• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kambodjada 3 mln inson umriga zomin bo‘lgan Pol Pot, Afg‘onistonda hujumga uchragan 9-rota va eng yirik etnik urushlardan biri — Bosniya mojarosi. Kun xronologiyasida 7-yanvar

    7-yanvar sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Kambodjada 3 million inson umriga zomin bo‘lgan Pol Pot rejimining ag‘darilishi, Afg‘onistonda hujumga uchragan 9-rota hamda eng yirik etnik qirg‘inlardan biri — Bosniya mojarosiga oid faktlar o‘rin olgan.

    3 million kambodjalik umriga zomin bo‘lgan Pol Pot rejimining ag‘darilishi

    Bundan 44 yil avval harbiy intervensiya jahon tarixidagi eng qonxo‘r siyosiy tuzumlardan biri — Pol Pot rahbarligidagi qizil kxmerlar rejimini ag‘dargandi. Kampuchiyada (zamonaviy Kambodja) hokimiyatni 3 yil-u 8 oy davomida boshqargan kichik guruhga a’zo insonlar 3 millionga yaqin mamlakat aholisining o‘limiga sabab bo‘lgan. Qizil kxmerlar “xalq farovonligi” uchun biror aybi bo‘lmagan fuqarolarni ham eng qiynoqli usullarda o‘ldirgan. 2018-yil noyabrda ushbu rejim Kambodjada rasman genotsidda aybdor deb topilgandi. Qizil kxmerlar mamlakatni bu qadar uzoq vaqt qanday qilib boshqargani hozirga qadar jumboq hisoblanadi.

    Pol Pot

    Pol Pot
    Foto: Wikimedia Commons

    Qizil kxmerlar 1975-yilgi fuqarolik urushidan keyin markaziy hokimiyatni egallab olgan. Siyosiy markazni Kommunistik partiyadan bo‘lgan Pol Potning tarafdorlari tashkil etgan — ular tashqi bosqinchilar va “ichki dushmanlar”ga qarshi qattiq jang olib borishga bel bog‘lagandi. So‘llarga xos tarzda harakat yetakchisi taxallusdan foydalangan: Pol Pot fransuzcha “politique potentielle” — “imkoniyat siyosati”ning qisqartmasi hisoblanadi. Uning haqiqiy ismi — Salot Sar, 1950-yillar boshida Parijda ta’lim olgan va aynan shu yerda ilk bor kommunistik g‘oyalar bilan tanishgan va siyosiy tuzilmalarda aloqalar orttirgan.

    Kuch borasida qizil kxmerlar uzoq viloyatlardan kelgan savodsiz yoshlarga tayangan, ularning aksariyati Amerika tomonidan uyushtirilgan bombardimonlar oqibatida yaqinlaridan ayrilgan edi. Ular qasos olish o‘tida yongan, shu sababli Kampuchiya Inqilobiy armiyasiga o‘z xohishlari bilan qo‘shilgan.

    Qizil kxmerlar davrida Vyetnamga qarshi propaganda bor kuchi bilan ishlagan. “Vyetnam bilan 700 yil urushishga tayyormiz!”, “Kampuchiyalik 30 nafar vyetnamlikni o‘ldir va biz g‘alaba qozonamiz!”, “Ortimizda 800 million xitoylik bor” kabi shiorlar ommalashgan.

    Mao Szedun hamda uning tarafdorlari Potni faol qo‘llab-quvvatlagan. Xitoyga guruch yetkazib berish evaziga kambodjaliklar harbiy texnika, o‘q-dorilar olib kelgan. G‘arb tahlilchilarining taxminlariga ko‘ra, Kampuchiya—Vyetnam qarama-qarshiligi Xitoy va SSSR raqobatining bir qismi sifatida paydo bo‘lgan. Sovet rahbariyati kommunistik Vyetnamni qo‘llab-quvvatlagan, qizil kxmerlarga esa salbiy munosabatda bo‘lgan.

    Kampuchiya aholisining 15 foizini tashkil etgan vyetnamliklar, xitoyliklar, tayliklar va boshqa milliy ozchilik vakillari shafqatsiz qirg‘inga uchragan. Buddizm, islom va nasroniy dinlariga mansub fuqarolar ham ta’qiblarga uchragan. Ibodatxonalar portlatilgan, masjidlar cho‘chqaxonalarga aylantirilgan, kitoblar yoqilgan, qarshilik ko‘rsatganlar sudsiz otib tashlangan. Pol Pot boshqaruvi yillarida davomida Kampuchiyadagi musulmon va katoliklar soni ikki barobarga kamaygan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Pol va uning “og‘alari” hokimiyatni egallashi bilan Pnompen hamda boshqa yirik shaharlar aholisini jungliga ko‘chirishni boshlagan. Ularning g‘oyasiga ko‘ra, guruch yetishtirish va daraxtlarni chopish orqali shaharliklar o‘zlarining “burjuycha” qarashlaridan qutulishi va ruhan mehnatkash dehqon darajasigacha poklanishi kerak edi. Kampuchiya yo‘llari bo‘ylab o‘qituvchilar, savdogarlar va shifokorlarning qatorlari cho‘zilgan. Odamlarning 40 foizi shu jarayonning o‘zida halok bo‘lgan. Mamlakat ta’lim, xususiy ishlab chiqarish va tibbiy ta’minot sohasida deyarli xodimlarsiz qolgan. 3 million aholiga ega Pnompenning 20 mingga yaqin fuqarosi o‘z maqomi va huquqlarini saqlab qolgan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Pol Potning o‘zi qayta qurish davrida qurbonlar soni bir necha ming kishidan oshmaganini aytib kelgan. Telba qattiqqo‘llik oxir-oqibat Pot va uning atrofdagilariga qarshi isyonga sabab bo‘lgan. Butun mamlakatni bosh ko‘tarilar qamrab olgan va ular armiya tomonidan qattiqqo‘llik bilan bostirilgan. Ammo qizil kxmerlar hokimiyati “Potning yoshlari” haqiqatda jiddiy kuch — Vyetnam qo‘shinlari bilan to‘qnashganidan keyin ag‘darilgan.

    Chegara bo‘yidagi shaharlaridan biriga hujum uyushtirilganidan darg‘azab Vyetnam qarshi hujumga o‘tgan. Piyodalar, motoo‘qchilar va tanklar jalb etilgan keng ko‘lamli hujum 1978-yil 25-dekabrda boshlangan. Deyarli qarshilikka uchramagan vyetnam harbiylari Kampuchiya ichiga kirib borib, 1-yanvarda Pnompenni qamal qilgan. Potning askarlari va ofitserlari ommaviy ravishda taslim bo‘lgan, bosh qo‘mondonning o‘zi esa faqatgina gapda jasurlik ko‘rsata olgan xolos.

    Foto: Wikimedia Commons

    7-yanvar tongida qizil kxmerlar elitasi poytaxt o‘qqa tutilishi fonida favqulodda evakuatsiya qilingan. Yuzlab amaldorlar poyezdda qochgan, Potning o‘zi esa bir necha yaqinlari bilan vertolyotda uchib ketgan.

    Afg‘onistonda hujumga uchragan 9-rota

    1988-yilning 7-yanvar kuni SSSR desant polkining 345-gvardiya bo‘linmasi 9-parashyut-desant rotasining Afg‘oniston—Pokiston chegarasidagi Xost shahrida joylashgan 3234 balandligidagi mudofaa jangi bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda mujohidlar mazkur tepalikni egallash uchun soqchilarni yo‘qotishga va Gardez-Xost yo‘lini qo‘lga kiritishga uringan.

    Foto: Pikabu

    Mujohidlar soat 15:30 da 3234 balandligida SSSR pozitsiyasini minomyotlar, o‘qotar qurollar va granatomyotlarda o‘qqa tuta boshlagan. Shuningdek, bir necha o‘nlab reaktiv snaryadlar uchirilgan. Ular 9-rota pozitsiyasiga 200 metrgacha yaqinlashgandi.

    Oradan bir soat o‘tgach, g‘ira-shira tushishi bilan mujohidlar ikki yo‘nalishda hujumni boshlagan. 50 daqiqadan keyin hujum qaytarilgan: 10—15 mujohid o‘ldirilgan, 30 nafari yaralangan. Hujum davomida kichik serjant Vyacheslav Aleksandrov — “Utes” yirik kalibrli pulemyot hisobi komandiri halok bo‘lgan va qurol ishdan chiqarilgan.

    Ikkinchi hujum soat 17:35 da aynan Aleksandrovning o‘limidan keyin kuchsizlangan pozitsiyaga amalga oshirilgan. Artilleriya bo‘yicha yo‘riqchi Ivan Babenko hujum oxirida artilleriya qo‘llab-quvvatlovini so‘radi, zalp o‘t ochilishi ularning chekinishiga sabab bo‘lgan. Uchinchi hujum soat 19:10 da pulemyot va granatomyotlarning hujumlari ostida boshlangan. Soat 23:10 da esa to‘rtinchi hujum amalga oshirilgan. O‘lik makondan foydalangan mujohidlar balandlik qiyaligiga uch yo‘nalishda yaqinlashgan, jumladan, mina maydoni orqali ham. Mujohidlar g‘arbiy yo‘nalishda 50 metrgacha yaqinlashgan, alohida uchastkalarda esa — granata otiladigan joygacha. Kechki soat 20:00 dan ertasi kungi soat 03:00 ga qadar to‘qqizta hujum amalga oshirilgan.

    Foto: Pikabu

    Soat 03:00 da oxirgi, hisob bo‘yicha 12-hujum boshlangan — bu vaqtga kelib himoyalanayotgan tarafning o‘q-dorilari tugagan, ofitserlar esa artilleriya olovlarini o‘zlariga yo‘naltirishga tayyor edi. Favqulodda vaziyatda katta leytenant Aleksey Smirnov boshchiligidagi uchinchi parashyut-desant batalyoni o‘q-dorilarini yetkazib beradi. Bu qarshi hujumga o‘tish va urushning qay tartibda yakunlanishini hal qilgan. Kuchlar notengligini sezgan mujohidlar hujumni yakunlagan va halok bo‘lganlar hamda yaralanganlarni olib, chekinishga tushgan.

    Hujumni qaytarishda asosiy rolni artilleriya, xususan, uchta D-30 gaubitsasi va uchta “Akatsiya” o‘ziyurar qurilmasi o‘ynagan. Yo‘riqchi katta leytenant Ivan Babenko kritik vaziyatda olovni o‘z pozitsiyasi tomon yo‘naltirgan. Alohida balandlikda jang qanday ketayotganida 40-armiya qo‘mondoni general-leytenant Boris Gromov kuzatib borgan.

    12 soat davom etgan jang davomida mujohidlar tepalikni qo‘lga kirita olmagan. Turli manbalarga ko‘ra, 250—400 jangarisidan halok bo‘lgan mujohidlar chekingan. 9-rotaning 6 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan, 28 nafari jarohat olgan. Kichik serjant Vyacheslav Aleksandrov va oddiy askar Andrey Melnikov vafotidan keyin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonini olgan.

    Foto: Pikabu

    Ikkinchi jahon urushidan beri sodir bo‘lgan eng yirik etnik urush — Bosniya mojarosi

    1993-til 7-yanvar kuni Bosniya va Gersogovina urushida Kravitsa jangi sodir bo‘lgandi. O‘shanda Bratunat shahri yaqinidagi Kravitsa qishlog‘i ommaviy qirib tashlangan. Bosniya va Gersogovinaning musulmon kuchlari armiyasi 300 ga yaqin mahalliy isyonchilar himoya qilayotgan qishloqni egallagan. Jangda 49 nafar mahalliy aholi halok bo‘lgan, 7 nafari bedarak yo‘qolgan, 82 kishi yaralangan.

    1 — Serbiyalik askar jang vaqtida, 1992-yil oktabr

    1 — Serbiyalik askar jang vaqtida, 1992-yil oktabr
    Foto: AP Photo

    1995-yil 14-dekabrda Parijda Deyton bitimi imzolangan edi. U Yevropada Ikkinchi jahon urushidan beri sodir bo‘lgan eng qonli mojaro — 100 mingga yaqin inson umriga zomin bo‘lgan uch yillik Bosniya urushiga rasman nuqta qo‘ygan.

    Bosniya va Gersogovina hukumati sobiq sotsialistik Yugoslaviyadan Sloveniya va Xorvatiya ajralib chiqqanidan keyin, 1992-yil fevralda mustaqillik to‘g‘risida referendum e’lon qilgan. Bosniyalik musulmonlar hamda xorvatlarning katta qismi mustaqillik uchun ovoz bergan. Ammo mamlakat aholisining qariyb uchdan bir qismini tashkil etuvchi serblar ovoz berish jarayonlariga boykot e’lon qilib, uning natijasini tan olishni istamagan. Ular mustaqil Serb Respublikasini tuzishlarini e’lon qilgan — ularni Slobodan Miloshevich rahbarligidagi Serbiya hukumati qo‘llab-quvvatlagan. Urush shuning ortidan kelib chiqqan.

    Bosniyalik musulmonlar, serblar va xorvatlarning qishloqlari bir-biridan bir necha kilometr uzoqda joylashgani, katta shaharlarda esa turli etnik qatlamlar qo‘shni yashagani uchun jangovar harakatlar qaqshatqich tus olgan. Avvaliga kuch va qurollanish borasida ustunlik serblarda bo‘lgan — ular Yugoslaviya armiyasining sobiq ofitser va askarlarining katta qismi edi. Biroq ko‘p o‘tmay bosniyalik musulmonlar va xorvatlar o‘z kuchlarini tiklab olishga muvaffaq bo‘lgan.

    2 — Sarayevo aholisi qabriston o‘qqa tutilgan vaqtda, 1992-yil dekabr

    2 — Sarayevo aholisi qabriston o‘qqa tutilgan vaqtda, 1992-yil dekabr
    Foto: AFP

    Urush boshida serblar Bosniya va Gersogovina poytaxti Sarayevoni qamal qilgan. Artilleriya olovlari va snayperlar o‘t ochishi deyarli tinmagan. Uch yil davomida shaharda 10 minglab inson halok bo‘lgan, ularning uchdan bir qismi — tinch aholi vakillari edi (serblarning yo‘qotishlari taxminan 3 ming kishini tashkil etgan).

    Jangovar harakatlar shahar va qishloqlarni tartibsiz o‘qqa tutish, etnik tozalashlar va tinch aholi genotsididan iborat edi. BMTning tinchlikparvar kuchlar himoyasida “xavfsizlik zonalari”ni tuzish borasidagi harakatlari doim ham o‘zini oqlamagan.

    1995-yil serb qo‘shinlari Srebenitsa shahrini qo‘lga kiritgan, shundan keyin bir necha kun ichida 8 mingga yaqin mahalliy musulmonlar, jumladan, ayollar va bolalar o‘ldirilgan. Bunday etnik tozalashlar Yevropada Ikkinchi jahon urushidan buyon kuzatilmagan edi.

    3 — Serbiya konsentratsion lageridagi xorvat va bosniyalik mahbuslar, 1992-yil

    3 — Serbiya konsentratsion lageridagi xorvat va bosniyalik mahbuslar, 1992-yil
    Foto: Getty Images

    Sarayevo qamal qilingan va Srebrenitsadagi qirg‘in vaqtida serb qo‘shinlariga general Ratko Mladich qo‘mondonlik qilgan. 2017-yilda Gaagadagi xalqaro tribunal uni umrbod qamoq jazosiga hukm etgandi.

    1995-yil avgustida Sarayevodagi Markale bozorida artilleriya snaryadlarining portlashi oqibatida 100 dan ortiq insonning halok bo‘lishi urushning final epizodiga aylangan. Navbatdagi ommaviy qirg‘in bo‘yicha mas’uliyatni serb qo‘shinlariga yuklagan NATO bosniyalik serblarning pozitsiyalarini o‘qqa tutishni boshladi. Natijada ular muzokaralar o‘tkazishga rozi bo‘lgan.

    Deyton tinchlik bitimiga ko‘ra, Bosniya va Gersogovina ikkita qismdan iborat konfederatsiyaga aylangan: Serb Respublikasi hamda Bosniya va Gersogovina Federatsiyasi. Mamlakatda oliy hokimiyatni har bir tomondan bittadan vakil kiritilgan prezidium ta’minlaydi. Bosniyalik serblar avvaliga  bitimni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortib, mandatni Serbiya prezidenti Miloshevichga topshirgan va u mazkur bitimni imzolagan. Oradan 11 yil o‘tgach u Gaagada harbiy jinoyatlarda ayblanuvchi maqomida vafot etgan.

    Foto: AFP

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: SS rahbariga aylangan “jallod” — Genrix Gimmler, Lyumerlarga muvaffaqiyat olib kelgan 50 soniyali film va AQSHdagi Kapitoliyga uyushtirilgan hujum. Kun xronologiyasida 6-yanvar

    07.01.2023, 09:30   Izoh (0)   42901
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tolibon” ayollarning erkak shifokorlarga borishini taqiqladi

    06.01.2023, 23:57

    Rossiya Ukrainani “Rojdestvo sulhi”ni buzganlikda aybladi

    06.01.2023, 23:42

    Sudanda dunyodagi “eng ko'p qidirilayotgan kontrabandachi” qo‘lga olindi

    06.01.2023, 22:26

    Ukraina Mudofaa vazirligi Rossiya 9 yillik urush davomida sulhni necha marta buzganini ma’lum qildi

    06.01.2023, 21:10

    Isroil G‘azo sektori bilan chegarada devor qurishni boshladi

    06.01.2023, 20:53

    Putin Qrim hududidan yadroviy provokatsiyalar uchun foydalanmoqchi — Ukraina razvedkasi

    06.01.2023, 20:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.