi xakerlar xujumiga uchradi

    Dunyo | 8 avgust, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.