• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    SS rahbariga aylangan “jallod” — Genrix Gimmler, Lyumerlarga muvaffaqiyat olib kelgan 50 soniyali film va AQSHdagi Kapitoliyga uyushtirilgan hujum. Kun xronologiyasida 6-yanvar

    6-yanvar sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan SS rahbariga aylangan Genrix Gimmler, aka-uka Luymerlarga muvaffaqiyat olib kelgan 50 soniyali film hamda AQSHdagi Kapitoliyga uyushtirilgan hujumga oid faktlar o‘rin olgan.

    O‘qituvchi ko‘rinishiga ega maxluq

    1929-yil 6-yanvar kuni Genrix Gimmler SS rahbariga aylangan edi. Tashqi ko‘rinishidan o‘qituvchiga o‘xshagan maxluq deya ta’riflangan Gimmler nemislar uchun yangi dunyoni qanday qurmoqchi bo‘lgan? Bu haqda quyida bayon qilamiz.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    1945-yil 21-may kuni Vasiliy Gubaryev va Ivan Sidorov ismli ikki sobiq harbiy asir britanlar tomonidan tuzilgan komendantlik rotasida Moynshtadt aholi punktida xizmat olib borgan. Sidorov butalar orasiga yashiringan holda harakatlanayotgan uch nafar nemisga e’tibor qaratgan. Ular o‘rmon ichiga kirish uchun yo‘lni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan. Noma’lum shaxslar to‘xtatilgan va ingliz askarlari bo‘lgan uyga olib borilgan.

    Britanlar bu nemislarni xavfli deb hisoblamagan. Ayniqsa, ko‘zi bog‘langan, qo‘lida hassasi bor shaxs ularning rahmini keltirgan. U imkon qadar tezroq gospitalga borishi kerakligini aytardi. Inglizlar ularning barchasini qo‘yib yuborishga tayyor bo‘lgan, ammo Gubaryev va Sidorov nemislarni ozod etmaslikni talab qilgan: ularning shaxsiga aniqlik kiritish uchun lagerga jo‘natish kerak.

     

    Oradan ikki kun o‘tgach hassaga tayangan ikki nemis Ikkinchi Britaniya armiyasining Lyuneburgdagi shtabida ichida zahari bor hapdorini tishlaydi: tez orada butun dunyo bo‘ylab SS reysfyureri Genrix Gimmler halok bo‘lgani haqida xabar tarqaladi. Ommaviy qirg‘in mashinasini yaratgan inson tashqi ko‘rinishi bilan oddiy o‘qituvchi kabi bo‘lgan.

    Gimmlerning otasi — Yozef Gebxard Gimmler o‘qituvchi bo‘lgan. Ularning oilasida uch o‘g‘il farzand bor edi: Gebxard Lyudvig, Genrix va Ernst German. O‘rtancha o‘g‘il 1900-yilning 7-oktabrida Myunxenda tug‘ilgan. Genrix mustahkam sog‘lig‘i bilan ajralib turmagan, ko‘zining xiraligi va oshqozon og‘rig‘i uni muntazam qiynab kelgan. Gimmler maktabda yaxshi o‘qigan, gimnastika bilan shug‘ullangan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    1915-yilda Gimmler Landsxutdagi kadetlar korpusiga o‘qishga kirgan. Otasining tanishlari yordamida Genrix u yerga ofitserlikka nomzod sifatida qabul qilingan. 1917-yil dekabrda kadet Gimmler 11-Bavariya polka zaxira batalyoniga nomzod bo‘lgan. Ammo Germaniyaning mag‘lubiyati Gimmlerning ofitserlik lavozimidagi orzularini parchalab yuborgan. Gimnaziya kursini tamomlaganidan keyin u Myunxen universitetida agronomlik sohasida tahsil olgan.

    Universitetda o‘qish davomida harbiylik lavozimi haqidagi orzusini unutmagan Gimmler “shturmoviklar bo‘linmasi” asoschisi Erndst Rem bilan tanishib qolgan. Gimmler o‘smirligidanoq ijtimoiy-siyosiy hayot bilan qiziqqan, universitetda Germaniyaning qashshoqligiga kim aybdor ekani to‘g‘risidagi savollarga javob izlagan. Yangi do‘stlari esa bunga javoban “kommunist va yahudiylar” degan.

    1923-yilning avgustida Gimmler Germaniya Milliy sotsialistik nemis ishchilar partiyasiga a’zolikka qabul qilingan. U “Pivo isyoni”da ishtirok etgan, biroq uning roli u qadar ahamiyatli emasdi, shu boisdan so‘roq qilingach, qo‘yib yuborilgan. Ammo shu orqali Gimmlerga “ishonchsiz” tamg‘asi yopishtirilgani sabab u o‘ziga ish topa olmagan. Bu esa uning qarashlarini yanada radikallashtirib yuborgan. Genrix qarindoshlaridan uzoqlashib, dunyoni qayta qurish haqida o‘ylab boshlagan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    1924-yilda Gimmler partiya yetakchisi gregor Shtrasserning propaganda bo‘yicha assistenti va partiya kotibiga aylangan. Gimmler nafaqat o‘z ishlari targ‘iboti bilan shug‘ullangan, balki “shturmoviklar” bo‘linmasiga qo‘shilib, SS fyureri unvonini olgan. Bu vaqtda ushbu tuzilmaning kam sonli a’zolari Gitlerning shaxsiy xavfsizligini ta’minlashga mas’ul edi, xolos.

     

    1927-yilda Gimmler partiyadagi karyera zinalaridan Gitlerga o‘z g‘oyalarini taklif eta oladigan darajaga qadar ko‘tarilgan. Bundan foydalangan u SSni partiya gvardiyasiga, “toza irqli” tuzilmaga aylantirishni taklif qiladi. Gitlerga bu g‘oya yoqib tushgan va u Gimmlerni SS reyxsfyureri o‘rinbosari lavozimiga tayinlagan. 1929-yilda erxard Xayden iste’fosidan keyin Gimmler SS reyxsfyureriga aylangan.

    Natsistlar hokimiyat tepasiga kelgach, Gimmler Gitlerning g‘oyalarini amalga oshiradigan shaxsga aylangan. U irqiy qonunlarni amalga oshirish mashinasiga aylangan Irq va aholi punkti bosh boshqarmasini tuzgan. 1933-yilda Gimmler “oliy irq”qa mos kelmaydigan har bir inson yuboriladigan konsentratsion lagerlar tizimini yaratgan.

    Gimmler haddan tashqari ishga chanqoqligi va hech narsadan qo‘rqmasligi bilan ajralib turgan. U o‘z partiyadoshlari, hatto ayollar va bolalarni ham o‘ldirishga hech ikkilanmay buyruq bera olgan. Qo‘l ostidagilar muntazam ravishda ommaviy qirg‘in bilan shug‘ullanib ruhiy barqarorligini yo‘qotmasligi uchun gaz kameralarini o‘ylab topgan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    1944-yil oxirida Gitler Gimmlerga qo‘shinlar qo‘mondonligini topshirgan, avvaliga “Yuqori Reyn” armiyasini, keyinroq “Visla” armiyasi guruhini boshqarishni. Qo‘shinlar operatsiyasida hech qanaqa tajribaga ega bo‘lmagan SS rahbari janglarda to‘liq muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Bu esa fyurer va SS reyxsfyureri o‘rtasidagi sovuqchiliklarga olib kelgan.

    Gitlerning o‘limidan ikki kun oldin g‘arb radiostansiyalari Gimmlerning G‘arb ittifoqchilari bilan kelishishga urinayotgani haqida bong ura boshlagan. Bundan darg‘azab bo‘lgan fyurer uni xoin deb atab, Gimmlerni barcha lavozimlardan yechib tashlagan.

    Aka-uka Lyumerlarni dunyoga tanitgan 50 soniyali film

    1896-yil 6-yanvar kuni aka-uka Lyumerlarning “La-Syota vokzaliga poyezdning kelishi” filmi premyerasi bo‘lib o‘tgandi.

    Foto: Regnum

    Foto: Regnum

    Kino Lui Jan va Ogyust Lyumerlar tomonidan ixtiro qilingan deb hisoblanadi. Aslida harakatlanuvchi tasvirlar borasidagi muvaffaqiyatli sinovlar 1895-yildan ancha oldin paydo bo‘lgan. O‘sha yilning o‘zida ham “tarixdagi birinchi ommaviy kino namoyishlar” bir nechta edi — ham Yevropada, ham okean ortida. Ammo yangilikning joriy etilishi aka-uka fransuzlar nomi bilan muhrlanib qoldi. Ta’kidlash kerakki, aynan ular o‘z fabrikasida 50 soniyadan ortiq tasvirni o‘ziga sig‘dira olmaydigan, biroq uni ekranga proyeksiyasini tushirishga qodir apparatni yaratgandi. Lyumerlarning kameralari yengil va bir joydan boshqa joyga olib borish oson bo‘lgan, shu sababdan 1895-yil fevralda uning “sinematogram” nomi ostida patentlanishi bu yo‘nalishdagi san’atda muhim qadamga aylangan.

    28-dekabr kuni Parijdagi “Gran Kafe” salonida birinchi tijoriy seans o‘tkazilgan. Aynan shu sana kino “dunyoga kelgan kun” hisoblanadi.

    Kinodastur maishiy mavzuga oid 10 ta tasvirdan iborat bo‘lan: “Chaqaloqni emizish”, “Lyumer fabrikasidan ishchilarning chiqishi” (Lyumerlar ushbu film uchun bir nechta dublni amalga oshirib, ishchilarning fabrika darvozasidan bir necha bor kirib chiqishini tashkillashtirgan) va hokazo.

     

    Birinchi seansda Lyumerlarning eng mashhur filmi bo‘lmagan. “La-Syota vokzaliga poyezdning kelishi” dasturdan bir necha kun keyin o‘rin olgan, ammo tomoshabinlarni shu darajada hayratga solganki, aynan shu film ekranda birinchi marta namoyish etilgandek taassurot uyg‘otgan. U vaqtlarda seanslar mutlaqo ovozsiz, hech narsaning jo‘rligisiz namoyish etilgan. Ekranda harakatlanuvchi oq-qora tasvir — bo‘ldi.

     

    Foto: Regnum

    Foto: Regnum

    Ixtironing tijoriy muvaffaqiyati ulkan edi va Lyumerlar tezda kartinalarning butun dunyo bo‘ylab tarqalishini yo‘lga qo‘ygan. Belgilangan nuqtaga kamera va filmlar jamlanmasini ko‘targan operator yo‘l olgan. U yerda diqqatga sazovor joylar tasvirga olingan, keyin esa olib kelingan seanslar namoyish etilgan. Shu orqali operator nafaqat tomoshabinlarni o‘ziga jalb etgan, balki Lyumerlarning filmlar kolleksiyasini to‘ldirgan — ikki yil ichida ularning ixtiyorida 750 ta qisqa metrajli film to‘plangan. Lyumerlar yirik shaharlarda katta premyeralar o‘tkazgan bo‘lib, u yerga obro‘li insonlar tashrif buyurgan.

    Kinematograf vositalari muntazam takomillashib borgan, shu bilan birga o‘ziga xos kino tili ham paydo bo‘la boshlagan. Ilk trevellinglar (suzayotgan gondolaga o‘rnatilgan kamera), panorama, noodatiy rakurslar yangidan yangi imkoniyatlarni ochgan. Suratga olish vaqtida kamera tutqichi sekin yoki tez aylantirilsa, komik yoki dramatik effektga erishish mumkinligi ayonlashgan. Hatto montaj jarayonlari qo‘llangan filmlar chiqa boshlagan: mashina inson ustiga bostirib keladi, kadrlar yopishtirilganidan keyin esa avtomobil ortida jonsiz jasad qolganini ko‘rish mumkin. Ba’zida ommani kuldirish uchun roliklarning to‘g‘ridan to‘g‘ri proyeksiyasi orqadan oldinga qarab namoyish etilgan.

    Birinchi “tantanali” sujetlar paydo bo‘lgan — toj kiydirish, taqdirlash, rasmiy qabullar va ularning suratga olish texnikasi zamonaviy televideniyedan katta farq qilmaydi. Operator Lyumerlar Rossiyaga kelganida Nikolay II ga taxt kiydirish marosimini suratga olgan, biroq politsiya plyonkani olib qo‘ygan.

    Foto: Regnum

    Foto: Regnum

    1897-yilda oddiy kinodastur quyidagicha bo‘lgan: “Bolakay yurishni o‘rganyapti”, “Parijdan Bordoga elektr aravachalarda poyga”, “Gondoladan turib qaralganda Venetsiya”, “Markaziy bog‘ qarshisidagi 59 ko‘cha”, “Lyumer va o‘g‘illari” va hokazo.

    Muhandislar va tijoratchilar Lyumerlarning ixtirosini qadrlamasdan, unga arzon attraksion sifatida qaragan va tez orada odamlarning joniga tegadi deb o‘ylagan. 1897-yilda Lyumerlar filmlar ishlab chiqarish va namoyish etishni to‘xtatgan, filmotekasini sotib yuborib, o‘zlarining asosiy sohasi — fotoapparatlar va fotoplyonkalar bilan ishlashga qaytgan.

    AQSHda Kapitoliyga uyushtirilgan hujum

    2021-yilning 6-yanvar kuni AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp tarafdorlari saylovlarda Jozef Baydenning g‘alabasini shuhba ostiga olib, Vashington markazida to‘plangan edi. 2020-yilgi prezidentlik saylovi natijalarini tasdiqlash marosimi o‘ktazilayotgan Kapitoliy qarshisida to‘planganlar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan, shundan keyin olamon bino ichiga bostirib kirgandi. AQSH Kongressi binosi Milliy gvardiya yetib kelguniga qadar bir necha soat davomida anarxiya domida qolgan. Tartibsizliklar oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan edi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    O‘sha voqealardan keyin ko‘rinmay qolgan Donald Tramp o‘tgan yilning aynan shu sanasida Floridada joylashgan Mar-a-Lago villasida matbuot anjumani o‘tkazishni va bir yil oldingi voqealarga o‘z munosabatini bildirishni rejalashtirgandi. Biroq oxirgi daqiqalarda Tramp anjumanni bekor qilgan. Manbalarga ko‘ra, ushbu fikrdan qaytishiga uni respublikachi sheriklari ko‘ndirgan. Ularning hisoblashicha, mazkur mavzuni aylantirish konservativ elektoratga putur yetkazishi mumkin.

    Shu sababli Respublikachilar partiyasidan bo‘lgan kongressmenlar aniq pozitsiyani egallagan: o‘sha vaqtdagi voqealarni imkon qadar esga olmaslikka intiladi, bu haqida gapirsalar ham muvozanatni ushlaydi — tartibsizliklar vaqtidagi zo‘ravonlikni qoralaydi, ammo bundan siyosiy maqsadlarda foydalangan demokratlarni ayblaydi ham.

    Ta’kidlash kerakki, demokratlar rostdan ham nafaqat Amerikani, balki butun dunyoni hayratda qoldirgan voqea tasvirlangan kadrlarni imkon qadar o‘z foydasiga bo‘lgan. “Prezidentimiz uchun 6-yanvar demokratiyamizning eng qora kuniga aylangandi”, — degandi Oq uy matbuot kotibi Jennifer Psaki.

    Ushbu voqealardan keyin AQSH Adliya vazirligi 6-yanvar tartibsizliklariga aloqador 400 dan ortiq kishiga qarshi keng ko‘lamli tergovlarni boshlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Kapitoliydagi tartibsizliklar politsiya xizmatining obro‘siga putur yetkazgan. Inqirozdan keyingi to‘rt oyda 70 dan ortiq xodim ishdan bo‘shagan, 6-yanvar voqealarida qatnashgan yana 4 nafar politsiyachi o‘z joniga qasd qilgan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

     

    Mavzuga doir: “Praga bahori”ni boshlagan Dubchek, o‘zini poyezd ostiga tashlagan nemis milliarderi va Qozog‘istonda ommaviy norozilik namoyishlari. Kun xronologiyasida 5-yanvar

     

    06.01.2023, 09:30   Izoh (0)   50922
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSH Ukrainaga qariyb 3 mlrd dollarlik eng yirik harbiy ko‘magini taqdim etadi

    06.01.2023, 09:28

    Bayden Putinning sulh haqidagi taklifini nafas rostlab olishga urinish deb atadi

    06.01.2023, 09:13

    Zelenskiy Putin tomonidan bildirilgan yarashuv taklifini rad etdi

    06.01.2023, 09:00

    AQSH o‘g‘irlangan sarkofagni Misrga qaytardi (foto)

    05.01.2023, 23:58

    Rossiya Engels aerodromidan samolyotlarini ko‘chirdi. Britaniya razvedkasi buning oqibatini ma’lum qildi

    05.01.2023, 22:16

    Janubiy Koreyaning koinotdagi qurilmasi Oy va Yerni suratga oldi (foto)

    05.01.2023, 21:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.