• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSHda Sovuq urush davridagi eng xavfli josuslardan biri Ana Montes ozodlikka chiqdi. U 17 yil davomida Amerika razvedkasining maxfiy ma’lumotlarini Kubaga uzatgan

    AQSHda Ana Montes — Sovuq urush davridagi eng xavfli josuslardan biri hisoblangan amerikalik ayol ozodlikka chiqdi. U AQSH Mudofaa vazirligining razvedka agentligida ishlab yurgan paytlari 17 yil davomida maxfiy ma’lumotlarni Kuba rasmiylariga uzatgan. Montes 2001-yilda hibsga olingandi. Ayol 21 yilni Texasdagi qattiq rejimli qamoqxonada o‘tkazdi. The Washington Post jurnalisti Jim Popkin ayolning tarixi haqida o‘z kitobida hikoya qiladi.

    Ana Montes

    Ana Montes
    Foto: FBI

    “Ana Montes — ehtimol, ko‘pchilik eshitmagan eng xavfli josus. Ana 2001-yil 11-sentabr voqealaridan hech qancha o‘tmay hibsga olindi, uning jinoyatlari ko‘lamiga qaramay, o‘sha paytda asosiy e’tibor teraktlarga qaratilgani tufayli uning ishi to‘s-to‘polon ichida ko‘rinmay ketdi. Ammo Ana juda ko‘p sabablarga ko‘ra o‘ta muhim josus”, — dedi Jim Popkin.

    Ana Montes qariyb 17 yil davomida muvaffaqiyatli josuslik qilib, AQSH razvedkasining o‘ta maxfiy ma’lumotlarini Kuba rasmiylariga uzatgan. Xususan, u Kubadagi AQSH Markaziy razvedka boshqarmasining to‘rt nafar agentini og‘dirgan, deb ishoniladi. Shundan keyin ularning taqdiri nima bo‘lgani noma’lum, chunki ayg‘oqchining ishi bo‘yicha ko‘plab materiallar hanuzgacha maxfiy.

    Montes AQSHning Kuba, Xitoy, Rossiya va Eron haqida ma’lumot to‘plash uchun ishlab chiqqan va kod bilan “Misti” deb ataladigan maxfiy sun’iy yo‘ldosh tizimini fosh qilgan. Jim Popkin bu haqda barcha tafsilotlarni bilmasligini tan oldi, lekin u Kuba amerikalik ayg‘oqchidan olingan ma’lumotni Rossiya bilan bo‘lishganini taxmin qilmoqda.

    Jurnalist ta’kidlaganidek, Ana Montes o‘z harakatlarini foyda olish uchun qilmagan. Josuslik faoliyati davomida ayol Kuba hukumatidan xarajatlar uchun atigi bir necha ming dollar olgan. Taxminlarga ko‘ra, Montesga Kubada ishlashga turtki bergan asosiy sabablardan biri uning prezident Ronald Reygan tomonidan Markaziy Amerikada olib borilayotgan siyosatdan keskin noroziligi edi — u yerda AQSH Nikaraguadagi fuqarolar urushida qatnashgan o‘ng qanot “Kontras” guruhini qo‘llab-quvvatlayotgandi.

    Ana Montes 1970-yillarda Virjiniya universitetiga o‘qishga kiradi va o‘zining birinchi yilini Madridda o‘tkazib, u yerda radikal kayfiyatdagi talabalar davrasiga qo‘shiladi. Keyinchalik u Jons Xopkins universitetining aspiranturasiga o‘qishga kirib, u yerda ham o‘z hamfikrlarini topadi.

    O‘shanda uning norozilik kayfiyatni Kuba razvedkasida ishlagan talaba Marta Velaskes payqab qoladi. U Montesni o‘ziga og‘diradi va u bilan boshqa mamlakatlar orqali Gavanaga jo‘naydi. Yo‘lda ular Madrid va Pragada Kuba vakillari bilan uchrashadi. Gavanada Montes maxsus tayyorgarlikdan o‘tadi, shundan so‘ng kubaliklarning yordami bilan u AQSH Mudofaa vazirligining razvedka bo‘limiga ishga kirishga muvaffaq bo‘ladi.

    AQSH prezidenti Jorj Bush huzuridagi kontrrazvedka boshlig‘i Mishel Van Kliv 2012-yilda shunday degan edi:

    Montes bizning Kuba haqida bilganlarimiz va Kubada olib borgan ishlarimiz bo‘yicha deyarli hamma narsani barbod qildi. Kubaliklar biz ular haqida nimalardan xabardor ekanimizni yaxshi bilgan va bundan o‘z manfaati uchun foydalangan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, Montesda hamkasblari bilan suhbatlarda Kubadagi vaziyatni baholashga ta’sir o‘tkazish imkoniyati bo‘lgan.
    Jim Popkinning so‘zlariga ko‘ra, Ana Montes qisqa to‘lqini uzatish vositalari orqali topshiriqlar olgan va shaxsiy uchrashuvlar paytida shunday vositalar bilan ma’lumotlarni uzatgan. Shu bilan birga, jurnalistning ta’kidlashicha, Ana juda ehtiyotkor edi — u barcha muhim ma’lumotlarni eslab qolar, hech qachon ish joyidan hujjat ko‘tarib chiqmagan. Uning yaqinlari — ulardan to‘rt nafari FQBda ishlagan — ayol hibsga olingunga qadar, uning Kuba josusi bo‘lishi mumkinligini xayoliga ham keltirmagan.

    Amerika razvedka xizmatlari Montesning josuslik faoliyatidan aynan qachon xabar topgani aniq emas. U eng avval Milliy xavfsizlik agentligi (MXA) tomonidan gumon qilingan, agentlik xodimlari Kuba radiouzatmalarini tutgan va Montesga yuborilgan xabarning bir qismini ochishga muvaffaq bo‘lgan. Agentlik ma’lumot ustida ikki yildan ortiq tergov olib borib, muvaffaqiyatga erishmaganidan keyin uni FQBga topshirgan. So‘ng xabarni koddan chiqargan MXA xodimi to‘ppa-to‘g‘ri Mudofaa razvedka boshqarmasiga borgan, u yerda mahoratli Skott Karmaykl ishni o‘z zimmasiga olgan.

    Ana Montes 2001-yilning sentabrida, 11-sentabr teraktlaridan o‘n kun o‘tib hibsga olingan. U Kuba foydasiga josuslikda ayblangan. Ayol o‘z aybiga iqror bo‘lgan va 2002-yil oktabr oyida 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

    Montes 2023-yil 6-yanvarda 21 yil-u uch oy jazo o‘taganidan keyin ozodlikka chiqdi. U yaxshi xulq-atvori uchun muddatidan oldin ozod qilindi. Jim Popkinning so‘zlariga ko‘ra, fevralda 66 yoshga to‘ladigan Ana Montes endi qarindoshlari yashaydigan Puerto-Rikoga borishni o‘ylamoqda.

    09.01.2023, 20:07   Izoh (0)   13577
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya 2033-yilgacha davlat sifatida parchalanib ketishi prognoz qilindi

    09.01.2023, 19:46

    Rossiya harbiylari Xarkovdagi bozorga raketalar uchirdi. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor (video va foto)

    09.01.2023, 19:28

    Qozog‘istonda to‘qqizta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)

    09.01.2023, 18:21

    “Putinning ahvoli yaxshi emas, uni Isroil shifokorlari davolamoqda” — rossiyalik siyosatshunos

    09.01.2023, 17:50

    YXHT bosh kotibi Rossiyaning tashkilotdan chetlashtirilishiga qarshi chiqdi

    09.01.2023, 17:35

    Germaniya Ukrainaga va’da qilgan 40 ta jangovar mashinani armiya zaxirasidan olib bermoqchi — Der Spiegel

    09.01.2023, 15:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH armiyasi havo operatsiyalarini boshqarishda sun’iy intellektni joriy etishi mumkin

    Dunyo | 6 avgust, 21:57

    Toshkentda nafaqaxo‘r qarindoshi nomiga 35 mln so‘m kredit olgan ayol ushlandi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 21:40

    G‘azo aholisi suv yetishmovchiligiga duch kelyapti

    Dunyo | 6 avgust, 21:25

    Andijonlik fuqaro 10 yillik alimentni oldindan to‘ladi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 21:15

    Superliga. “Navbahor” Namanganda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 6 avgust, 21:09

    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

    Reklama | 6 avgust, 19:30

    AQSH prezidentining Ukraina bo‘yicha vakili Stiv Uitkoff Kremlda Putin bilan uchrashdi

    Dunyo | 6 avgust, 20:45

    “Eronning yerosti boyliklari 27,5 trln dollarni tashkil etadi” – Eron hukumati vakili

    Dunyo | 6 avgust, 20:35

    Parkinson kasalligini kislorod yetishmovchiligi bilan davolash taklif etildi

    Dunyo | 6 avgust, 20:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.