International Beverages Tashkent kompaniyasi (PepsiCo’ning O‘zbekistondagi rasmiy bottleri) ham Yangi yil tadbirlari doirasida Toshkent shahrining Sergeli tumani Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklardan iborat 400 dona sovg‘alar to‘plamini topshirdi.
Sovg‘alar taqdimoti Sergeli tumanidagi markaziy istirohat bog‘ida bayramona ruhda bo‘lib o‘tdi.
Kompaniya obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining mehnatini yuksak qadrlaydi va ularga samimiy minnatdorlik bildiradi.
Ma’lumotlar sheriklik huquqi asosida tayyorlandi
Izoh (0)